Ozarbayjon Respublikasi va uning diqqatga sazovor joylari haqida qiziqarli maʼlumotlar

Boku-mamlakatning poytaxtigina boʻlib qolmay, uning eng yirik shaxri hamdir. Odamlar orasida rus tili keng tarqalgan, yoshlarning aksariyat qismi ingliz tilida ham bemalol muloqot qila oladi. Ozarbayjon Respublikasi Eron, Turkiya, Rossiya, Gruziya hamda Armaniston bilan chegaradosh. Sharqiy tomondan esa uni Kasbiy dengizi oʻrab turadi.

Ozarbayjonning pul birligi boʻlmish manat dizayni ustida yevro dizaynini yaratgan ijodkor ish olib borgan. Shu sababli ham ushbu ikki valyuta bir-biriga oʻxshab ketadi.
Ushbu mamlakatning 50% hududi togʻlar bilan qoplangan.
Geografik jihatdan mamlakatning ayrim hududlari Sharqiy Yevropaga tegishlidir.
Ozarbayjonda oʻsadigan 240 xil oʻsimlik turini dunyoning boshqa hech bir burchagida uchrata olmaysiz.
Ozarbayjon hududida 350 ta loyli vulqonlar joylashgan.
Mamlakat aholisining yarmidan koʻpi Boku shaxrida yashaydi.
Mamlakatda palovni ellik hil koʻrinishda tayyorlash usullari mavjud.
Ozarbayjonning 99% aholisi Islom diniga eʼtiqod qiladi.
Boku shaxrida 77 nafar millat vakillari hayot kechirishadi.
Sobiq sovet ittifoqidagi birinchi sirk Ozarbayjonda ochilgan.

FlameTowers
Bu zamonaviy arxitektura kompleksi boʻlib, uni rivojlanayotgan Ozarbayjon timsolida bilishadi. Inshoot oʻzida olov koʻrinishidagi ulkan shishali binolarni aks ettirgan. Tun paytida bino yuzasida turli chiroqlar nuri jilolana boshlaydi.

“Icheri Shexer” qaʼlasi tarkibidan oʻrin olgan qadimgi bino Boku shaxrining timsollaridan biri sanaladi. Aytishlaricha bir paytlar bu yer zardushtiylar ibodatxonasi boʻlgan ekan.

Ushbu saroy XV asrda bunyod etilgan. Bu yerda Shirvonning hukmdorlari istiqomat qilganlar. Bino qizil, tillarang va jigarrang tusda nur sochadi.

“Icheri Shexer” Bokuning eng qadimiy turarjoy kvartali sanaladi. Hudud bugungi kunga qadar yaxshi holatda saqlangan tarixiy devorlar bilan qurshalgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu yerda odamlar bronza davridan beri istiqomat qilishadi.

Zamonaviy futuristik koʻrinishiga ega boʻlgan mazkur bino ichida muzeylar, kongress markazlari, ofislar, koʻrgazma zallari joylashgan boʻlib, bir soʻz bilan uni mamlakatning madaniy faxri sifatida tilga olsa arziydi. Ushbu markaz 2014 yilda eng yaxshi dizayn yoʻnalishida xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



