Maktab – innovatsiyalar kiritilishi shart bo’lgan joylardan biridir. Zamon bir joyda turmaydi, bolalarda borgan sari o’qishga mehr uyg’otish qiyinlashmoqda. Biroq, bunday innovatsiyalar bilan bu ishni amalga oshirish haqiqatga yaqindir.
Batut
Stokgolmning Vittra Telefonplan maktabidagi batutli o’yin maydoni. Bu yerda giperaktiv bolalar o’ynashlari va faol dam olishlari mumkin.
Ozodlik hisi
Original dizayn, devorsiz ochiq xona va partalarning noodatiy joylashuvi, yoqimli va yengil atmmosfera uyg’otadi.
Ochiq muhit
Vittra Telefonplan maktabidagi ichki muhitning noodatiy dizayni – devorlar va sinfxonalar yo’q, turli zonalar esa original dizaynga ega yupqa to’siqchalar bilan ajratilgan.
O’yin mebeli
Yorqin futuristik mebel, o’quvchilar ushbu interyerdan o’yin inventari sifatida foydalanishlari mumkin. Maktabda yoqimliroq va qiziqroq!
Futuristik sinflar
Kiyevdagi dars xonalarining yorqin va zamonaviy interyer maktab o’quvchilari va o’qituvchilarida yaxshi kayfiyat uyg’otadi. Boshqa maktablardagi oddiy o’quv xonalariga umuman o’xshamaydi.
Sport zal
Original qoplamali devor va pol, eng yangi sport inventarlari va moslamalari bilan jihozlangan, zamonaviy dizaynli sport zal, barcha yoshdagi o’quvchilarga yoqishi turgan gap. Bu albatta sport bilan shug’ullanishga ilhomlantiradi.
Oyna ortida
Kopengagenda katta bo’lmagan gimnaziya, tashqaridan oynali kubga o’xshaydi, ichida esa ko’p qavatli devorsiz muhit, yog’och to’siqlar yordamida orolchalar va zonalarga ajratilgan futuristik konstruksiya. Bunday erksevar dizayn maktab siyosatiga o’ta mos: bu yerda o’quvchilar mustaqil ravishda o’quv guruhlarini va ilmiy tadqiqotlar uchun va haqiqiy hayotiy masalalar yechimini topish uchun vaqtinchalik sinflarni shakllantiradi.
Ofis
Aykene (AQSh) dagi kichik bir maktabda, ish joyi ko’plab alohida xonalarga past to’siqlar bilan bo’lingan. Har bir o’quvchi o’z kompyuteri va o’qishning individual dasturiga ega. Maktab boshqarmasi bunday siyosat bolalarni haqiqiy kattalar hayotiga tayyorlaydi, muammo va masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga o’rgatadi deb hisoblaydi.
Stadion
O’ta katta stadion va bolalar maydonchasi boshlang’ich maktabning tomiga qurilganligi – maktab territoriyasi to’g’ri va foydali ishlatilishining ajoyib misolidir. (Chjeszyan, Xitoy)
Kutubxona
Panorama oynalar, yorqin devorlar, original stellajlar, qulay va yorqin o’rinlar va stollar – o’quvchilarni o’qishga va kitob bilan ishlashga o’rgatishning ajoyib usuli.
Arxitektura shedevri
Bizning ko’plab maktablarimizdan farqli o’laroq, Melburndagi o’rta maktab binosi o’zining g’ayrioddiy dizayni va yorqin ranglari bilan e’tiborni jalb qiladi. Maktab binosi yarim aylana shakla va turli qiyin geometrik shakllardan iborat, ichida esa katta hovlisi bor. Dizaynerlar ta’kidlashicha, yorqin ranglar o’quvchilar fantaziyasini boyitadi va butun kunga energiya beradi.
Maktab avtobusi
Maktab avtobusining g’aroyib saloni, divan va stullar, o’quvchilarga yo’l davomida dam olib, bir-birlari bilan suhbatlashishga qulay sharoit yaratadi.
Sport kompleksi
Bergendagi NY – Krohnborg maktabining aql bovar qilmas dizaynga ega sport kompleksi, bahaybat basketbol maydoni, zamonaviy sport moslamalari, divan va stolchalarga ega foyeni o’z ichiga oladi.
Art muhit
San Fransiskodagi noan’anaviy maktab, eski ombor hududiga ega, unda tirmashib chiqish konstruksiyalari, qo’lbola teatr va qal’alar, qurilish va ijod qilish uchun kerakli moslamalar bor. Maktab siyosati – hech qanday ta'qiq yo’q. O’quvchilarga dog’ qilish, tirmashib chiqish, narsalarni yoqish, tajribalar o’tqazish, narsalarni buzish va yangilarini yasash – barchasi mumkin. Asoschilarning fikriga qaraganda, bunday o’quv maskani bolalarni iste’mol qilishga emas balki yaratishga o’rgatadi.
O’qish sinfi
Shimoliy Karolinaning boshlang’ich maktabida shunday sinf borki, u oddiy partalar o’rniga velotrenajorlar bilan jihozlangan. Bunday yechim, o’quvchilarning ko’rsatkichlarini oshiradi, konsentratsiyani yaxshilaydi va miyaning ikkala yarimsharini ishlatishga imkon beradi.
Zinapoya dizayni
Zinapoyaning matematik formulalar bilan bezatilgan har bir zinasi o’quvchilarga ularni eslab qolish va unutmaslikka ko’maklashadi.
Texnologiyalar
Bu maktabda o’qituvchilar bilan bir qatorda robortlar ham dars o’tadi. Maktab rahbariyatining fikriga ko’ra, bunday zamonaviy yondashish o’quvchilarda ba’zi fanlarni o’rganishga qiziqish uyg’otadi.
O’quv zali
Monreal maktablaridan birining zamonaviy dizayni – markazida katta palma o’suvchi dumaloq yog’och stollar va stul o’rniga original to’nkalar.
Oshxona
Ko’rinishidan yorqin dizaynli, zamonaviy restoranga o’xshab ketadigan maktab oshxonasi, albatta, o’quvchilar va o’qituvchilarga yoqishi turgan gap.
Dam olish joyi
Tinchlantiruvchi ranglarda bezalgan, osilib turadigan ajoyib yarimsfera shaklidagi kreslolar bilan jihozlangan dam olish xonasi, o’quvchilar uchun tanaffus vaqtida dam olish uchun zo’r joy.
Сообщения из Facebook