Parijning aholisi Senaning qirgʻogida "oʻzini quruqlikka tashlab yuborgan kit" ni topishdi



Shahar qirgʻoqi oldida sayr qilib yurgan vaqtda oʻlik kitni uchratish ancha nohush - biroq, bu eʼtiborni qamrab oladi. Aynan shunga instayasiya mualliflari ham intilgan edilar.

Kashalotni uchratgan baʼzi yoʻlovchilar haykal hattoki oʻzini tashlab yuborgan kit kabi hidga ham ega boʻlgani haqida xabar berdilar: "Parijda kit. Kitlarni va okeanni himoya qiling! Bu aql bovar qilmas, lekin bu hid juda ham haqiqiyga oʻxshaydi... Aqldan ozish mumkin".


Kitning haykalini qirgʻoqqa, German Melvilning " Mobi Dik" romani personaji sharafiga qoʻyilgan, Captain Boomer loyihasining mualliflari oʻrnatdilar. Ehtimol, instalyasiyani 23 iyul Xalqaro kitlar va delfinlar kuniga bagʻishlaganlar.

Jamoa bu kabi haykallarni dunyoning boshqa joylarida ham oʻrnatgan - odatda, koʻproq odamlar instalyasiya bilan toʻqnashib, kashalotlar va ularning yashash muhiti haqida yaxshiroq bilib olishlari uchun, ularni jamoat joylarida oʻrnatganlar. .


Har bir bunday haykal olimlar guruhi hamrohligida boʻlib, ular kitlar haqida yoʻlovchilarga maʼlumotlarni beradilar.

"Giperrealistik, tabiiy kattalikdagi kitlar koʻrinishidagi haykallar Eski Dunyoning daryo va dengizlari qirgʻoqlarida oʻrnatilmoqda. Katta ochilgan ogʻizli qora gigant osmonga tikilib turibdi. Bu dengizning odamlarga gung savolidir. Tublardan chiqqan topishmoq. Kitlar oʻzlarini qirgʻoqqa tashlaganlarida, bu doim fusunkor hodisa boʻlgan. Qishloqlar aholisi jonlanib, hayajonlanar edi. Aynan shuni biz ham qaytadan yaratmoqdamiz. Bir vaqtning oʻzida oʻzini tashlab yuborgan kit bu ekotizimning vayron boʻlganini ulkan majosidir. Odamlar ularning tabiat bilan oʻzaro bogʻliqligi buzilganini sezmoqdalar. Toʻqima va voqelikni aralashtiruvchi oʻyin bu havotirni yanada kuchaytiradi".
Captain Boomer sayti.

Valensiyada 2013 yili kit haykalini oʻrnatiluvi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



