Amerika pop-qiroli Michael Jackson hayotidan qisqacha ma'lumot
Amerika pop-qiroli Michael Jackson hayotidan qisqacha ma'lumot
Amerika pop-qiroli Michael Jackson 1958 yilda 29 avgusda tug'ilgan, uning to'liq ismi "Michael Joseph Jackson", u kichkinaligidan akalari bilan qo'shiqlar aytgan va shunga o'hshash ma'lumotlarni bilasiz lekin uning hayotida biz ko'pchiligimiz bilmagan ma'lumotlarni shu yerdan bilib olishingiz mumkin...

Michael Jackson nafaqat Amerika balki haqiqatdan ham butun dunyoga tanilgan pop-qiroli va R&B qo'shiqchisi bo'lishga ulgurgan, u nafaqat qo'shiqchi balki u yana o'z stiliga ega shaxs, kompozitor, glayd va turli pop-musiqasiga yarashgan raqslar xareogrefi bo'lgan. 

Oilasi

Oilasi

Michael Jackson akalari bilan birga "Jeckson-5" guruhi bo'lgan edi, lekin Maykl bundanda ko'prog'ini xohishi qiynagani sababli akalaridan ajralib o'z musiqa oqimini tanladi va uning musiqaga bo'lgan ishtiyoqlari qalbidan toshib chiqib bundanda ko'proq, murakkab va qalblarni jalb qiladigan ko'rinishlarni xohlar edi. Uning singli Jannet Jackson Mayklni juda yaxshi ko'rgani sababli unga o'z g'oyalarini qo'shib akasini qo'llab turar edi. Menimcha Mayklning ota-onasi undan juda hursand bo'lishga, hattoki bir muhim konsertlardan birida Maykl onasini sahnaga chaqirgan edi, lekin uning onasi hursandchilikdan ko'zlari yoshga to'lib ketgani sababli chiqa olmadi, shunda Mayklning qalbida katta ilig'lik paydo bo'ldi.

Michael Jackson aslida nima uchun tana rangini o'zgartirgani haqida...

Michael Jackson aslida nima uchun tana rangini o'zgartirgani haqida...

Barchamiz doyim o'ylaganmiz Amerika pop-qiroli Michael Jackson nima uchun o'z tana rangini o'zgartirgan? Ba'zilar "Uni pullari ko'payib ketgani uchun", "O'z rangi yoqmagani uchun" deb o'ylashardi, ba'zilar esa "U oilasidan ajralib mutlaqo boshqacha bo'lish uchun" deb o'ylashgan... 

Aslida bunday emas, Michael Jacksonga naslidan o'tgan "Vitiligo" - (tana rangining pigmentlari buzulishi)", va yuzida paydo bo'lgan "Qizil volchanka tizimi" kasalligi tufayli bo'lgan. Kasallik bo'shlanishida Maykl sahnaga chiqishdan oldin u tanasidagi paydo bo'lgan oq dog'larni jigarrang bo'yoqlar bilan berkitar edi, lekin vaqti bilan bu kasallik rivojlanib dog'lar kattalashishni boshlanganida, u oq rangdagi tanani bo'yashdan ko'ra, qolib ketgan qora rangdagi tanani oq rangga plastik operatsiyasi yordamida o'zgartirishga qaror qildi. 

Vitiligo kasalligi

Vitiligo kasalligi

Bu kasallik ba'zida nasldan naslga o'tadi, ba'zida esa bu tanadagi pigmentlar qandaydir sabablarga ko'ra paydo bo'lishi mumkin...Haqiqat shundaki Maykl tana rangini umuman o'zgartirishni istamagan, va bunday kasallikga duch kelganidan asabiylashardi, lekin bu kasalligi kuchayib ketganidan uni deyarli o'z rangi yoqolib faqat qora dog'lar qolgan edi. U asta sekinlik bilan boshqa odamga aylanayotganini sezgan.

Qizil volochanka tizimi

Qizil volochanka tizimi

Yuzlar qizarib turishi chiroyli albatta lekin haddan tashqari qib-qizil yuzlar g'alati albatta, va bunday taniqli, mashxur butun dunyoda taniqli yulduz  pop-qiroli uchun bunday tashqi ko'rinish yarashmaydi, lekin u qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar u ko'pchilikni qalbidan katta joy egallagan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook