Reklama foydali bo’lgan vaqt
Reklama foydali bo’lgan vaqt
Foyda keltiruvchi reklamadan yaxshiroq va effektiv narsa bo’lmasa kerak.

Zo’rlovchi va janjalga molik reklamaning vaqti allaqachon o’tib bo’lgan. Ziyrak qarorlar va “odamlar uchun” reklamaning vaqti keldi. Chunki bir xil va jonga teguvchi reklama allaqachon hammani charchatdi, va shu uchun, odamlar reklama bilan muomala qilishi kerak, aksincha emas.

Aslida, reklama reklama beruvchiga nafaqat foyda keltirishi, balki, jamiyatga ham foydali bo’lishi kerak, yoki kamida uning oldidan o’tib ketuvchi odam uchun foydali bo’lishi kerak. Va bunday reklama olamdabor. Biz sizga 10 ta eng foydali reklama misollaridan keltiramiz. Brendlar buni e’tiborga olishsin!

IBM aqlli billbordlari

IBM aqlli billbordlari

Oddiy shahar formatidagi ba’zi qiyshiq chiziqlar, va reklama - dam olish uchun skameyka, pandus yoki yomg’irdan asraydigan yopinchiq kabi yangi funksiyalarni o’zida mujassamlashtirdi. IBM tashkilotining “Aqlli shaharlar uchun aqlli g’oyalar” reklama loyihasi butun dunyo bo’yidagi shaharlar unda yashovchilariga qulay bo’lishi uchun yordam beradi.

Havodan suv qiluvchi dunyodagi birinchi billbord

Havodan suv qiluvchi dunyodagi birinchi billbord

Peru poytaxti Lima shahri yog’ingarchilik darajasi past, quruq joyda joylashgan, va havo namligi darajasi 98 %ni tashkil qiladi. Loyiha tashkilotchilari bu joyning mana shu xususiyatidan foydalanishga qarorqilishdi.

Billbord suyuqlikni havodan oladi, uni qayta ishlaydi va toza suvga aylantiradi, va busuv sisternlarda saqlanadi. Ulardagi suv, mahalliy yashovchilar uchun iflos quduqlardagi suv o’rniga kelgan muqobil variantdir.

Loyiha boshlanishidan 3 oy so’ng, billboard 9450 litr suvni jamladi. Har bir qalqon unumdorligi – kuniga 96 litrga yaqin ichimlik suvidir.

Osh bo'lsin!

Osh bo'lsin!

Pruhealth — tibbiy sug’urta borasida xizmat ko’rsatadigan, Buyuk Britaniyalik kompaniya – xalq sog’ligi bilan nafaqat so’z bilan, balki ish bilan g’amxo’rlik qildi. Sug’urtalovchi reklama avtobus oldi bekatlaridagi qurilmalarni dispenserga aylantirdi, va uning ichidan bir daqiqa ichida bir dona apelsin tushib turadi (faqat, tushgan apelsin olinib bo’lgan bo’lsa)

Har bir mevaga sog’likni tekshirish uchun taklifnoma biriktirilgan reklama qog’ozi yopishtirilgan.

Zaryadlan

Zaryadlan

Vitaminwater reklamasidan avtobus bekatida smartfon yoki boshqa qurilmani zaryadlash mumkin. Ajralmas USB portly bekatlar Boston, Chikago va Los-Andjelesda joylashgan. 

Isinib ol

Isinib ol

Caribou Coffee bekati mikroto’lqinli pech sifatida bezalgan bo’lib, yo’lovchilarni transportni kutish paytida isitadi. Qurilmaning ustki devoridagi isituvchi vosita haqiqiy issiqlikni beradi.

Paket kerakmi?

Paket kerakmi?

Menyudagi «Big‘N’Juicy» nomli eng katta gamburgerni tasvirlash uchun, McDonald’s Stokgolmda barcha xohlovchilarga katta qog’oz paketlarni tarqatardi.

O’z vazningni bil

O’z vazningni bil

Amsterdamdagi avtobus bekatlarida o’tirg’ichga tarozi biriktirib qo’yilgan elektron tablo osilgan. Avtobusni kutish uchun o’tirgan yo’lovchi o’z vaznini ko’rib, kreativchilarnidarhol reklama qilinayotgan fitness-klubga borishga undashi kerak.

Plyajda badantarbiya

Plyajda badantarbiya

Quyosh ko’p va odamlar juda ko’p vaqtlarini plyajda o’tkazadigan Braziliyada, Nivea odamlarga nafaqat zagarga qarshi kremdan foydalanishni, balki, o’z mobil telefonlarini jurnaldagi kremning modul reklamasiga o’rnatilgan quyosh batareyalari orqali zaryadlashni taklif qildi.

Foydali axlat

Foydali axlat

23 fevralga sovg’a qilingan g’alati krujka, yoki bir necha yildan beri yuqori tortmalarda changlanib yotgan mikser, yoki hatto sizning bolangiz o’sib katta bo’lgan qishki oyoq kiyimi bo’lmasin, har bir odamda bunday kerak bo’lmagan, ammo tashlash achinarli bo'lgan narsalar bor. Ular yaxshi ahvolda yoki yangi ham bo’lishi mumkin. Axlatxonaga tashlash uchun hali barvaqt, va ular kimgadir kerak bo’lib qolishi mumkin.

Geodzak axlat paketlari keragi yo’q narsalarni muhtoj odamlarga yetkazishni yengillashtirish uchun yaratilgan. Ularning ichiga siz tashashni xohlamayotgan va tekinga berishga rozi bo’lgan narsalarni qo’yish, va oddiy axlat paketlari bilan birga chiqarish kifoya, xolos.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook