Oddiy skotchdan turli maqsadlarda foydalanishning 8 usuli

1. Honaki hayvonlarning kiyimingizda qolgan junidan xalos boʻlish
2. Zirapchani chiqarib olish
3. Yaradagi qon oqimini toʻhtatish
4. Poyafzalingiz bogʻlagichlarining uchini tuzatish
5. Skotchdan noodatiy xaykallar yasash
6. Manikyur qilishingiz
7. Xira oynani shaffofga aylantirishingiz
8. Grafenni ixtiro qilishingiz mumkin.

Agar uyingizda xonaki hayvonlaringiz boʻlsa shubhasiz sizga kiyimni jundan tozalash kabi muammo tanish. Odatda bu maqsadda yopishqoq valik sotib olinadi yoki qoʻl bilan kiyim ustidan yurgiziladi. Ammo, ikkinchi usul juda ham foydali emas, bundan tashqari yoningizda valik ham boʻlmay qolishi mumkin. Bu holda skotchdan foydalanishmumkin: rulondan jinday skotch boʻshatib uning yopishqoq tomonini kiyimga qoʻyib,keiyn birdan torting – kiyimga yopishib qolgan barcha junlar skotchga oʻtadi. Darvoqe, sevimli sviteringizni ham toʻqimaga zarar yetkazmasdan huddi shu usulda jun tolalaridan tozalab tashlashingiz mumkin.
Agar zirapcha juda ham chuqur oʻtirmagan boʻlsa uni badandan chiqrib tashlash uchun skotchdan foydalansa boʻladi. Skotchni terining shikastlangan joyiga qoʻyib zirapcha qaysi yoʻnalish boʻylab kirgan boʻlsa shu yoʻnalish tarafga skotchni keskin tortib yuborish kerak. Faqat bittan narsaga eʼtibor bering, zirapchani asta sekin chiqarib olishga urinmay buni juda tez bajarish kerak. Aks holda zirapcha sinib qolib,bir qismi terining ichida qolib ketish ehtimoli bor. Agar hammasini toʻgʻri bajarsangiz, zirapcha juda oson chiqib ketadi. Bu usulda zirapchani chiqarib tashlashning odatiy kavlab chiqarish usulidan afzalliroq tarafi shundaki, terida ortiqcha shikastlanishlar qolmaydi va yara chuqurlashib ketmaydi.


Agar siz chuqur boʻlmagan lekin ogʻrigʻi zoʻr jarohat bilan yaralangan boʻlsangiz-u qon hech toʻhtamasa, shikastlangan joyni yaxshilab yuvib tashlang, ochiq yaraning qirralarini birlashtirib shu joyga skotch yopishtirib qoʻying – qon darhol toʻhtab qoladi. Lekin,dorivor moddalar qutisiga yetib olganingizdan keyin yaraga yod yoki zelyonka bilan ishlov bering.
Huddi shu usulda qavariqlar paydo boʻlishining olini olish maqsadida skotchdan foydalanish mumkin. Agar poyafzalingiz yurganingizda oyoq kaftingizni tinmay ishqalab ketayotgan boʻlsa-yu, yoningizda leykoplastir boʻlmasa shu joyga skotch yopishtirib qoʻying: teringiz poyafzal bilan bevosita aloqadan halos boʻladi, bu esa oyoq kaftingizga ancha yengillik yaratadi.

Vaqt oʻtgan sari poyafzaldagi eng yuqori sifatli bogʻlagichlarning uchi ham yaroqsiz holga kelib qoladi va ularni poyafzaldagi teshikchalarga oʻtkazish juda qiyin boʻlib qoladi. Agar titilib ketgan uchlarni skotch bilan yigʻib oʻrab qoʻyilsa ular deyarli yangidek koʻrinib turadi. Bundan tashqari, ularni teshikchalarga oʻtkazish ham ancha osonroq boʻlib qoladi.

Hozirgi paytlarda sanʼat ahli, xususan haykaltaroshlar skotchdan aynan shu maqsadda foydalanadilar. Ayrimlar, misol uchun Mark Djenis skotchdan tabiy kattalikdagi odam shakllarini yaratadi.Buning uchun odamning ustiga eskirgan, yopishib turadigan kiyim kiygizib, skotch bevosita kiyimga yopishib qolmasligi uchun kiyim ustidan ingichka oziq-ovqat plyonkasi bilan oʻraladi. Keyin plyonkaning ustidan skotch yopishtiriladi. Mutaxassislar oldindan uzunligi 15-20 santimetr boʻlgan qiyqimlarni tayyorlab olib, keyin “model”ning badaniga bir necha qatlam qilib yopishtirishni tavsiya etadilar. Xaykal tayyor boʻlganida skotchning chips qatlamlari “model”ning badanidan ehtiyotkorlik bilan kesib olinadi, soʻngra kesilgan joylarda yana skotch yordamida yoki turgʻun yelim yordamida bir biriga yopishtiriladi. Albatta, huddi shu usulda istalgan boshqa narsa ham oʻrab chiqilib, uning shaklini yaratish mumkin.

Buning uchun oʻrtacha yopishqoqlikdagi skotch bilan tirnoqlar uchun lak ishlatilishi kerak. Dastavval skotch tirnoqda qanchalar mustahkam turishini tekshirib koʻring, chunki u zarur paytda oson koʻchishi kerak boʻladi. Agar hammasi joyida boʻlsa bevosita tirnoqlarni tayyorlashga oʻtish mumkin. Eng avvalo tirnoqlarni lak bilan bir qatlam surib uni qurib qolishini kutib turing. Keyin skotchni turli shakllarda kesib chiqing – kvadrat, uchburchak, abstraktsiya koʻrinishlarida!
Shakllarning oʻtkir burchaklari koʻproq boʻlishi maqsadga muvofiq. Shundan soʻng skotchni tirnoqqa yopishtiring va uning ustidan boshqarangli lak bilan surtib chiqing. Lak qurib boʻlganidan soʻng skotchni pintset yordamida ehtiyotkorlik bidan chiqarib tashlang. Natijada tirnoq ustida abstrakt bezaklar paydo boʻladi. Tirnoq ustiga skotch yopishtirib keyin ajratib olingan joylarda avval surtilgan lak koʻrinib turadi. Oddiyroq qilib aytganda skotchdan tirnoq ustiga tushiriladigan bezaklar uchun qolip sifatidan foydalanishning oddiy bir usuli.

Agar skotchni xira oynaga yopishtirsangiz u orqali hamma narsani shaffof oyna orqali koʻrganday aniq va ravshan koʻrish mumkin. Gap shundaki, yorugʻlik xira oynaning yuzasiga tushib tarqalib ketadi, skotchdagi yelim qatlami esa xira oynadagi noteksiliklarni tekislab, natichada yorugʻlik nurlari bu oyna orqali oʻtishi ancha osonlashadi.

Grafen — bugungi kunda insoniyatga maʼlum barcha materiallar ichidagi eng mustahkami boʻlgan biratom qalinligidagi oʻta ingichka uglerod qatlami. Oʻz qalinligi tufayli u juda shaffof. Ammo eng qizigʻi uning ajoyib xususiyatlari emas, ushbu material dastlabda olingan uslubidir. Grafen yaratilishi uchun uning ixtirochilari Andrey Geym va Konstantin Novosyolovlarga skotch kerak boʻlgan.
Tadqiqotdchilar oddiy qalamni olib, grafitga skotch yopishtirib, keyin uni ajratib oldilar –skotchning yopishqoq tarafida qalinligi bir atomga teng grafit qatlami qolgan. Shundan keyin skotchni ximikatlar yordamida eritilganidan soʻng natijada grafen hosil boʻlgan. Bu tajribani bemalol uyda ham qaytarish mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



