Testlar bizning ko’nikmalarimizning rivojlanishi uchun foydalidir, ular sizning shaxsiyatingiz haqida ko’p narsani bildiradi. Test jarayonida ichki sezgirligingiz ham sinaladi.
Ushbu suratga qarang, unda siz ikkita ayolni ko’ryapsiz. Ular bir-birlariga qarab, jim o’tiribdilar, o’rtada esa bolakay o’yinchoq o’ynab o’tiribdi. Sizga oddiy topshiriq: bolaning onasini aniqlang?
Yaxshilab o’ylab ko’ring, tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Javobni bilishga tayyormisiz?
Agar o’ng tarafdagi ayolni tanlagan bo’lsangiz…
Unda siz noto’g’ri xulosa chiqaribsiz, so’ralganlarning 70% i ham shunday javob berdilar. Xulosalaringiz sizning ta’sirli xususiyatlaringiz haqida bildiradi. G’oyalaringiz doimo yangi, original va jalb qiluvchidir. Siz ijodkor insonsiz, tasavvur qilishingiz ham chakki emas.
Siz tinglashni bilasiz, yangi takliflarni berib turasiz. Siz aqlli gaplarni gapirasiz, shuning uchun do’stlaringiz sizga talpinadilar. Tushkunlikka tushganlarga dalda berishni yaxshi bilasiz. Siz ta’sirchan hamsiz, shunga qaramay to’g’ri qarorlar qabul qilasiz. Sizni bemalol mukammal shaxs, deb atash mumkin.
Chap tarafdagi ayolni tanlagan bo’lsangiz…
Tabriklaymiz – sizning sezgirligizgiz a’lo darajada. So’rovdan o’tganlarning 30% gina bu savolga to’g’ri javob bera oldilar.
Sizning tanlovingiz siz haqingizda ko’p narsani aytib beradi. Siz hech qachon taslim bo’lmaysiz, doimo muammoning eng yaxshi yechimini topishga harakat qilasiz, to’siqlardan ham qo’rqmaysiz, chunki ularni yenggan sari tajribangiz ortib boraveradi.
Siz hamma narsada faqat yaxshilikni ko’rasiz, tavakkal qilishdan va o’zgarishlardan cho’chimaysiz. Lekin xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun har bir narsani ipidan-ignasigacha sinchiklab o’rganib chiqasiz.
Siz avval o’ylab, keyin harakat qiladigan insonlar toifasidansiz, birovni hafa qilib qo’yishdan saqlanasiz. Siz tashabbuskorsiz va shu bilan birga talabchandirsiz.
Siz o’z kuchingizga to’gri baho bera olasiz va undan to’g’ri yo’lda foydalana olasiz. Siz yaxshi va sadoqatli do’stsiz, shuning uchun atrofingizdagi birodarlaringiz sizga ishonadilar va sizga suyanadilar.
To’g’ri javob:
Birinchidan, bolalar o’ynaganda asosan onalariga qarab o’tiradilar. Ikkinchidan, ong tarafdagi ayol oyoqlarini stul tagiga buklamasdan o’tiribdi, go’yoki himoyalanayotganday. Ana shu ikkita belgiga e’tibor berib, to’g’ri javobni topish kerak edi.
Сообщения из Facebook