16,918
просмотров
просмотров
Zamonaviy odamlar kanselyariya mollarini o’z-o’zidan kelib chiqqan narsa sifatida qabul qilishadi. Va bu tushunarli hol – axir ko’pgina odamlar bu narsalardan deyarli har doim foydalanishadi: o’quvchilar – maktabda, talabalar – oliy o’quv yurtlarida va ofis ishchilari o’z ish joylarida.
7. Ro’yxatga olish papkasi
Uchlamchi g’ildirakli qistirmali ro’yxatga olish papkasi.
Nemis kashfiyotchisi Fridrix Zyonnekken ko’pincha dirokolni kashf qilgani bilan mashhur. Shiningdek, 1886 yilda u g’ildirakli qistirgichni kashf qildi. Keyinchalik bunday qistirgich oldiga bir-biridan 80 mm masofadagi yana ikkita xuddi shunday qistirgichni qo’shishdi. 1854 yilda ag’dariladigan qog’ozlarni kashf qilganlarida, ularni darhol g’ildirakli qistirgichlar bilan birlashtirishni boshlashdi. Ammo bunday papkalarning yirik ishlab chiqarilishi 1899 yilda boshlangan.
8. Lyuvers
Oddiy lyuvers.
Ag’dariladigan qog’ozlar 1854 yilda paydo bo’lgan bo’lsada, Kennet Dj Russo va Djordj Blok lyuvers (qog’ozning chetlarini birlashtiradigan tuynuklar uchun g’ildiralar) larni atigi 1992 yilda patentlab olishdi. Bugun bu kabi markazida teshikli yopishqoq etiketkalar ko’pincha qog’ozlarda sotiladi, ilgari esa ular maxsus valiklarga kirgizib qo’yilgan.
9. Lanch-boks
Oddiy lanch-boks.
Lanch-bokslar hali XIX asrning oxirlarini sotila boshlangan edi, lekin o’shanda ular “tushlik uchun satilcha” deb nomlanardi. Nomidan ko’rinib turibdiki, ular satilga o’xshar edi, ammo shunda ham qopqoqlar bilan jihozlangan edi. Bunda ular metaldan qilingan. Sekin-sekin odamlar o’zlari uchun qulay “tushlik uchun qutilar” ni o’ylab topaverishdi.
Birinchi tijorat lanch-bokslari 1902 yilda paydo bo’lgan va ular piknik uchun savatlarga o’xshash bo’lgan. Lanch-bokslar mashhurligi davrida (1950-1970) AQSH ning o’zida ulardan 120 milliontasi sotilgan. Bugun esa tushlik uchun qutilar umuman takomillashib ketgan.
10. Ryukzak
Oddiy ryukzak.
Ryukzaklar aslida yaqinda paydo bo’ldi. Bundan oldin o’quvchilar arqonlar bilan darsliklarini o’rab, bog’lab – shu turishda maktabga borib kelganlar. 1938 yilda Gerry Outdoors tashkiloti molniyali ryukzakni yaratishdi, va o’sha davrda bunday qulay yangilik maktab o’quvchilariga umuman atalmagan.
Ryukzaklar asosan turistlar va chang’ichilarga sotilardi. 1967 yilda esa Gerry Outdoors yangi va zamonaviy, turistlar orasida haqiqiy xitga aylangan, neylonli ryukzakni yaratishdi. Maxsus yengilroq, o’quvchilar uchun ryukzakni esa JanSport kompaniyasi ishlab chiqardi.
Сообщения из Facebook