Ko’zgu orqali qoyilmaqom fotosurat olishning 6 usuli
Ko’zgu orqali qoyilmaqom fotosurat olishning 6 usuli
Portretlar, natyurmortlar yoki landshaftlar uchun g'ayrioddiy rakurs qidiryapsizmi? O'zingizni yangi uslubda sinab ko'rishni xohlaysizmi? Nega ko'zgu bilan buni bajarib ko’rmasligimiz kerak? Ko'zgularning kuchidan foydalanib, siz turli xil janrlarda asl tasvirlarni yaratishingiz mumkin. Quyida bunga oddiy misol qilib 6 ta usulni e’tiboringizga havola etamiz.

1. "Mozaika"

Singan ko’zguning parchalarini tasvirning ba'zi joylarida yorug'likni aks ettirish va uning sinishi uchun ishlatishingiz mumkin.

2. Ko’zguli maydon

Ba'zan oddiy fotosurat uchun ishlatilgan kichik element odatdagi fotosuratni chinakam noyob asarga aylantirish uchun yetarli bo’ladi.

3. Simmetriya

Ko’zgudan foydalanish orqali sizning portret rasmlaringizda qiziqarli simmetriya yaratilishi mumkin.

4. «Trans-fleksiya»

Ushbu effekt uchun eski oyna ramkasi va ikki kishi kerak. Ulardan biri ko’zgu orqasida, ikkinchisi - uning yuzi aks etishi uchun turadi. Natijada esa ajoyib portret paydo bo’ladi.

5. Cheksizlik

Ushbu usulda suratga olishda vazifa shundan iboratki, foto uchun ko’zgu qutisi yasash kerak. Uning ichiga fotosurat mavzusi joylashtiriladi. Natijada esa, obyekt har xil tomondan ko’rsatilib, fotosuratda cheksizlik namoyon bo'ladi.

6. Montaj

Kichkina oynaparchalarni ishlatib, siz o'zingizning rasmlaringizni, masalan, ko'z aksini qo'shib, "jonlantirishingiz" mumkin -  biroz g'alati, ammo ajoyib g’oya.

Bundan tashqari, fotosurat uchun ko’zguning kattaroq parchasini ishlatishingiz va suratda butun portretni ko’rsatib berishingiz mumkin.

Aksni ko’rsatuvchi sirtlarni ajoyib suratlar yaratishda ishlatish imkoniyatlari cheksizdir. Bunga ishonch hosil qilish uchun sizdan faqatgina ijod qilish talab etiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook