Barchamiz hazillarni yaxshi ko’ramiz, albatta, bizning ustimizdan kulmayotgan bo’lishsa. Ushbu maqolada so’z boradigan hazillarga ishonmaslik juda qiyin bo’lgan.
Jdbgmgr.exe
2002 yilda odamlar elektron manzillariga kompyuterlaridagi jdbmgr.exe faylini o’chirishlari kerakligi, bu OS ga zarar ko’rsatadigan virus ekanligi va antivirus dasturlarni bunday faylni aniqlay olmasliklari haqida yozilgan edi. Biroq antiviruslar bu faylni aniqlay olmasligining asli sababi bu Microsoft Windows foydalanadigan Sistema fayli bo’lgan. Ushbu faylni o’chirgandan so’ng esa, operatsion Sistema ishida ko’plab nosozliklar kelib chiqqan.
Uchar pingvinlar
2008 yilning 1 aprelida Bi-bi-si Antarktida yashovchi, oldin ma’lum bo’lmagan pingvinlar haqida film ko’rsatgan. Uning muhbiri xatto ushbu “uchar pingvinlar” orasida yurgan va o’z kozi bilan ularning tropik Amazonkaga uchib ketganini ko’rgan.
Digidrogena monooksid (DNMO)
Albatta, siz bu axir oddiy suv deb o’ylaysiz. Tog’ri bu suv. Biroq ko’pchilikka suvning bunday nomi ma’lum emas. 1990 yilda 14 yoshli o’quvchi omma orasida ilmiy savod yo'qligini isbotlash uchun, digidrogen monooksidning ta’qiqlash kompaniyasini boshlagan. Bugun DNMOning xavfi tog’risidagi hazilni internetda ham ko’rishingiz mumkin. Ayniqsa, digidrogen monooksidini ichgan odam 100% o’lishi haqidagai ogohlantirishlar juda mashxur.
Bananadin
Bu banandan tayyorlanadigan psixotrop preparat deb e’lon qilingan. Uning ta’siri opium ta’siriga o’xshab ketadi, uning retsepti esa birinchi bor 1967 yil “Berkli Barb” jurnalida chop etilgan. Aslida esa bu hazil edi, biroq ko’pchilik bunga ishongan.
Aqlli Gans
Vilgelm Fon Osten, nemis matematigi, hayvonlar aqlli ekanligini isbotlamoqchi bo’lgan. 1990 yillar boshida u Gans ismli otni hisoblashga o’rgatgan. Odamlar lol qolgan. Gans taqasini urib deyarli barcha matematik misollarga javob topgan. Otni xattoki “Aqlli Gans” deb nomlashgan. Biroq oxir oqibat psixologlar haqiqatni aniqlashdi. Vilgelm otga yuz mimika harakatlari orqali javoblarni aytib bergan. Eng qizig’i u buni ataylab qilmagan. Vilgelm otining siri fosh qilinganiga ishonmasada, hozirda bizda “Aqlli Gans effekti” degan fenomen bor.
Skvader
Ushbu qanotli quyon, aytishlaricha Shvetsiyadan. O’ylab topilgan bu mavjudot aslida Rudolf Granberg ismli taksidermist tomonidan hazil sifatida yaratilgan va hozirda Sundsvall shahrining muzeyida, doimiy eksponat sifatida saqlanadi.
Bonsai mushuklari
Qisqasini aytganda, shunday sayt bo’lgan, unda mushukchalarni shishali bankada yoki butilkada o’stirish haqida yo'riqnomalar berilgan, shu bilan birga kerak bo’ladigan moslamalar va idishlar ham sotilgan. Aytilishicha, bunday usulda o’stirilgan hayvonlar o’ta g’aroyib ko’rinishga ega. Odamlar bundan juda g’azablangan. Keyin aniqlanishicha, bu shunchaki hazil bo’lgan.
Spagetti daraxti
1957 yilning 1 aprelida Bi-bisi o’zining tomoshabinlariga spagettini daraxtda yetishtiradigan shveysariyaning kichik shaharchasi haqida gapirib bergan. Tez orada odamlar qo’ng’iroq qilib, o’zlari shunday daraxtni qanday yetishtirishlari mumkinligi haqida qiziqib so’rashgan.
Masked Marauders
1969 yilda Rolling Stone jurnalining redaktori Greyl Markus, Masked Marauders gruppasining albomiga retsenziya yozgan. Ushbu guruhning yulduzli safiga Mik Jagger, Jon Lenon, Bob Dilan va Pol Makkartni kirgan. Greylga bunday guruhlarning mashxurligi yoqmas edi, shuning uchun u maqolani chiqarganda, odamlar buni parodiya deb qabul qiladi deb o’ylagan. Biroq o’quvchilar ishonib, guruhning albomini sotib olishni xohlashgan.
Oy yakkashoxlari
1832 yilda Nyu-Yorkning The Sun gazetasi, astronomlar oyda yakkashoxlarni topishganligi haqida sensatsion maqola chop etdi. Ajablanarlisi shundaki, odamlar shunga ham ishonishdi.
Dunyolar jangi
Tarixdagi eng mashxur hazil 1938 yilda sodir bo’lgan. Orson Uelss G.Uellsning “Dunyolar jangi” romanini radio orqali qo’yib eshittirgan. Radio tinglovchilarning juda ko’p qismi rostdan ham Marsliklar Yerga bostirib kirdi deb o’ylagan, va odamlar orasida taxlika boshlangan
Donor Shou
2007 yilda Big Donor Shou golland televideniyasida namoyish qilingan. Unda tuzalmas kasallikka chalingan ayol, 25 kishidan birini o’z buyragini berishga tanlashi kerak edi. Shou haqiqiy protestlar to’lqiniga sabab bo’ldi. Uni etikaga zid va vahshiy deb atashdi. Shunda televideniya ishchilari, bu shunchaki yolg’onligini aytishdi. “Kasal” ayol aslida aktrisa bo’lgan. Biroq qatnashchilarga rostdan ham buyrak kerak bo’lgan va ular ushbu donor yetishmaslik muammosiga odamlar e’tiborini qaratish uchun shouda qatnashishga rozilik bergan. Yaxshilikni ko’zlagan yolg’on!
Hidvideniye
1965 yil hazil kunida Bi-bi-si Smelovision – yangi texnologiyasini tajribadan o’tqazdi. Endi istalgan uy televizoriga studiyadan hidlarni yuborish mumkin edi. Sodda odamlarning ko’pchiligi bunday hazilga ishonib, studiyaga qo’ng’iroq qilib, rostdan ham hidni sezganliklarini tasdiqlagan.
Сообщения из Facebook