просмотров
Bu zamonaviy kosmetik xizmatlar ichidan eng aql bovar qilmaydigan va paradoksallarini topdik. Ba’zilaridan esa etingiz junjikib ketadi…
Olovli yoshartirish
Hitoyda shunday muolaja ommalashgan: yuz maxsus dorivor o’tlar ekstraktlari eritmasida namlangan, maska yoki salfetka bilan qoplanadi, so’ngra buni hammasi yondiriladi va bir daqiqa davomida yonadi. Aytishlaricha, bundan so’ng, teri sezilarli tortiladi.
Shuningdek bu muolaja tanani boshqa qismlarida ham o’tkazilishi mumkin.
Ilonli massaj
Bu erda hammasi oddiy: odamga turli o’lchamdagi ilonlar qo’yiladi va ma’lum bir vaqt ular sudraladi. Bunday massaj muskullarga yaxshi ta’sir qiladi, undan so’ng kuch tiklanishini sezasiz. Aytganday, bu adrenalinni ishlab chiqarilishi bilan bog’liq bo’lsa kerak. Filipinni zooparklaridan biri, barcha hohlovchilarga ulkan pitonlar bilan massajni taklif qilmoqda. Shunday vaqt bo’lganki, hizmatni ko’rsatishmagan, lekin tashrif buyuruvchilar uni qaytarishni iltimos qilishgan.
«Vampirli» yosharish
Bu muolaja Vampire Facial deb nomlanadi. Uning mazmuni shundaki, bemordan qon olinadi, tsentrifugallanadi, ma’lum bir shaklli elementlardan halos bo’lish uchun, va kontur plastik vositalariga qo’shiladi.
Bu aralashmani yuzga teshib kirgizadi yoki teri ostiga lazer, ultratovush yordamida “kiritadi”.
Aytishlaricha, muolaja to’qimalar regeneratsiyasiga va kollagen ajralishiga yordam beradi.
Sochlar uchun olovli miolajalar
Candle cutting, yoki sham yordamida sochlarni to’g’rilash, - sinayotgan sochlar uchidan qutilish yo’lidan biri. Usta sochlarni ingichka taramini oladi, bovliqga o’raydi va uni yonidan olov o’tkazadi. Shunda sinayotgan sochlarni uchi yonib ketadi, sochlar esa butun qoladi.
Oltin niqob
Niqob to’g’ri ma’noda oltin: teriga zarvarak oltinni yupqa varoqlari qo’yiladi. Bu metal terini ionlar bilan to’yintiradi, bu esa mikrotsirkulyatsiyani yahshilaydi va kollagen sintezini tezlashtiradi.
Oltin kimyoviy reaktsiyaga kirishishi uchun, teriga muolaja oldidan poliglutamin kislotali modda bilan ishlov berishadi. Albatta, bu muolaja oddiy odamlar uchun juda qimmat.
Asalari zahri
Hali Gippokrat ham asalari chaqishini organizmga foydasi haqida gapirgan edi (o’rtacha miqdorda). Zahar tomirlarni o’tkazuvchanligini oshiradi va modda almashinuvini qo’zg’atadi. Ayrim ayollar (shu qatori Gvinet Peltrou) asalarini yuziga chaqishdagi og’riqqa ham chidashga rozi, yoshlikni uzaytirish uchun. Sal ehtoyotko’r yo’li ham bor: teriga asalari zahrili krem surtiladi, bunda organizm asalari chaqdi deb hisoblaydi.
Yuz uchun shilliq qurtlar
Hammasi shundan boshlanganki, olimlar shilliq qurtlarni shilimshig’i, yaralarni bitishiga yordam berishiga e’tibor berishgan. Shunday qilib uni regenerativ hususiyatlari ochilgan.
Ko’pchilik yuz uchun shilliq qurtni shilimshig’li kremlar haqida eshitgan bo’lsa kerak. Ba’zilari esa hech qanday qiyinchiliksiz shunchaki shilliq qurtlarini yuziga qo’yadi. Natijada mayda ajinlar tekkislanadi, teri esa tozalanadi.
Kaktuslar bilan massaj
Bunday massaj muvvafaqiyatlidir, albatta Meksikada. U shundan iboratki, odamga qizdirilgan opuntsiy kaktuslari qo’yiladi. Massaj oldidan teri tekilla, vulqonli kul va asal aralashmasi bilan qoplanadi. Massaj tonusni yahshilaydi va terini yumshatadi. Aytganday, o’hshash o’simlik – aloeni davolovchi hususiyatlari haqida eslasa, kaktus bilan massaj qilish mantiqli bo’lib ko’rinadi.
Bulbul tezagidan niqob
Bu niqob yuz yil yoshda, uni yapon geyshalari qilgan, grimdan so’ng terini tiklash kerak bo’lganida. Bulbulni ma’lum bir tiruni tezagini bo’lishi muhim ekan, faqat Kyusyu orolida yashovchilari. Faqat meva va urug’lar bilan boqiladigan yosh kushlar to’g’ri kelar ekan.
Bunday muolaja terini oqartiradi, tinchlantiradi va chandiqlarni yo’qotadi. Aytishlaricha “bulbul niqoblari”ni Viktoriya Bekhem va Tom Kruz qo’llashadi.
Bonus: pivoli spa
Chehiyada pivodan vanna qabul qilishni, tavsiya etadigan bir nechta joy bor. Lekin buni ko’ngil ochar tadbir deb o’ylamang: bunday muolajalar butun organizm regeneratsiyasiga ta’sir qiladi, B vitamin va pivoli hamirturushlar yordamida terini yumshatadi.
Bejizga pivoni ishlab chiqarishida ishlayotgan ayollar e’tibor qilishmagan, og’ir mehnatga qaramasdan, qo’llari mayin bo’lib qolgan.
Bunday byuti-muolajadan ko’pchilik erkakalar aniq bosh tortishmasa kerak!
Сообщения из Facebook