Samolyotdagi illyuminator biron bir kichik narsa bo’lishi shart emas. Pagani kompaniyasi muhandislari, Airbus shovvozlariga ko’rsatdi, samolyotdagi ekran-illyuminator qanday ko’rinishga ega bo’lishi kerakligini. Bunday “oynacha” bilan samolyotdagi parvoz, yangi ta’surotlarni sovg’a qiladi.
Ulkan illyuminatorli samolyot kayutasi.
Osmondagi uy shinamligi.
Ko’plab avtomobil ishlab chiqaruvchilari o’z vaqtida shundan boshlaganki, aviasozlik sohasida ishlashgan. Aniqlanishicha, zamonaviy aviatsiya bozoriga avtomobilquruvchilarni kiritish – juda ham yomon g’oya emas, ahir ular ko’plab yangi g’oyalarni olib kelishlari mumkin, ayniqsa, shohona samolyotlarni loyihalashtirish haqida gap ketganda, ACJ319neo kabi biznes-sinfidagilarni. Shunday qilib, modelni takomillashtirish bo’yicha Pagani kompaniyasini shavozlari qo’shildi.
Ishchan odamga kerakli, barcha narsa.
Mazkur ishlab chiqaruvchi hozirgi kunda ko’mir-toladan giperkarni yaratuvchilar yetakchisidan. Korhona Goratsio Pagani tomonidan 1992 yilda yaratilgan. Markani muhandislari Airbus tomonidan chiqarilayotgan, ACJ319neo samolyoti uchun yangi kayutani yaratishlari kerak edi. Loyiha Infinito nomiga ega bo’ldi. Bir nechta yuzlab odamlarni ijodiy urinishlari natijasida, g’aroyib narsa paydo bo’ldi!
Moviy osmonga go’zal ko’rinish.
Infinito kayutasi samoloyotda qanday illyuminatorlar bo’lishi kerakligi haqidagi munosabatni o’zgartiradi. O’z-o’zidan, hozircha gap biznes-sinf haqida ketmoqda. Lekin baribir, bu kelajakda bunday kabinalar keng qo’llanmaydi degani emas. Shunday qilib, konstruktorlar nima qila olishdi? Ularda kabina tepaga ochiladigan bo’ldi va tomida katta illyuminator bilan, u orqali osmonni tomosha qilsa bo’ladi. Uning boshqaruvi uchuvchi kabinasidan amalga oshiriladi.
Hilma-hil bezatilishi.
Infinito moduli samolyotda uchishni yoqtiradiganlarni nafaqat aytilgan illyuminator bilan hursand qiladi, balki qoyilmaqom shinamlik bilan ham. Kayutani jihozlanishi 100%ga to’la bajarilgan. Unda ishbilarmon odam istagan, barcha narsa mavjud. Hattoki muzokaralar uchun alohida, tovush o’tmas hona, dam olish joyi, restoran ko’zda tutilgan.
Сообщения из Facebook