Dunyodagi eng chiroyli Yangi yil mushakbozliklari
Dunyoning boshqa mamlakatlarida qanday ajoyib g'ayrioddiy tomoshalar borligini bilib olishni xohlaysizmi?

Yangi yil arafasida biz sizlar uchun eng chiroyli bayram mushakbozliklari tanlovini yaratishga qaror qildik. Keling, dunyoning turli mamlakatlarida yilning tugashini qanday nishonlanishini birgalikda ko'rib chiqamiz.

Dubay

Dubay

Bu shahar zamonaviy megopolis standartidir va bu yerda hashamat uzoq vaqt oldin kundalik hayotning ajralmas qismi bo'lib qolgan. Dubay o'zining Yangi Yil bayramini nishonlash tarzi bilan hayajonga soladi.Ushbu bayram sharafiga o’tkaziladigan mushakbozlik hech kimni befarq qoldirmaydigan haqiqiy yorug'lik namoyishiga aylandi.

London

London

Angliyada Rojdestvo Yangi yilga qaraganda ko'proq zavq bilan va kengroq nishonlanadi.Biroq, u yerda Yangi Yil ham juda mashhur. Yangi Yil Londonda shaharning asosiy diqqatga sazovor joylarini yoritib turadigan millionlab yorug' chiroqli va olovli mushakbozlik bilan nishonlandi.

Sidney

Sidney

AvstraliyadaYangi Yil issiq ob-havoga to'g'ri keladi. Shu sababli, bayramni nishonlash boshqalardan tubdan farq qiladi: Santa Klauslar dengizda cho'milishadi, shahar aholisi esa plyajlarda hursandchilik qilishadi. Biroq, qorning yo’qligi bayram kayfiyatiga hech qanday ta'sir qilmaydi. Yangi yil mushakbozligi esa bayramga faqat yorqin ranglar qo'shadi.

Parij

Parij

Parijda ham, London va boshqa Yevropa mamlakatlari singari, Rojdestvoga ko'proq e'tibor beriladi. Ammo Yangi yil sharafiga ajoyib mushakbozlik o’tkazish Frantsiyaning ajoyib qadimiy an'anasidir. Har yili Eyfel minorasi yonida minglab chiroqlar yonadi va bir necha daqiqada shahar ertakga aylanadi.

Gonkong

Gonkong

Gonkongdagi Yangi Yil mushakbozliklari  haqiqiy chiroqlar bayramidir! Mushakbozliklar shunchalik ko'pki, go'yo ular butun shaharni rangli bo'yoqlar bilan to'ldirayotganday. Gonkong markazidan tortib chekka hududlarigacha Yangi Yil archasi singari porlaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations