Dunyodagi eng noodatiy joylarga sayohat
Zamonaviy sayyohning ekskursiya dasturlariga bo’lgan talabi kuchaygan. Sayyoramizning go'zal burchaklarida sayr qilish, u joyning tarixi haqida siyqasi chiqqan hikoyani tinglash, diqqatga sazovor joylar va noyob eksponatlar fonida suratga tushish, bularning barchasi sayohatchilarda qiziqish uyg'otmay qo’ygan.

Xo’sh, qanday ekskursiyalar bizning bo'sh vaqtimizni maroqli o’tishini ta’minlab, shaxsiy fotoalbomlarimizni noyob suratlar bilan to'ldirishi, yangi va betakror taassurotlarni tuhfa qilishi mumkin? Maqolamiz ana shu mavzuga bag’ishlangan.

"Masonik Peterburg" detektiv-sayohati

Masonlik - bu nima? 800 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo'lgan yashirin jamiyatmi yoki afsona? Masonlarning asl maqsadlari nima va ular safiga qanday qo’shilish mumkin? Masonlar butun xalqlarning siyosatiga, moliyaviy ahvoliga va ongiga ta'sir qila oladimi? Buyuk qo’mondon va davlat arboblari orasidan qay birlari mason bo'lgan va qay birlari o’zini mason qilib ko’rsatgan? Masonlar ular bilan aloqani uzgani uchun Pushkinni yo'q qilganligi rostmi?

Sankt-Piterburgdagi masonlik mavzusiga bag’ishlangan detektiv-sayohatda ushbu savollarga javob olishingiz mumkin. Avtobus orqali amalga oshadigan sirli Piter ko’chalaridagi bunday sayohat sizni taajjubga solishi tabiiy.

Yirtqichlar bilan yolg'iz

Qonxo’r sherlar, xavfli yo'lbarslar va yirtqichlar dunyoning boshqa vakillari haqida qanday fikrdasiz? Viqorli gepardning bir qarashidan qo’rquvga tushasizmi yoki uning xatti-harakatlarini maroq bilan kuzatasizmi? Yirtqichlar va hayvonot olamining boshqa vakillari bilan yolg’iz qolib, ajdodlarimiz bunday xavfli vaziyatda o’zlarini qanday his qilganliklarini bilishni va shu bilan birga o’zingizni bir sinovdan o’tkazib, “asablaringizni qitiqlab” olishni xohlaysizmi? Bir qarashda murakkab ko’ringan ushbu loyihani Kaliforniya parki bilan hamkorlik qiladigan turistik firmalarning barchasi amalga oshirishi mumkin. 

Bu yerga xavfli yirtqich hayvonlarga yaqin bo'lishni istagan yuzlab sayyohlar tashrif buyuradilar. "Shovqin va qichqiriq" nomi bilan tanilgan bu ekskursiya faqatgina qafaslar va hayvonlar pavilyonlari bo'ylab oddiy aylanib chiqishdan iborat bo’lib qolmasadan, kichik chodirlarda tunashni ham o'z ichiga oladi. Aynan mana shu narsa sayohatning betakrorligini ta’minlaydi hamda tabiat qo’ynida va yovvoyi hayvonlar bilan yolg’iz qolish imkonini beradi.

Bir kechaga zebralar, gepardlar, yovvoyi buqalar , yo'lbarslar va hatto sherlar sizning qo’shnilaringiz bo'ladi. Siz ov jarayonining bevosita guvohi bo'lishingiz, qorong'i tushishi bilan yirtqichlar qanchalik faollashayotgani va potentsial qurbonlari qanday xavfsizlik choralarini ko'rayotganini o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin. Shuning uchun suratga oluvchi videojihozlaringizni o’zingiz bilan olishni unutmang. San-Diegodagi hayvonlar bog'iga qilingan ekskursiya eslashga va gapirib berishga arzigulik taassurotlarni beradi.

“Hogwarts”ga qaytish

Garri Potter ismli sehrgar bola haqida ko'p qismli ilmiy-fantastik hikoyaning barcha muxlislariga bag'ishlangan! Agar siz hali ham yozuvchi Roulingning asarlaridan cheksiz zavqlanayotgan bo'lsangiz, xuddi shu nomdagi filmning barcha qismlarini qayta-qayta ko'rib chiqqan bo’lsangiz, shubhasiz sehr olamiga olib kiruvchi g'ayrioddiy ushbu ekskursiya safari sizga ma’qul bo’ladi.

Buyuk Britaniya poytaxti ko'plab maftunkor inshootlar, binolar majmuasi va Xogvarts nomli ajoyib qasr maktabiga ega. Mukammal kompyuter grafikasi yosh sehrgarlarning mashhur o'quv majmuasi devorlariga yaqinlik tuyg'usini yaratishga yordam beradi.

O'zingizga va bolangizga sehr olamiga unutilmas sayohat hadya qiling. Ekskursiya dasturi 10 soat davom etadi, bunda siz mashhur filmning suratga olish maydonchasiga tashrif buyurishingiz va unda ishtirok etgan hayratlanarli dekoratsiyalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ekskursiya "gapirayotgan" ilon bilan tanishishni, yosh sehrgarlarni olib kelayotgan  mashhur poyezd tashrif buyuradigan platformaga borish, shuningdek, filmda sehrgarlik maktabining chalkash koridorlari ko'rinishida paydo bo'lgan Gloucester sobori koridorlari bo'ylab sayr qilishni o'z ichiga oladi. Va tabiiyki, Garri Potter o'z savollariga javob izlayotgan maktab kutubxonasi sifatida ko’rsatilgan Oksford universiteti kutubxonasini o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin.

Qabristonda yurish

Agar yirtqich hayvonlar huzuriga sayohat yoki yosh sehrgar olamiga ekskursiyalar sizni qiziqtirmasa yoki haqiqiy qo’rquv hissini uyg’otmagan bo’lsa, Yangi Orleandagi dahshatli qabristonga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Sent-Luis va Lafayett nomlari ostidagi joylar dahshatli filmlar va o’tkir hissiyot ixlosmandlarini o'ziga jalb qiladi.

Go’yo hozir o’lik odamning qo’li chiqib keladigandek eskirgan, qarovsiz qolgan qabrlar, eski sag’analar va qabr toshlari - bularning barchasi eng dahshatli qo’rquv hissini uyg’otadi. Mariya Lavoning arvohi haqidagi mahalliy afsona esa allaqachon paydo bo'lgan qo'rquvni yanada kuchaytiradi. Afsonaga ko'ra, Meri mashhur jodugar edi. Uning qabri ham shu yerda joylashgan.

Eng mard sayyohlar jodugar bilan uchrashish uchun qabristonga nopok kuch "odamlar dunyosiga kirgan" kunlarda kelishadi. Walpurgis kechasi - bu borada yilning eng mashhur kuni. Uch marta aylanib, jodugarning sag’anasining eshigini taqillatishga jur'atingiz yetadimi? Afsonada aytilishicha, shu yo'l bilan hatto eng maxfiy istakni amalga oshirish mumkin ekan.

Agar siz o’tkir hayajonli hissiyotlarni xohlayotgan bo’lsangiz hamda o'zingizni qo'rqmas odam, deb bilsangiz Yangi Orlean qabristonlari bo'ylab noyob sayohatni amalga oshiring. "Qabriston sayyohligi”  hech kimni befarq qoldirmaydi.

Aynan mana shu eski tashlandiq qabrisron yozuvchi Ann Rayni "Vampir bilan intervyu" asarini yaratishga ilhomlantirgan. Yo’lboshchilarning aytishlaricha, yarim tunda Yangi Orleandagi ushbu qabristonning barcha o’liklar tirilib, ularning abadyat o’lkalariga bostirib kirishga jur'at etganlarni dahshatli qo’rquvga solar ekanlar.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations