Biznes mo‘jiza - o‘z ishqibozligingizni biznesga aylantirish yo‘li
Biznes mo‘jiza - o‘z ishqibozligingizni biznesga aylantirish yo‘li
Toza varaq olingda, nima bilan shug‘ullanishni yoqtirishingizni yozing. Bu bitta emas, ikkita, uchta, beshta narsa bo‘lsa ham hechqisi yo‘q. Asosiysi bu mashg‘ulotlar sizga yoqishi kerak. Qandaydir istiqboldagi narsani tanlashga urinmang. O‘zingizga nisbatan samimiy bo‘ling. Keyin esa... fantaziyangizni yordamga chaqiring. Xobbini biznesga aylantirish mumkin!

Yangi Yilning birinchi haftasi hamma narsani unutish uchun juda qulay vaqt. Huddi shunday vaqt yilning o‘rtasida ham keladi, ya’ni o‘qishni tugatganingizdan keiyn. Shunday paytda hamma yoqimsiz narsalarni unutish mumkin. Yirik biznesmenlarning muvaffaqiyati to‘g‘risida bilishingizni, pul ishlash uchun qayndaydir “jiddiy” narsa bilan shug‘ullanish kerakligini, “qiziqishning o‘zi bilangina qorin to‘ymas”likni , “iloji yo‘q”, “bundan hech narsa chiqmaydi”, “hech kim bunday qilmaydi”, “xom hayol”, “g‘irt safsataning o‘zginasi” kabi gaplarni ham unutish uchun juda qulpay vaqt. Unutish kerakmi - unuting!  Toza varaq olingda, nima bilan shug‘ullanishni yoqtirishingizni yozing. Bu bitta emas, ikkita, uchta, beshta narsa bo‘lsa ham hechqisi yo‘q. Asosiysi bu mashg‘ulotlar sizga yoqishi kerak. Qandaydir istiqboldagi narsani tanlashga urinmang. O‘zingizga nisbatan samimiy bo‘ling. Keyin esa... fantaziyangizni, hamda Barbara Sherni yordamga chaqiring.  Barbara Sher - noodatiy biznes sohasida dunyo miqyosidagi bilag‘on. Quyida uning kitoblaridan olingan bir necha g‘oyalar. Ular sizni o‘z izlanish yo‘lingizga chorlashiga shubhamiz yo‘q.

Barbara Sher (inglizcha: Barbara Sher,1935-yilda tug‘ilgan) - mashhur spiker va maqsadlarga erishi to‘g‘risdagi yetti kitobning muallifi. Uning birinchi kitobi  - “Orzuga ayb yo‘q” 36 yildan beri qayta-qayta chop etiladi va juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. Jami million nus'hadan ortiqroq sotilgan. Uning uchinchi kitobi - “Nima to‘g‘risida orzu qilish kerak” - 1994-yilda "The New York Times" gazetasining ma’lumotiga ko‘ra eng yaxshi sotiladigan kitoblar qatoriga kirgan.  

Sayohatlarda biznes

Dunyoni kezishni sevasizmi? Qandaydir biror kurortda ta’lim yoki sport loyihasini tashkil etish, unga turli ma’ruzachilarni jalb qilib guruh tashkil qilish mumkin. Yoki kruiz laynerida ma’ruza qilsa bo'ladi.

O‘zlari shug‘ullanishiga vaqt topa olmaydigan kichik biznes egalari uchun internetda tadqiqotlarni o‘tkazish, yoki boshqa davlatda o‘z ishini ochmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumot yig‘ish, ya'ni raqobatchilik doirasini, yuridik masalalarini, ko‘chmas mulkni tanlash mumkin.

“Mening bir do‘stim yirik okeanarium uchun “baliq yig‘uvchi” bo‘lib ishlagan. U muxandis bo‘lgan va suvosti dunyosi to‘g‘risidagi puhta bilimlarga ega bo‘lmagan. Ammo,bir vaqtlar u Tinch okeanining janubiy suvlarida uzoq muddatli tadqiqotlar o‘tkazilgan okeanografik kemada bo‘lib qolgan holda dayving tajribasiga ega bo‘lib olgan va o‘sha joylarni juda sevib qolgan. Endi ular rafiqasi bilan birga yilning asosiy qismini Gavayi orollari va Avstraliyada, yaxtada yashaydi. Ular tirikchiligini noodatiy mollar va soqg‘alar do‘konlari uchun qiziqarli gadjetlar va o‘yinchoqlarni o‘ylab chiqarishi bilan o‘tkazadi” - deb hikoya qiladi Barbara Sher.

Agar o‘zingizda san'atkorlik iste’dodi bo‘lsa, dunyo bo‘ylab gastrollar bilan sayohat qiluvchi truppani yaratishingiz, agar bichish-tikishni bilsangiz, shunday guruhga kostyumer yoki oshpaz bo‘lib qo‘shilib olishingiz mumkin.

Sayohatni sevsangiz - shuni biznesga aylantiring

Kinosevarlar uchun biznes

Kinoni sevmagan kishini topishning o‘zi amri mahol. Biroq, kino to‘g‘risida juda ommabop bloglar yoki internet jurnallarni yurituvchi havaskor sinefilllar juda ko‘p. Ular yirik kinostudiyalarga reklama uchun o‘z sahifasidan joyni juda katta muvaffaqiyat bilan sotish bilan shug‘ullanadi: reklama beruvchilarning e’tiborini saytga tashrif buyuruvchilarning miqdori o‘ziga jalb qiladi.

Bundan tashqari, o‘z filmlaringizni olishingiz ham mumkin - badiy yoki hujjatli. Internet, turli konkurslar va festivallar orqali tomoshabinlarga yo‘l topish va odamlarning muhabbatiga erishish mumkin. Oson ish emas, lekin bajarsa bo‘ladi! Yana bir g‘oya — kino muzeyini yoki ochiq havoda havaskor filmlarining kichik kinoteatrini tashkil qilish. Buning uchun yaxshigina ishtiyoq, huquqshunoslik va ma’naviyat sohasidagi tajribali mutaxassisdan tavsiyalar va zamonaviy audio-video texnika kerak bo‘ladi.

Kinosevarlar juda ham ko'p - ularning yetakchisiga aylaning

O‘qishni sevadiganlar uchun biznes

Agar biror marta hayolingizdan “Bir umr o‘qisang-u, buning uchun senga pul ham to‘lashsa”, degan fikr o‘tgan bo‘lsa, istagingiz xom hayol emas. Masalan siz chet el talabalari uchun ma’ruzalarni konspekt qilishingiz, bundan tashqari, diplom ishlarini yozishingiz va tekshirishingiz mumkin.

Hech qanday zaruratsiz internetda o‘tirgan holda hamma narsani birvarakayiga o‘qib o‘tiruvchi odamni nima deb atar edingiz? O‘zingizni qiynamang, bundaylarni “yuqori haq oladigan ahborot vositachisi” deyiladi”.

Bu degani, u odamlar uchun kerakli ma’lumotlarni izlab topib beradi va shuning uchun haq oladi. Bu yerda kalit mahoratlardan bittasi — topilgan barcha ma’lumotlarni hisobotda qisqa va batafsil tafsilot qilib berish. Texnik yozuvchilik tajribasi juda asqatadi, lekin busiz ham amallasa bo‘ladi.

Ahborot vositachiligi - bugungi kunda juda kerakli mashg'ulotlardan biri 

Bayon qilishni sevuvchilar uchun biznes

Agar siz o‘zingiz bilib olgan narsangizni bayon qilishni yaxshi ko‘rsangiz- demak siz populyarizatorsiz va bu o‘zingizga ham, auditoriyangizga ham anchagina zavq-shavqdan darak beradi. Siz maktablarda ta’lim ma’ruzalari bilan yoki keksa odamlar, tarbiyasi qiyin bolalar, yolg‘iz onalar - xullas, o‘z sevgan narsangizbilan hayotini o‘zgartira olishingiz, yoki sal bo‘lsada, yordam berishingiz mumkin bo‘lgan maxsus auditoriya uchun mo‘ljallangan ma’ruzalar majmui bilan chiqishingiz mumkin. Agar bu sizni qiziqtirsa - demak siz kommunikator, o‘qituvchi, sharhlovchi, jonboz va betakror Santa-Klaussiz.

Populyarizatorlar ilmiy-ommabop kitoblar yozadi va "Disсovery" kabi televizion kanallar uchun dasturlar tayyorlaydi.  Kitobdan, hujjatli filmdan yoki o‘z sohasiga juda kuchli qiziquvchi o‘qituvchisidan o‘zi uchun yangi narsani bilish zavqini his etgan har bir inson populyarizatorlar mavjudligi naqadar ajoyib ekanligini albatta tasdiqladi.

Albatta, mutaxassislar ham o‘z mavzusini ommalashtirib, sodda tilda tushuntira olishi mumkin, biroq yildan yilga bitta mavzuni qat’iy doira chegarasida qaytaraverish ularning g‘ayratini so‘ndirib boradi. Jonboz kishi esa doimiy ravishda qandaydir yangilik ketidan quvadi va uning mavzulari hatto har oyda yangilanishi mumkin.

Ilm-fan populyarizatorlaridan biri - amerikalik kinoatyor Morgan Friman

va professional ilm-fan poulyarizatori akademik Sergey Petrovich Kapitsa (14.02.1928 — 14.08.2012)

Kasbga ega bo‘lishni istamaganlar uchun biznes

Agar butun umringiz davomida bittay-u bitta ish bilan shug‘ullanishni istamasangiz, siz lavozimlar uchun nomzodlarni izlab, yoki ishlar va xizmatlarni izlash saytlari bilan hamkorlik qilib turli kasblarning hususiyatlarini o‘rganishingiz mumkin. Balki, sizga profesionnalar uyushmasida rahbarlik qilish yoqib qolar.

Barbara Sherda misol: “Mening sobiq sinfdoshim bitiruvchilar uyushmasini yaratdi. Yana bir maktabdoshim Rossiya va Shimoliy Yevropada sayohat qilib, kichik biznes bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi hamda yangi joylarda oliy ma’lumotli ayollar tashkiloti - American Association of University Women uyushmasining yangi bo‘linmalarini tashkil qiladi”.

Ma'lumotlarni izlab toping va o'zingizning fikr-mulohazalaringizni yozing. Bu albatta kimgadir kerak va osh kimdir sung pul to'lashg ham tayyor

Iste’dod egalarida frilans

Jurnallar uchun ma’lumotlarning salmoqli qismini shtatdan tashqari mualliflar, shu bilan birga frilanser-rahbarlar, uchuvchilar, kema oshpazlari, erkin rassomlar, kinoprodyusserlar va ijrochilar yozishini balki bilarsiz. Dunyo tobora shaffof bo‘lib bormoqda - hozirgi paytda buxgalteriyadan tortib boshqaruvgacha barcha sohalarda frilanser bo‘lish mumkin.

Nimada ustasi farangligingizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring va bu kimgadir albatta kerak bo‘lib qoladi.

G‘oyalarni izlashda eng yaqin kitob do‘koniga kiring va ishbilarmon adabiyot bo‘limini toping. U yerda kichik biznes uchun qo‘shimcha g‘oyalarni topish mumkin  — uy hayvonlarini parvarish qilish bilan pul topishdan tortib qanday qilib grafolog bo‘lishgacha.

Qo'l kaftiga hna bilan bezak tushirishni sevasizmi? Buni ham biznesga aylantishingiz mumkin

“Men detektivlarga bag‘ishlangan adabiyotlar do‘konini ochgan ayol bilan, Santa-Fe shahrida o‘ziga yarasha muvaffaqiyatli badiy gallereyani tashkil qilgan boshqa yana bir ayol bilan o‘tkazilgan suhbatni o‘qishga muyassar bo‘lganman. Uchinchi ayol esa butun oilalarni Chikagoga ko‘chirish bilan shug‘ullanadi - bunday voqealar juda, juda ham ko‘p. Bu odamlarning hammasi o‘z hayotlarini o‘z sharoitlaridan kelib chiqib qurishga qaror qilgan” - deydi Barbara Sher.

Manikyur qilishni, tirnoqqa surat chizichni bilasizmi? Buning uchun kimlardir yaxshigina haq to'lashga tayyor ekanligini-chi? 

Bu g‘oyalarning birortasi sizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, albatta. Biroq, asosiysi - mag‘zini anglab olish: o‘zingizga mamnuniyat bag‘ishlovchi har qanday ish sizga manuniyatdan tashqari muvaffaqiyat ham olib kelishi mumkin. Eng muhimi, boshlagandan so‘ng birinchi qiyinchilikka duch kelganingizdayoq taslim bo‘lmaslik. Doimo esda tuting - qiyinchilik bu muvaffaqiyatga olib boruvchi zinapoyaning atigi bir pog‘onasi.

Dunyo o‘ziga xoslikka zarar yetkazmagan holda muvaffaqiyatli va mahsuldor hayot uchun pul topishning ajoyib imkoniyatlarga to‘la. Urinib ko‘ring, aniqrog‘i - boshlang! O‘zingiz guvohi bo‘lasiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook