просмотров
Taniqli shef-povarlar va tajribali oshpazlar mikroto’lqinli pechlarga, to’g’risini aytganda, qat’iy bepisandlik munosabatida bo’ladilar. Bunga qaramay bu jihoz deyarli barcha uylarda bor bo’lib, minglab odamlar undan aktiv foydalanadilar.
Odatda SVCH-pechni faqatgina ovqatlarni isitish uchun qo’llashadi. Bunda mikroto’lqinli pechdan foydalanish tugamasligi haqida sizni ishontirmoqqa shoshilamiz! Biz oshxonada bu agregantni 10 hil nostandart usullarda qo’llashni taqdim etamiz.
Sarimsoq piyozni tez tozalash
Tozalanmagan sarimsoq piyozning tishchalarini 15 soniyaga (to’la qivvat holatida) mikroto’lqinli pechga joylashtiring. Bundan so’ng po’choq, huddi ertaklardagidek, yechilib, siz uni qo’lda tozalab olishimgiz mumkin bo’ladi.
Suvi qochgan nonni saqlab qolish
Suvi qochgan nonni, sal pal namlangan salfetkaga o’rang, 20 soniyaga mikroto’lqinli pechga joylashtiring. Non yana yumshoq bo’lib qolib, bunda haddan tashqari namlanib ham ketmaydi.
Sharbatni tez siqib olish
Sharbat qilishda foydalanmoqchi bo’lgan mevalaringizni, ular ko’proq miqdorda suyuqlik chiqarishlari uchun, atigi 10 soniya mikroto’lqinli pechda ushlab turing.
Yong’oqlardan gazak
Tovaga yong’oqlarni soling. Ularga zaytun yog’idan bir juft tomchi qo’shib, mikro to’lqinli pechga bir daqiqaga joylashtiring. Yong’oqlar o’z iforini yanada ko’proq taratadilar.
Shakarni yumshatish
Saqlash jarayonida bir bo’lak bo’lib, yopishib qolgan shakarni, uni mikro to’lqinli pechga 25 soniyaga, namlangan sochiq bilan yopib, joylashtirsa, boshlang’ich holatiga keltirish mumkin.
Xamirni oshirish
Drojjali xamir yaxshilab ko’tarilishi uchun bir necha soat kutish kerak bo’ladi. Mikro to’lqinli pech yordamida bu jarayonni tezlashtirish mumkin! Xamir solingan idishni sochiq bilan yopib, u bir stakan suv bilan birga mikro to’lqinli pechga joylashtiring. Jihozni, quvvatini kichik miqdorga qo’yib, 3 daqiqaga yoqing. So’ngra, xamirni 3 daqiqa mobaynida tindirishga qoldiring va uni yana 3 daqiqa davomida isiting. Keyin uni 6 daqiqaga tindirib qo’ying. Xamir kamida 2 barobar ko’tariladi.
Sabzavotlarni tozalash
Qattiq terili sabzavotlar (qovoq, baqlajon hamda pomidorlar) ni, ularni bir necha daqiqa mikro to’lqinli pechda ushlab turib, keyin tozalasa, ancha onson tozalanadi.
Piyozni ko’z yoshlarsiz to’g’rash
Piyoz tog’rash jarayonidagi ko’z yoshlar muammosini 30 soniya ichida hal qilish mumkin! Aynan shuncha vaqt piyozni, to’g’rashdan oldin, mikro to’lqinli pechda ushlab turish kerak bo’ladi.
Qarsildoq bekon tayyorlash
Likopchaga qog’oz sochiq to’shang, ustidan bir qavat bekon bo’laklarini terib chiqing, ustidan ikkiknchi qavat qog’oz sochiq yoping va pechga qo’ying. Tayyorlanish vaqti bekon bo’laklarining qalinligiga bog’liq bo’ladi.
Dukkaklilarni ivitib qo’yish
Endi fasol, no’xatlarni tayyorlashdan oldi kechasi bilan ivitib qo’yishning keragi yo’q. Dukkalilar ustiga suv quyuib, mikro to’lqinli pechda 10 daqiqaga, o’rta quvvatga o’rnatib, ushlab turish va so’ngra, bir soat tindirib qo’yishning o’zi etarli.
Сообщения из Facebook