просмотров
1. Devid Bekhem (20 mln dollar)
Bu haqiqiy qasrni eslatuvchi ajoyib uy Devid va Viktoriya Bekxem tomonidan sotib olingan. Uy maydonida ovoz yozish studiyasi va futbol maydoni bor. Juftlik Londonning nufuzli tumanida uy sotib olish uchun ushbu uylarini12 mln funt sterlingga yaqin narxda sotishgan.
Yaqinda oila o’z “inchalari”ga ega bo’lishdi – London markazidagi to’rt qavatli uyni Bekxem va uning xotini Viktoriya taxminan 45 mln funtga sotib olishdi.
2. Ueyn Runi (17,83 mln dollar)
Angliya termajamoasi va Manchester Yunayted klubining o’yinchisining ajoyib uyi Cheshir qirolligida joylashgan. Bu yerda katta basseyn, shaxsiy teatr, qadimiy yunon dizaynidagi haykallar va gazonning yerosti isitish tizimi mavjud.
3. Didye Drogba (14,5 mln dollar)
2007 yildaqurilgan bu hashamatli qasrning maydoni 8600 kvadrat metrni egallaydi. Buyerda 7 ta yotoqxona, oranjereya, bir nechta basseyn, mashq qilish zali vahatto futbolchining sovrinlari uchun maxsus xona ham mavjud.
4. Lionel Messi (8 mln dollar)
Futbol to’pi ko’rinishidagi noyob bu uy chindan ham boshqacha ko’rinadi – bu yerda futbol fanati va dunyodagi eng yaxshi o’yinchilardan biri yashashi darrov ma’lum. Uyda SPA – markaz, uy kinoteatri va mashqlar uchun yopiq futbol maydoni mavjud.
“FIFA oltin to’pi” ga to’rt marta sazovor bo’lgan bu inson, barcha futbol fanatlari orzu qiladigan uyga ega ekanligi bilan maqtansa bo’ladi.
Сообщения из Facebook