просмотров
Xurram xonimning beshta ismi
Muqaddas Rim imperiyasining Istambuldagi elchisi o’zining “Turk yozishmalari” nomli kitobida Sulaymon shohning qudratli rafiqasi haqida yozar ekan, uni kitobxonga Roksolana deb tanishtirgan, shu bo’yi Xurram xonim Yevropada Roksalana nomi bilan mashhur bo’lan. Aslida turklar bu nomni slavyan-kanizaklarga berishar edi. Hattoki o’sha davrdagi Usmoniylar imperiyasining haritasida Sharqiy Yevropa – Roksolaniya deb atalar edi.Xurram xonimning kelib chiqishi ham serialda biroz o’zgartirilib ko’rsatilgan. Aslida u Polsha yoki Ukrainada tug’ilgan. Cho’qintirilayotganda unga Anastasiya yoki Aleksandra, deb ism qo’yilgan. Uning otasi ruhoniy bo’lganligini o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Familiyasiga to’xtaladigan bo’lsak, uni XIX asr romanchilari huddi biografiyasining ba’zi qismlari kabi o’ylab topganlar – Anastasiya (yoki Aleksandra) Gavrilovna Lisovskaya sohta familiyadir.
Xurram “qonxo’r sulton xonim” bo’lgani rostmi?
“Muhtasham yuz yil” serialining qahramoni Xurram xonimning davlat ishlariga aralashishdan maqsad – o’zining va farzandlarining hayotini saqlab qolish bo’lgan. Buning uchun u makkorligini ishga solib, sultonga bir vazirni yaqinlashtirib, ikkinchisini uzoqlashtirgan, o’zi bilan til topisha olmagan amaldorlarni o’ldirtirib yuborgan, ba’zan murakkab, ba’zan esa oddiy fitnalar to’qigan.Tarixda saqlanib qolgan Xurramning xatlaridan esa uning aqlli, davlat miqyosidagi puxta bilimga ega ekanligi va dunyoqarashining kengligini ko’rish mumkin. Agar Sulaymon shoh uning maslahatlariga quloq solgan bo’lsa, bu sulton xonimning makkorligini emas, oqila ayol bo’lganligini bildiradi.
Ha, sulton xonim haqiqatdan ham davlatning boshqaruv ishlariga aralashar edi, devondagi vazirlar kengashiga ta’sir o’tkazar edi, tashqi siyosat bilan qiziqar va hattoki chet ellik elchilarni “ochiq yuz” bilan qabul qilar edi – bu ma’lumotlarni o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Xurram xayriya ishlari bilan shug’ullanar, karvonsaroy va masjidlar qurilishiga pul ajratar edi. “Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton xonimning yovuz siyosiy o’yinlari film syujetini boyitish hamda tomoshabinni jalb qilish uchun bo’rttirib ko’rsatilgan.
Сообщения из Facebook