Omadi chopganlar yoxud qiymati million dollarga teng boʻlgan topilmalar

Robert Denversning otasi bir paytlar Denver shahridagi tangalar ishlab chiqaruvchi korxonaning boshligʻi lavozimida ishlagan va tabiiyki har xil tangalarni kollektsiya qilishni yoqtirgan. U tangalarni ovqat solish uchun moʻljallangan bir kichkinagina idishda saqlagan. Oʻlimidan oldin u bu idishni oʻgʻliga vasiyat qilib qoldirgan. Oʻgʻil bu tangalarga uncha eʼtibor bermagan va uzoq yillar esidan ham chiqarib yuborgan. Boshqa uyga koʻchib oʻtayotganida Robert bu idishga yana koʻzi tushib ehtiyot shart uni baholovchiga koʻrsatib koʻrgan va tahminan barchasi 300$ atrofida tursa kerak, deb oʻylagan. Ammo… Tangalarni koʻzdan kechirayotib ekspert ularni ichidan 1974 yilda chiqarilgan, alyuminiydan tayyorlangan 1 penni (tanga) ni koʻrib qoladi – bu haqiqiy xazina edi. Chunki bu tanga gaz suvli avtomat budkasi uchun moʻljallab chiqarilgan edi, biroq avtomat bu tangani qabul qilmagan, shuning uchun uni muomaladan chiqrib yuborishgan. Atigi 10 dona chiqarilgan bu tanganing bahosi bugungi kunda 2 mln. dollarga teng.

AQSH Mustaqilligi Dekloratsiyasi mamlakat tarixidagi eng ulugʻ va muhim hujjat hisoblanadi, uning asl nusxasi Milliy arxivda saqlanadi va kuchli qoʻriqlanadi. Ushbu hujjatning huddi shunday 25 ta nusxasi boʻlib, juda qimmat turadi.
1989 yilda eski-tuski buyumlar bilan qiziquvchi bir odam baraxolkadan bir necha dollar evaziga eski rasmni sotib oladi. Uni qiziqtirgan narsa rasm emas, rams joylashtirilgan yogʻoch ramka edi. Bu ramkaga boshqa suratni joylashtirmoqchi boʻlib, uni ochganida orqa tarafida oʻsha Mustaqillik Dekloratsiyasining nusxalaridan birini topib oladi. Bu hujjat nusxasini 2 mln dollardan koʻproqqa sotgan eski tuski jigʻuvchi bir onda millionerga aylandi qoldi.

Ushbu voqea esa huddi ertakka oʻxshaydi: Avstraliyalik Bobbi ismli shaxtyor bir umr konda ishlab, nafaqaga chiqish arafasida edi. Oxirgi ish kunida loyli chelakni yuva turib, uning tubida “qandaydir bir narsa” ni koʻrib qoladi. Bu narsa yuvib, tozalangandan keyin qaralganda, qimmatbaho tosh ekanligini aniqlanadi. 306 karatli bu tosh 756 ming dollarga sotilib, egasini boy qildi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



