Psixologik test: Ko‘zlaringiz rangi nimadan so‘zlaydi?
 Psixologik test: Ko‘zlaringiz rangi nimadan so‘zlaydi?
Inson qorachiqlari rangi uning fe’l-atvori haqidagi ko‘p narsani aytib berishi mumkin. Buni o‘zingiz ham sinab ko‘ring-a!

Moviy ko‘zlar:

Moviy ko‘zli insonlar tabiatan ta’sirchan bo‘lib, agar sevib qolsalar, muhabbat ularning butun hayollarini egallab oladi. Bundan tashqari ularga yoqmaydigan insonlarni ham aynan shunday kuchli nafrat bilan yomon ko‘radilar. Ammo ular shunchaki salbiy hissiyotlarning o‘zi bilan chegaralanib qolishmaydi va kutilmagan jangovar harakatlarga ham tayyor turashadi.

Ular bahslashishni juda yaxshi ko‘rishadi, bundan zavq olishadi, sababi har jabhada haq ekanliklarini isbotlash ularga uchun lazzat bag‘ishlaydi.

 Odatda moviy ko‘zli insonlar tez hafa bo‘lib qolishadi va birovning oldida o‘zlarini oqlamaydilar. Ularni xafa qila turib, oradan bir necha yillar o‘tgandan keyin ham ana shu so‘zlaringizni yodga olishi mumkinligini unutmaslik kerak. 

Yashil ko‘zli insonlar

Yashil ko‘zli insonlar o‘zlarining qaysarliklari, chidamliligi, barqaror va qat’iy fe’l-atvori, printsipialligi bilan boshqalardan ajralib turishadi. Ular mehnatqilishni yaxshi ko‘rishadi, oldiga bir maqsad qo‘ysa, undan aslo chekinmaydi.

Ular juda yaxshi tashkilotchidirlar, hamisha yetakchi bo‘lish va boshqalarni nazorat qilishga intilishadi. Bundan tashqari boshqalar orasida katta hurmatga sazovor bo‘lishni, eng yaxshi inson deya e’tirof etilishni istashadi.

Haddan tashqari g‘ururli bo‘lgani sabab hiyonatni kechira olishmaydi. Sevgan insonlariga nisbatan katta talablar qo‘yishadi va hamisha mukammallikka intilib yashashadi. 

Sariq ko‘zli insonlar

Ko‘zlari sarg‘ish tusli insonlarni kamdan kam hollarda uchratish mumkin, shu sababli ham ularga nisbatan qiziqarli inson sifatida qaraydilar. Ular odatda katta davralarni va xursandchiliklarni yaxshi ko‘rishadi, boshqalarga nisbatando‘stona munosabatda bo‘lishadi. Sarg‘ish ko‘zli insonlar o‘zlarini namoyish qilish va boshqalarga nisbatan tanqid ko‘zi bilan qarash odatidan xoli bo‘ladilar. Ular uchun hayotdagi eng muhim narsa - himoyalanganlik va oiladagi omaddir, shu sababli ham ular yaqinlari va do‘stlaridan hech qachon ayrilishmaydi. 

Qora ko‘zli insonlar

Qora ko‘zli insonlar hayotda juda faol, hissiyotli va g‘ayratli ekanliklari bilan ajralib turishadi. Ularning jo‘shqin fe’l-atvori bir yerda to‘xtab qolish uchun imkon bermaydi. Bu kabi insonlar hamisha yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun intilib yashashadi. Qora ko‘zli insonlar tug‘ma yetakchi bo‘ladilar.

Ular boshqalarning ko‘ngliga qanday qilib yo‘l topish kerakligini juda yaxshi bilishadi, diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘rishadi va birinchilik tomon intilishadi. 

Kulrang ko‘zlar

Qorachiqlari kulrang tusga ega bo‘lgan insonlar juda aqlli, mulohazali, o‘ychan, mehribon va qiziquvchandirlar. Odatda bu kabi insonlardan buyuk odamlar yetishib chiqadi, mustaqil, o‘ziga ishongan va sabrli ekanligi bois katta yutuqlarga erisha olishadi.

Bu toifa insonlarga har qanday holatda ham ishonish mumkin. Ularning pok vijdonlari samimiy do‘stona aloqalarning bosh mezoniga aylanadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook