Oshxona

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat
Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat

Agar yangi olgan poyabzalingiz qadam tashlashingiz mobaynida gʻirchillagan tovush chiqarib asabingizga tegsa bolalar upasidan foydalaning. Uni poyabzalning patakiga yoki boʻlmasa tagiga sepib qoʻyishning oʻzi sizni muammodan halos etadi. 

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat

2. Yoqimsiz hid

Poyabzaldagi nohush hidni ketkazish uchun ishlatilgan qora choy paketchasini uni ichiga solib qoʻying. Ertasi kuni hid ketganiga guvoh boʻlasiz.

3. Ifloslangan oppoq keda

Oppoq poyabzal kirlansa qanday qilib tozalash mumkin? Osh sodasini idish-tovoq yuvish vositasi bilan aralashtiring. Shotka yordamida poyabzal ustini tozalang. Kedangiz yangidek boʻlib qoladi.

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat

4. Baland poshnali oyoq kiyimdan keyingi ogʻriq

Oyoqlar tez baland boshnadan charchab qolayotgan boʻlsa, quyidagi usulni sinab koʻring: oyoqning nomsiz barmogʻiga plaster yopishtirib oling. Nima uchun deysizmi? Ushbu barmoqda nerv toʻqimasi mavjud boʻlib, bogʻlab olish orqali unga boʻlgan bosim kamayadi. Siz esa poshnada oʻzingizni qulay his etasiz.

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat

5. Xiralashib qolgan poyabzal

Charm tufliyingiz yetarlicha yaltiramay qolsa, uni badan uchun moʻljallangan losyon bilan tozalang.  Bu orqali siz poyabzalingiz jilolanishiga yordam berasiz.  

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat

6. Juda tor poyabzal

Bir  oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning.  Natijani oʻzingiz seza boshlaysiz. 

Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar