4,979
просмотров
просмотров
Yaqinda Xitoyda ekspluatatsiya uchun yangi poezd ishga tushirildi, va bizning yurtdoshlarimizga, uning platskart vagonlarida minib boradigan yo’lovchilariga havas qilish qoldi, xolos. Qulay yotoqlar, belgilangan shaxsiy maydon va asosiysi, vagon bo’ylab harakatlanganda bir yo’lovchilar boshqa yo’lovchilarning oyoqlariga tegib o’tishmaydi.
Xitoyda yangi uzoq masofaga yuradigan tungi poezdni ishga tushirishdi.
"Pekin-Shanxay” marshruti bo’yicha haydaydigan tungi poezd.
Yaqinda “Shanxay temir yo’llarining” boshqarmasi “Pekin-Shanxay” marshruti bo’yicha harakatlanadigan, baland tezlikdagi tungi poezdni ekspluatatsiyaga tushirish haqida rasman e’lon qildi. Xitoyning yirik maydonini inobatga olgan holda, u yerda uzoq masofali reyslar yo’lga qo’yilishi juda zarur edi. Ikki megapolislar orasidagi baland tezlikli magistral (BTM) ning uzunligi 1318 kilometrni tashkil qiladi, yangi poezdda yetib olish vaqti esa 12 soatdan iborat.
Xitoy poezdidagi platskart joyi.
Ushbu poezd tashkiliy qismi o’lchamlari ozgina o’zgarishlarga duch keldi, asosan, vagonlar balandligi uzaytirildi va yo’lovchilar uchun yotoq joylari ham ancha zamonaviy ko’rinishga ega bo’ldi. Rossiyadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari allaqachon ushbu vagonlarni “platskarta” deb atashga ulgurishdi, ammo bu poezd avvalgi poezdlardan ancha qulayroqdir.
Xitoy poezdidagi barcha yotoqlar poezd harakati bo’ylab ikki tomonlama joylashtirilgan.
Platskart joyi.
Va chindan ham, yotoqlarning odatiy ko’ndalang joylashuviga nisbatan, bu poezdda barcha yotoqlar poezd harakati bo’ylab, ya’ni yo’g’ri joylashgan. Har bir yo’lovchida o’zi uchun belgilanib qo’yilgan maxsus joyi bor: yarusga qaramasdan, unda alohida derazacha, boshqariladigan ortopedik yotoq, stolcha, yoritgich va zaryadlash uchun rozetka ham bor. Biroq eng qulay tomoni, xohish bo’yicha xohlagan yo’lovchi arofdagi qo’shnilarning nigohlaridan o’zini qalin parda bilan berkitishi mumkin.
O’z joyingizni parda bilan yopishingiz mumkin.
Vagon old tomonidagi yuz-qo’l yuvish joyi.
Yangi, uzoq masofaga yuruvchi poezdning hajmi oddiy yo’lovchilar soni hajmiga nisbatan 37%ga oshirilgan. O’rinlar soni - 880 ta. Ushbu harakatchan tuzilmaning dasturchilari tebranishni kamaytirishdi va shovqin kamaytirish tizimini optimallashtirishdi. Ular ta’kidlashlaricha, ushbu harakatlanadigan transportdan chiqadigan shovqin, trassadagi avtomashina shovqinidan ortiq emas. Poezd faqat tunda harakatlanishi sababli, uning tezligi 250 km/soatgacha pasaytirildi.
“Pekin-Shanxay” marshruti bo’ylab harakatlanadigan tungi poezd.
“Pekin-Shanxay” marshruti bo’ylab harakatlanadigan tungi poezd.
Сообщения из Facebook