Dunyoni titratgan 15 nafar mashhur surat tarixi
Tarixdagi ilk rasm suratga olinganiga 200 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Ugshbu yillar davomida odamlar tomonidan millionlab suratlar tasvirga tushirildi, ammo ulardan sanoqlilarigina tarixga kira oldi.

1. Ochlik

Mayk Vels tomonidan 1980 yilda Karamodja (Uganda) da olingan mazkur surat Afrikadagi ochlik sharoitlarini to‘liq ochib bera oldi.Bu yerda insonlarga yordamga kelgan ko‘ngillilardan biri ochlikdan jabr ko‘rgan afrikalik bolakayning qo‘lini ushlab turibdi.

2. Afg‘on qizi

Mazkur afsonaviy surat 12 yoshli afg‘on qiziga tegishli bo‘lib, suratkash Stiv Makkarri tomonidan tasvirga tushirilgan. Qizning qishlog‘i vayron bo‘lgach, uning oilasi ham halok bo‘ladi. Qiz 2 hafta davomida tog‘larda qolib ketgan, keyin esa qochoqlar lageriga tushib qolgan. Surat ham ana shu lager ichida olingan.

3. Yadro balosi

1945 yilning 9 avgust kuni Nagasaki ustida atom bombasi portlashidan hosil bo‘lgan yadro tutuni. Surat Amerikaning bombardimonchi V-29 qurilmasidan tasvirga tushirilgan bo‘lib, 21 kilotonnali portlash mazkur yapon shahrini yer yuzidan yo‘q qilib yuborgan.

4. "Ezigaklar" binosi

AQSh tarixidagi eng yirik terakt paytida olingan mashhur surat. Terrorchilik harakati 2001 yilning 11 sentyabr kuni sodir etilgan bo‘lib, oqibatda Halqaro savdo markazi vayron bo‘lgan, 2977 nafar inson olamdan ko‘z yumgan. 

5. Oqlar va qoralar

AQSHda XX asrda yaqqol namoyon bo‘lgan irqiy notenglikni ko‘rsatib bergan mashhur surat. U 1950 yilda Texas kafelarining birida suratga olingan.

6. Kolumbiyadagi vulqon

Ushbu mashhur surat 1985 yilda minglab insonlarning umriga zomin bo‘lgan vulqon portlashi paytida olingan. Unda halokat jabrlanuvchilaridan biri - kolumbiyalik qizaloq aks etgan bo‘lib, uning ona shahri butunlay vayron bo‘lgan. Qizcha esa beton plitalar orasida qolib ketgan va  u yerdan chiqish uchun 3 kun davomida kurashgan. Afsuski, qizaloq bu ishning uddasidan chiqa olmadi va shu yerning o‘zida vafot etdi.

7. Yonayotgan ruhoniy

Mazkur surat buddaviy ruhoniylarning Janubiy Vyetnam hukumati tomonidan berilayotgan jazolarga nisbatan kurash ramzi bo‘lib qolgan. U 1963 yilda olingan bo‘lib, ruhoniy Kuang Dek qarshilik ramzi sifatida insonlar qarshisida o‘zini yoqib yuborgan. 

8. Homila surati

Bugungi kunda har bir ona o‘z farzandining jinsini osongina aniqlashi, uni homila holatida ham ko‘rishi mumkin. Ammo 1965yillarda homila surati haqiqiy kashfiyot edi. Aynan shu yili insonlar o‘z bolalarning suratini u tug‘ilmasidan avval ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

 

 

9. Asir tushgan ofitser

 

Mazkur suratda politsiya toomnidan qo‘lga olingan va Vyetnamurushi paytida asir tushgan askar aks etadi. Surat o‘q uzilishidan bir necha soniya avval olingan bo‘lib, mazkur surat uchun uning muallifiga 1969 yilda Pulitser mukofoti topshirilgan.

10. Qor odam

Bu bigfutning ilk va mashhur suratlaridan. Aslida surat Patterson-Gimlinning 1967 yilgi hujjatli filmidan olingan kadr sanaladi. Suratga olish ishlari paytida tadqiqotchilar o‘rmon ichiga kirib ketayotgan ulkan odamsifat maymunni ko‘rib qoladilar. U o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ikki oyoqlab yurib borardi. Keyinchalik uni soxta deya e’lon ham qilishgan, ammo surat uzoq yillar davomida olimlarni izlanishga majbur qila oldi. 

11. G‘alaba bayrog‘i

Ushbu surat Germaniyadagi fashistlar ustidan qozonilgan g‘alaba ramzi sanaladi. Surat 1945 yilning 1 may kuni olingan bo‘lib, askar Sovet ittifoqi bayrog‘ini Berlin ustiga o‘rnatmoqda.

12. Yig‘layotgan nemis askari

Ikkinchi jahon urushining eng mashhur suratlaridan biri. Unda 15 yoshli nemis askari Gans Georg Xenke AQSH harbiylari tomonidan Germaniyaning Rextenbak shahrida asirlikka olingan.

13. Avtobusdagi bolakay

Kichik yoshli bolakay Grozniydagi harbiy hodisalar markazidan chiqib ketishga qaror qilgan qochoqlar bilan to‘la avtobus oynasidan qarab turibdi. Surat 1995 yilga tegishli.

14. Konchi bolalar

Ushbu tarixiy suratda AQSHning ko‘mir konlaridan birida ishlayotgan konchi bolalar tasvirlangan.Surat 1910 yilga tegishli bo‘lib, aynan shu rasm ommaviy qarshiliklarni keltirib chiqargan. Oqibatda AQSHda bolalar mehnati ta’qiqlangan.


15. Ota va o‘g‘il

Ushbu surat 2003 yilda harbiy asirlar lagerlaridan birida olingan. Mehribon ota hech narsaga qaramay o‘g‘lini tinchlantirishga urinmoqda.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations