Oshxona

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

1.       Pirog va boʻlka non hamiriga doimo kartoshka kraxmali qoʻshsangiz pishirgan pishiriqlaringiz ertasi kuni ham poʻrsildoq va yumshoq boʻlib turadi.

2.       Pirog, quymoq, non, oladii hamiriga manna yormasidan bir qoshiq suvga eritib qoʻshing. Hamisha mazali boʻladi.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

3.       Xamirga sutdan tashqari yarim stakan mineral suv qoʻshing. Yaʼni yarim stakan mineral suvga bir osh qoshiq isteʼmol sodasini uksusda oʻldirib qoʻshing.

4.       Xamir qilayotgan honaning eshik, derazalari yopiq boʻlsin. Sababi, xamir yuzasi qotib qoladi.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

5.       Oshirma xamir tayyorlashda barcha mahsulotlar hona haroratida boʻlishi shart. Yoʻqsa, xamir oshishi qiyin kechadi.

6.       Pirog hamiriga shakar koʻp qoʻshib yuborsangiz ham hamir shishib chiqmaydi. Pishish jarayonida esa tezda qizarib ichi pishmay qoladi.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

Har bir taom tayyorlashda ziravorlar qoʻshilsa, ovqatga ozgacha taʼm bagʻishlab, xushboʻy hidi kishining ishtaxasini ochadi. Ammo bilib-bilmay ziravorlarni ishlatish esa aksincha holatlarga olib kelishi mumkin.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

Biron bir retsept boʻyicha pishiriq yoki taom tayyorlamoqchimisiz? Ammo grammlar oʻlchaydigan idishingiz yoʻq. Aslo muammo qilmang. Tayyor yoʻriqnoma bor. Har kimning uyida stakan, qoshiq va kichkina qoshiqcha topiladi. Ulardan foydalanamiz.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

Demak, bir stakan-250 ml, qoshiq-15 ml, kichkina qoshiqcha 5 ml gramm hisoblanadi.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

Bugʻdoy uni:

1 stakan –160-170 gramm.

1 qoshiq—10 gramm.

1 choy qoshiq-3 gramga teng.

Kartoshka kraxmali:

1 stakan –190 gramm.

1 qoshiq—11 gramm.

1 choy qoshiq-3 gr.

Shakar:

1 stakan –220 gramm.

1 qoshiq—13 gramm.

1 choy qoshiq - 5gr.

Shakar upasi:

1 stakan –170 gramm.

1 qoshiq—12 gramm.

1 choy qoshiq - 4gr.

Yongʻoq:

1 stakan –130 gramm.

1 qoshiq—8 gramm.

1 choy qoshiq-2 gr.

Kakao

1 stakan –130 gramm.

1 qoshiq—8 gramm.

1 choy qoshiq- 3 gramm.

Pazandalar uchun kichik ayyorliklar

Asal

1 stakan –360 gramm.

1 qoshiq—22 gramm.

1 choy qoshiq-7gr.

Sut

1 stakan –250 gramm.

1 qoshiq—15 gramm.

1 choy qoshiq- 5gr.

Kakos qirindisi

1 stakan – 110 gramm.

1 qoshiq—7 gramm.

1 choy qoshiq-2 gr.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar