Mukammal bo‘lmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi
Odatda ushbu ayol ismini mukammal inson sifatida tilga oladilar, uni qirollik oilasining eng mashhur a’zolaridan biri sifatida siz ham yaxshi bilasiz. Aslida, bularning barchasini 100% lik haqiqat o‘rnida qabul qilish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Boisi malika Diana hayotlik yillarida o‘ta jiddiy va katta xatolarga yo‘q qo‘ygan ediki, ular oqibatda Diananing o‘zini halok qildi.

1-xato. Shahzoda Charlzning turmush qurish taklifini qabul qildi.

Bugun buni ishonarsiz ma’lumot sifatida qabul qilishingiz mumkin, ammo 1981 yilda Diana Charlzga turmushga chiqmaguniga qadar u haqfida biroz eshitmagan ham. Tabiatan uyatchang, maktab imtihonlarida hamisha past baho oluvchi, kollejda bir semestrgina o‘qishning uddasidan chiqqan bu qiz shahzodaga turmushga chiqmagan holatida o‘ta mashhur bo‘lib ketishi ham dargumon edi. Ayrim tarixchilarning aytishlaricha, Diana oila qurguniga qadar o‘ta boy sharoitda yashamagan. Britaniya qonunlariga ko‘ra, perlik unvoni (shu jumladan graf Spenser unvoni ham) barcha mulklar bilan birga faqatgina ota avloddan o‘tib keladi. Diananing bitta ukasi va ikkita katta opasi bo‘lgan. Ukasi Charlz barcha merosga ega chiqqan, opalari yaxshi insonlar bilan turmush qurib ketishgan. Bo‘lg‘usi malikaning taqdiri esa anchagina kamtarona bo‘lishi ham mumkin edi.

Diana Uels shahzodasining sevgan qizi sifatida rasmiy e’lon qilingan yili u Londonda yashardi. Avvaliga onasi bilan birga hayot kechirgan bo‘lsa, keyinchalik 18 yoshlik tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan uyga ko‘chib o‘tdi. Qiz oliy ma’lumotga ega bo‘lolmagan, shu sababli ham tuzukroq ish topishi muammo bo‘lgan. Oqibatda o‘zining opasi va ayrim do‘stlarining uylarini yig‘ishtirib yurgan, bazmlar tashkil qilishga yordamlashgan, o‘smirlar uchun raqs murabbiyi, Robertsonlar oilasida enaga, o‘qituvchi yordamchisi va bog‘chada tarbiyachi yordamchisi bo‘lib ham ishlagan. Diana Spenser va shahzoda ilk bor uchrashgan paytlarda qiz ushbu joylarning barchasida faoliyat olib borgandi. 

Munosabatlar ketma-ketligi Jeyn Ostinning klassik romanlaridagi kabi ko‘rinish olib bordi: Diana kerakli joylarda va kerakli paytlarda ko‘zga tashlanishni boshladi. Saroy ahli shahzoda uchun kelin qidirish ishlari bilan band bo‘lgan paytda bu juda ham muddao ish edi. Diananing buvisi qirolichaga yaqin inson ekanligini hisobga olib, shuningdek, ularning vatanlari deyarli bir yer ekanligi, Spenserlar va qirolliklarning Korfolkdagi rezdentsiyasi qo‘shni ekanligini inobatga olingancha barchasini uyushtirish ham, amalga oshirish ham juda oson bo‘lardi.

Charlz qizning kamtar va o‘ta ta’sirchan ekanligini bilardi, ammo  munosabatlarni yanada rivojlantirish haqida o‘ylab ko‘rmagandi. Uylanish esa fikri hayolida ham bo‘lmagan. Biroq shahzoda o‘zi uchun munosib yor topdi qabilidagi shov-shuvlar jurnalistlar tomonidan tobora avj oldirilardi. Diana va Charlz munosabatlari OAVning asosiy mavzularidan biriga aylandi.

Ushbu vaziyatga Konsort shahzoda Filipp nuqta qo‘yib berdi. Ota va o‘g‘il o‘rtasida insoniy  hamda samimiy munosabatlar, sirdoshlik muhiti hukmron edi. Shu sababli Edinburg gertsogi o‘g‘liga qizning pok nomini haqiqiy erkaklar kabi saqlash talab qilingan maktub yo‘lladi.

Shahzoda Charlz otasidan kelgan bu maktubni buyruq o‘rnida qabul qildi. U Diananing qo‘lini so‘radi. Aslida Diana bu paytlarda shahzodani bir necha oylik tanishi sifatida bilar, uni yaxshiroq tanimasdi ham. Ammo shunga qarmasdan shahzodaning taklifini qabul qildi. Rasmiy suhbatlarning birida esa shahzoda "Diana unga hamisha suyanishga tayyor bo‘lganidan" o‘zi ham shod bo‘lganini aytgan. Ammo bushodlik emas, kutilmagan baxtsizlik ekanligi bir necha yildan keyin ma’lum bo‘ldi.

2-xato. O‘ziga yuqori baho bergancha, Kamillaning muhabbatini past baholadi

Vindzorlar oilasida hattoki yaqin insonlarning dafn marosimida ham ko‘z yosh to‘kish qat’iy ta’qiqlangan. To‘yda esa yig‘lash tasavvurga ham sig‘maydigan hodisa. Garchi bu to‘y orzularning oxirgi bekati u va sevgan odamingdan ayrilish onlari bo‘lsa ham. Charlz to‘y arafasida Kamilla Parker Boulz sababli yig‘lab olgani barchaga oshkor bo‘ldi.

Bu paytlarda ularning muhabbat qissasi 9 yildan beri davom etardi. Bu haqida, avval qishloqda, keyin esa Londonda yashagan Diana ham yaxshi bilardi. Kamilla va Charlz ismlari gazetalarning birinchi sahifalarida tez-tez ko‘rinish berardi. 19 yoshli kelin esa bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i bilan 1 yildan beri tanish bo‘lganiga ishonib uning 9 yillik muhabbati Kamillani ortda qoldira olaman deya o‘ylaganmikin?

To‘y o‘tdi. Charlz va Diana orasidagi intellektual hamda ruhiy bo‘shliq ochiqligicha qolaverdi. Yoshlar orasidagi 13 yillik farq har narsada sezilib turardi. Diana hali bola edi,Charlz esa uning darajasiga tushishni istamasdi. Diana turmush o‘rtog‘ining qiziqishlarini bilmas, uning do‘stlari bilan yaxshi aloqada ham emasdi.  Doim erining odatlarini tanqid qilib, nolishni ham qo‘ymasdi. Ularning bir-birlariga aytish uchun kerakli so‘zlari yo‘q edi. Charlz Dianadan Kamillada bo‘lgani kabi dil so‘zlarini tinglash qobiliyatini topa olmadi.  

Qiziqarli fakt: Di xonimning eng sevimli asarlari Barbara Kartlendning sevgi haqidagi romanlari edi. Qiz ularni turmushga chiqishdan avval ham o‘qir, kitoblar orasidagi "Qirolning kelinchagi" asarini xush ko‘rardi. Balki bo‘lg‘si malika romandagi qahramonni barcha qizlar kabi o‘z qiyofasida tasavvur qilgandir? 1993 yilda adibaning o‘zi bu haqida shunday degan: "Diana faqat men yozgan kitoblarni o‘qir edi. Tan olish kerakki, bu yaxshi tanlov emas". 

Amerikalik Meri Robertson esa (Diana uning uyida to‘yiga qadar enaga bo‘lib ishlagan) qizni hotirlar ekan, hamisha o‘zining muhabbat haqidagi kitoblari bilan chegaranalib qolgani, adabiy qiziqishlar shaydosi bo‘lganini aytadi. U bo‘lg‘usi malikaga The Times yoki Daily Telegraph nashrlarini ham o‘qib turish, shu orqali Charlz uchun qiziqarli insonga aylanish mumkinligini maslahat bergan ekan.

Charlzning malika Diana bilan yaxshi aloqada emasligi har bir joyda, har bir suratda sezilardi. Ana shu paytlarda Di xonim o‘zining ikkinchi katta xatosini amalga oshirdi. U erini sobiq yoriga, aniqrog‘i Kamillaga nisbatan rashk qilishni boshladi.

Bu esa shahzodaning nigohida o‘zini erga urish bo‘lib ko‘rindi. Diana esa buni tushuna olmas, rashk qilish uchun hamisha bahonalar izlab topar, Kamillani turli so‘zlar bilan haqorat qilardi. Diana kunlarning birida Kamillaning shahzodaga bo‘lgan munosabatini qo‘riqchi itlarning holatiga qiyoslagan ekan.Tahminlarga ko‘ra, Di xonim nima uchun eri undan ko‘ra kattaroq, undan ko‘ra hunukroq va imkoniyati kamroq bo‘lgan Kamillani yaxshi ko‘rib kelganini umrining oxiriga qadar tushunmagan. 

3-xato. U o‘zini bosa olmas va jazavaga tushgancha janjal ko‘tarardi

Diana haqidagi ko‘plab hotiralarda aytilishicha u janjalkash inson edi. Bu haqida malikaning o‘zi ham 1995 yili BBC uchun bergan intervyusida tan olgan. Diana to‘ydan keyin darhol homilador bo‘lgandi, birinchi bor katta jandal qilgani esa homiladorlikning 3 oylik paytlarida ko‘zga tashlandi.

Aytishlaricha, u boshqalarning ko‘z o‘ngida o‘zini zinadan pastga tashlab yuborgan ekan.

Barchasi u kutgandek bo‘ldi. Shahzoda Charlz shunchalar qo‘rqib ketdiki, yugurib borib uning yonida bo‘lish uchun qasamlar ichdi.

Tug‘ruqdan keyin esa yana e’tibor kamligi holatidan aziyat cheka boshladi. Buni malikaning o‘zi barchaga ochiq ayta olardi. Shu sababli tushkunlik holatiga tushib, o‘ziga zarar etkazish holatigacha etib bordi. Ammo bularning aksariyat qismini haqiqatdan emas, balki erining ko‘rishi uchungina amalga oshirardi. BBC bilan bo‘lgan suhbatda Di xonim "Qirollik oilasida tushkunlikka tushib qolgan va buni boshqalarga ham ochiq ko‘rsatishga qo‘rqmagan ilk odam" ekanligini aytgan edi.

Bu kabi tomoshalar esa uni shahzodadan ham, qirollik oilasidan ham uzoqlashtirdi. 

Tushkunlik holati bilan bir qatorda u vaqti-vaqti bilan taomlanish jarayoniga bog‘liq muammolarni boshdan kechirardi. O‘zining tan olishicha, nikohining ilk 4 yillik paytida bulimiya kasalligidan zarar ko‘rgan. Ushbu kasallik o‘z qomatidan qoniqmaslik, tushkunlik, ko‘p taomlanish va asabiy buzilishlar ko‘rinishida aks etadi.

Haddan tashqari ko‘p taom yeyish oqibatida malika hammomga kirib olgancha sun’iy ravishda ularni qayt qilib tashlardi.

Diana kasallik sabab bir necha bor davolandi. Ammo uning tushkunlik holatida davolash muolajalarining hech biri ta’sir qilmasdi. Biroq, Di xonimning o‘zi ham yaxshi tomonga o‘zgarishni istamasdi. Shaxsiy psixoterapevtlar va psixoanalitiklar xizmati rivojlangan mamlakatda yashasa ham ularning yordamidan foydalanishni istamadi, boshqalardan e’tibor talab qilish  va buni oshkora ko‘rsatish bilan mashhur bo‘ldi. Avvaliga jarayonlar qirolicha va shahzodani qo‘rqitib yuborgan bo‘lsa ham, keyinchalik shok holati malikadan bezish tuyg‘usi bilan almashdi.

Oqibatda, Charlz Kamillani tez-tez eslaydigan odat chiqardi. Malika esa...

4-xato. Bo‘lg‘usi qirolga hiyonat qildi

O‘zining tarixi, ajoyib ajdodlari bilan faxrlanadigan Angliya uchun bo‘lg‘usi qirolga hiyonat qilish davlatning yuziga oyoq qo‘yish bilan teng edi. Albatta, zamonaviy Vindzorlar Charlz hali qirol emasligini yaxshi anglardilar. Ammo qirollik oilasidagi erkaklar hiyonat qilsalar ham, ularning rafiqalari butun umr sadoqatli va muqaddas ayol sifatida qolishlari shart edi. Diana ham buni juda yaxshi bilardi, bo‘lg‘usi qirolning rafiqasi va Britaniya monarxiyasining merosxo‘rlari onasi ekanligini tushunardi. Ammo tushkunlikdagi ayol bu haqida o‘ylay olmadi. Shu tariqa uning ismini ot sporti murabbiylaridan biri bilan birga tilga olishni boshladi. Uning ismi Jeyms Xyuitt bo‘lib, keyinchalik malikadan foydalangani, shov-shuv ko‘tarish orqali pul ishlagani ma’lum bo‘lib qoldi.Ushbu insonning haqiqatan ham Diana bilan ishqiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan yoki yo‘qligi ochiq aytilmaydi. Ammo malika bu kabi mish-mishlarning paydo bo‘lishiga qaramasdan o‘zining pok nomini tiklash uchun harakat qilmagan.

5-xato. Matbuotning qiziqishini tobora orttiraverdi.

Telejurnalist Martin Beshir mashhur va katta janjallarga sabab bo‘lgan intervyu paytida Dianani odamlar go‘yoki matbuotning e’tiboriga tushish uchun harakat qilishda ayblashlarini aytib o‘tgan. Misol uchun Kovent-Garden sahnasida malika mashhur raqqos Ueyn Slip bilan birga tomosha uyushtirib, raqs tushib bergan. Ushbu chiqish shahzoda Charlz uchun uning tug‘ilgan kuniga kutilmagan syurpriz bo‘lgan ekan. Ammo bu chiqish uni xursand qila olmagan, aksincha matbuotning e’tiboriga sabab bo‘lib, malikaning raqqos bilan o‘ynagi sabab uni ayblab tashlaganlar.

Ikkinchi bor aynan shu kabi holat Oq uyda, Diananing Jon Travolta bilan rok-n-roll raqsini ijro etishi paytida ro‘y berdi. Bu jurnalistlar va davradagi insonlarning hayratiga sazovor bo‘ldi. Dianaga qadar hech bir qirollik oilasi a’zosi o‘zini bu qadar erkin tutmagan, hissiyotlarini oshkor qilmagan va barchaning ko‘z o‘ngida raqsga tushmagan edi.

Hattoki shaddod malika Margaret bilan ham bu kabi muammolar yuzaga kelmagan. Diana bu kabi holatlarning atay uyushtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad qilgan, mashhur bo‘lish va barchaning diqqatini tortishda ayblanganini bilmagan. Ammo avvallari kamtar bo‘lgan bu qiz merosxo‘r shahzodaga turmushga chiqqan, dunyoning eng yaxshi modelerlari tomonidan yaratilgan barcha kollektsiyalarni qo‘lga kiritgandi. Shu bilan birga Elizaveta II ning shaxsiy zargarlik buyumlarini ham olishi mumkin bo‘lgan. Ammo qirollik oilasi a’zolaridan birining tadbirga qizil rangli kolgotka kiyib kelishini tasavvur qila olasizmi? Diana bu ishni osonlikcha amalga oshira oldi. Keyin esa gazetalarning birinchi sahifalarida uning ismi va suratni chop qilingan.

Matbuotning qiziqishi avj olgani sayin malika saroydagi og‘ir hayot sharoitlari haqida ochiq ayta boshladi. 1995 yilda esa shaxsiy roziligiga ko‘ra, uning do‘stlari biografist Endryu Morton bilan aloqaga chiqdilar. Oqibatda ko‘plab janjallarga sabab bo‘lgan "Diana. Uning asl hikoyasi" kitobi dunyo yuzini ko‘rdi. Bu kabi kitob boshlab bergan janjalni esa Diananing BBC telekanaliga bergan intervyusi yanada avj oldirdi.

6-xato. Oshkora intervyu berdi

1995 yilning 24 noyabr kuni Diana BBC kanaliga intervyu berdi. 1 soatlik suhbat "Panorama" dasturi boshlovchisi Martin Beshir bilan bo‘lib o‘tgan va katta shov-shuvga aylangan. Diana uni 15 yildan beri ta’qib qilayotgan muammolar, bulimiya kasalligi, o‘zini o‘ldirish uchun ko‘p bor harakat qilgani, Charlz bilan kelisha olmay qolgach, uning davrasidagilar uchun ham begona insonga aylangani, uni "dushman" deb atashlarini aytdi. Bu esa shahzodani ajrim uchun undadi.

"Kun kelib qirolicha bo‘laman deb o‘ylaysizmi?" deb savol berdi boshlovchi."Yo‘q. Men insonlarning qalbidagi qirolicha bo‘lishni istardim. O‘zimni ushbu mamlakat qirolichasi sifatida ko‘ra olmayman. Bu mamlakatlari ko‘p insonlarning mening qirolicha bo‘lishimni ham istamaydilar. Ko‘pchilik deganimda o‘zim tegishli bo‘lgan davrani nazarda tutyapman" dedi malika.

Shuncha haqiqat oshkor qilingandan keyin suhbat so‘ngida uning shahzoda bilan ajrashish niyati yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ammo vaziyat hal qilib bo‘lingandi. Qirollik oilasiga nisbatan bunday munosabatda bo‘lishni ona qirolicha kechirmadi. Oradan bir muddat o‘tib uni Elizaveta II huzuriga chaqirdilar, shu tariqa ajrim masalasi hal qilindi. Dianaga 17 million ingliz funti, 700 ming funtlik mulk va Kensington saroyining bir qismi, shuningdek bu yerda vorislarning onasi sifatida yashab qolish imkoniyati berildi.

Diananing xizmatchilaridan biri malika umrining oxiriga qadar intervyuga rozilik bergani uchun afsuslangani haqida aytgan. Aslida, bu yerda boshqa tahmin ham mavjud. Diana arjim qachonlardir sodir bo‘lishi yaxshi bilardi, ammo insonlarga nikohi nima uchun buzilayotganini aniq aytishni ham istagandi. Bu o‘z eri va uning oilasi tomonidan berilgan azoblar uchun olingan qasos ham edi. Ammo ushbu dasturning oqibatlari malika kutganidan og‘irroq bo‘ldi. Dianadan o‘z opalari va ukasi voz kechdilar, sababi ular qirollik oilasida juda yaqin edilar. Keyinchalikni uni buvisi va onasi ham qabul qilmadi. Qarshisida ochiq bo‘lgan eshiklar yopildi, hech kim malikani qo‘llab-quvvatlash evaziga qirolichaning nazaridan qolishni istamasdi. Shu tariqa uning hayoti murakkablashib ketdi.

7-xato. Qaytadan oila qurishga urindi

Diana rasmiy tarzda ajrashguniga qadar pokistonlik jarroh Xasnat Xon bilan uchrashib yurgan va uninga turmushga chiqish fikriga ham kelgan. Ammo Xon malikaning o‘ta kiborli ekanligi, hashamatli hayotni yaxshi ko‘rishi uchun undan uzoqlashgan.

Malika oila qurishga qaror qilgan ikkinchi inson Dodi Al-Fayed bo‘lib, u Dianani sovg‘alarga ko‘mib tashladi.

Dodi Al-Fayed uning orzusidagi inson emasdi, ammo uning ortida katta boylik va hashamatli hayot imkoniyati bo‘lgan, bu esa malikani Qirolicha ta’siridan qutqarish va o‘zi ko‘nikkan hayot sharoitlari bilan ta’minlashi mumkin edi.

Diananing do‘stlari u Dodini sevmagani, ammo oila qurish haqida o‘ylaganini aytadilar. 1997 yilning yoz faslida Diana o‘zi bilan ikki o‘g‘lini olib, Dodi bilan ta’tilga ketadi. Shu tariqa Britaniya gazetalarida Diana, Dodi va uning o‘g‘illari surati berilgan sahifalar paydo bo‘ldi. Di xonim o‘g‘illarini Dodi bilan tanishtirib, ularning iliq munosabatlar o‘rnatishi uchun ham sharoit yaratgan. U oddiy ayollar kabi ikkinchi bor baxt topishga uringandi, ammo shu onlarda ham endi hech qachon oddiy ayol bo‘la olmasligini tushunmasdi. U hamisha toj vorislarining onasi bo‘lib qolaverardi. Charlz bilan ajrashgani esa hech narsani hal qilolmasdi. Qirolicha va saroy ahli vahimaga tushib qolishdi. Ular yosh shahzodalarning Dodi bilan tobora yaqinlashib borayotganlarini qabul qila olmadilar. 1997 yilda Dianani yangi oila qurish istagi bolalar uchun katta xavf sifatida baholandi. Barcha havotir va tashvish ichida yashardi.

Diananing o‘limi kutilmagan halokatmidi yoki uni yo‘ldan olib tashlash uchun uyushtirilgan tomosha, buni hech kim bilmaydi. Ammo tan olish kerakki, uning halok bo‘lishi Britaniya qirollik oilasi holatini saqlab qoldi, taxt vorislari qirolicha nazaridagi "xavfli ona" dan uzoqlashdilar. Balki bu taqdirning o‘ziga hos tanlovi bo‘lgandir? Yo‘qsa, hayotdan baxt topa olmagan Diananing yo‘llari Parij tunnellarining birida tugamas, azoblari ham bitmas edi...

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations