просмотров
1.SwissMiniGun to’pponchasi
SwissMiniGun oddiy kalit kattaligida bo’lib, mitti o’qlar bilan ota oladi. To’pponchadan o’qlar 430 km/soat tezlik bilan chiqib, odamni bemalol o’ldira oladi.
2.Peel 50 avtomobili
Peel 50 avtomobili dunyodagi eng kichik mashina bo’lib, og’irligi 69 kg ni tashkil qiladi. Ushbu avtomobil uch oyoqli bo’lib, 16km/soat tezlikda harakatlana oladi.
3.Kalou maktabi
YUNESKO Kalou maktabini eng kichik ta’lim dargohi deb tan oldi. Unda bor yo’g’i uch nafar o’quvchi ta’lim oladi va muallim vazifasida ishlayotgan sobiq askar Abdul Muhammad Sheroniy tomonidan dars beriladi.
4. 1,4 grammli choynak
Bu choynak hunarmand Vu Ruishen tomonidan yasalgan bo’lib, og’irligi bor-yo’g’i 1,4 grammni tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan bu mitti choynakda choy damlash mumkin.
5.Sark qamoqxonasi
Sark qamoqxonasi 1856 yilda Normandiya orollarida qurilgan. Unda bor-yo’g’I ikki nafar maxbus uchun joy bo’lgan va ular juda qisilib yashashgan.
6. Tumbleweed
Tumbleweed nomli bu uy San-Fransiskolik Djey Shafer tomonidan qurilgan bo’lib, maydoni 9 kv metrdan iborat. Bu ba’zilarning shkafidan ham kichkina maydondir. Lekin shunga qaramay bu uyda ish joyi, uxlash xonasi, dushli vannaxona va xojatxona bor.
7.Mills End Park
Mills End Park Portlend shahrida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng kichik bog’ hisoblanadi. Uning diametri bor-yo’g’I 60 smni tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay bog’da kapalaklar uchun suzish havzasi, mittigina charxpalak hamda jajji haykallar mavjud.
8. Edvard Ninyo Ernandes
Kolumbiyalik Edvard Ninyo Ernandesning bo’yi bor-yo’g’i 68 sm dan iborat. Ginnessning rekordlar kitobi uni dunyodagi eng kichik odam deb tan oldi.
9.Telefon budkasidagi politsiya mahkamasi
Ha, telefon budkasidagi politsiya mahkamasi haqiqiydir va faoliyat ko’rsatadi. U Florida shtatining Karabella shaharchasida joylashgandir.
10.Uillard Uigan haykali
Britaniyalik haykaltarosh Uillard Uigan disleksiyadan (yaxshi mutolaa qila olmaslik va yoza olmaslik kasali) aziyat chekkan va maktabda doimo o’qishda orqada qolgan. Vaziyatdan kelib chiqib, u o’ziga ermak topgan, ya’ni mitti san’at asarlarini yaratish bilan shug’ullangan. Uning haykalchalarini ko’z bilan zo’rg’a ko’rish mumkin.
11.Mucoplazma Genitalium bakteriyasi
Mucoplazma Genitalium parazitar bakteriyasi sut emizuvchilarning jinsiy a’zolari hamda nafas yo’llarida yashaydi. Olimlar bu bakteriyani o’sishga hamda ko’payishga qodir bo’lgan eng kichik organism deb hisoblaydilar.
12.Cho’chqa sirkovirusi
Mikrobiologlar orasida nimani “tirik” deb hisoblash mumkinligi bo’yicha hanuzgacha baxslar tugamagan. Ularning ko’pchiligi virusni tirik organism deb hisoblamaydilar, biroq shunga qaramay u istalgan bakteriyadan ham kichik. Eng mitti virus esa, bir zanjirli DNK virusi bo’lib, cho’chqa sirkovirusi deb ataladi. Uningt hajmi bor-yo’g’I 17 nanometrdir.
13.Amyoba
Ko’z ilg’ay oladigan eng kichik obyektning hajmi taxminan 1 millimetrni tashkil qiladi. Bu aniq sharoitda amebani,infuzoriya-tufelka va hattoki insonning tuxum hujayrasini ham ko’rish mumkin degani.
14.Kvarklar, leptonlar va antimoddalar
Oxirgi yillarda olimlar bo’shliq kengligi va uni tashkil qiluvchi mikroskopik “qurilish bloklari” tushunchasida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ish olamdagi ko’z ko’ra oladigan eng mayda narsani aniqalashga yetib kelganda, odamlar qiyinchilikka duch keldilar. Biroz muddat buni atom deb o’yladilar. Keyin olimlar proton, neytron, va elektronlarni aniqladilar.
Biroq shu bilan ish tugamadi. Bugungi kunda hammaga ma’lumki, bu moddalar Katta adron kollayderida bir-birlari bilan to’qnashganlarida, kvarklar, leptonlar va hattoki antimoddalar kabi bundan ham mayda qismlarga bo’linadilar. Barcha muammo shundaki, bularning qay biri eng kichikligini aniqlashning imkoni yo’q. Chunki kvant darajasida ularning hajmini yo’q yoki manfiy og’irlikka egadirlar.
15. Tebranuvchi subatom zarralarning torlari
Kvant darajasida hajm tushunchasi mavjud emasligini hisobga olib, similar nazariyasini esga olish kifoya. Bu nazariya barcha subatom zarralar og’irlik va energiyaga ta’sir qiluvchi tebranuvchi torlardan iborat degan taxminni ilgari suradi. Shunday qilib, bu torlar texnik jihatdan jismoniy hajmga ega emasligidan kelib chiqib, ular olamdagi “eng kichik” obyektlar” den hisoblash mumkin.
Сообщения из Facebook