iPhone har bir yangi modeli chiqishi bilan kamerasi borgan sari yaxshiroq bo'lib bormoqda.
Bu smatrfon egalariga, beso'naqay professional fotokameralarni qo'llamay turib, yuqori darajadagi sur'atlar qilish imkonini beradi.
Buni iPhone Photography Awards natijalari tasdiqlaydi. 26 iyunda 10-tanlov natijalari yakunlangan edi. 140 dan ziyod mamlakatlardan bo'lgan sur'atkashlar orasidan 19 ta turli kategoriyalarda sovrindorlar e'lon qilingan edi.
Gran-pri, "Yil sur'atkashi". " Kayara bolalari"
Sebastiano Tomada, Nyu-York
Bolalar ISHID jangorilari tomonidan yoqib yuborilgan neft skvajinalarining olovi va tutuni yaqinda, Kayara, Iroq, ko'chalarida tentirab yurishibdi.
1-o'rin, "Yil sur'atkashi". " Doker"
Brendan O Se, Kork, Irlandiya
"Men bu sur'atni ertalabki fotosayr vaqtida, Djakartadagi doklar oldida, 2016 yil aprelida sur'atga olganman. Bu tanafus qilayotgan dokerning qo'llari edi. Men uning qo'llarida loy yaratgan teksturadan xayratda qolgan edim".
1-o'rin. "Quyosh botishi"
Kuanglong Zhang, Guanchjou, Xitoy
"Quyosh botishi va Amritsardagi Oltin ibodatxona bir birini nur va go'zallik bilan to'ldirib turadilat. Suvdagi to'qinlar kabutarlar qanotlari qoqilganidan yuzaga kelganga o'xshaydi".
1-o'rin, "Portret"
Gabriel Ribeiro, Matu-Grosu-du-Sul, Braziliya
"Bu sur'at yanvarda qilingan edi. Mening xolam Kampu-Grandidagi Baidan kelgan edi va menda jiyanimni sur'atga olish g'oyasi paydo bo'ldi. Biz yaqin oradagi deraza yoniga bordik va tabiiy yorug'likdan foydalangan holda sur'atga olishni boshladik. Mening asosiy maqsadim bola nigohini chuqurligini tutib olishdan iborat edi. Men Lightroom Mobile va Snapseed ilovalaridan yakuniy natijaga erishish uchun foydalandim".
1-o'rin, " Sayohat "
Jen Pollack Bianco, Sietl, AQSH
"Men bu sur'atni Lofoten orollarida ko'prik ustida olgan edim. Qizil kabinkalar - bu baliqchilarning an'anaviy uychalari. Men o'zimni yiliga bir necha marotaba qulaylik zonasidan chiqarib olishga harakat qilaman va bu yilning fevralida Arktikaga yo'l oldim. Bu sur'atni men tong otgandan so'ng bo'ron vaqtida qilgan edim. Ranglar bir necha daqiqa davomida o'zgarib turardi va kuchli qorbo'ron bo'layotgan edi. Bu hayratomus, atmosferali va go'zal edi, lekin shu bilan birga juda sovuq va shamolli ham. Men bu sur'atni iPhone 7 Plus ga olgan edim hamda, Instagram Clarendon filtirini qo'llagan edim. Men har doim quyosh botishining muxlisi edim, lekin tong otishini sur'atga olish ham shunday mo'jizaviy bo'lishi mumkin".
1-o'rin, " Peyzaj". "Kuylovchi qoya"
Christian Horgan, Frimantl, Avstraliya
"Men bu kadrni G'arbiy Avstraliyadagi Margaret daryosi tomonda tutib oldim. Bu mening ikkinchi uyim va yerdagi eng taassurotli joylardan biridir. Bu joy " Kuylayotgan qoya" deb nomlanadi. U yerda men oilam bilan suzib yurgan edim va meni shamol uning orasidan o'tganda yangraydigan "qo'shiq" ovozi o'ziga chorladi".
1-o'rin, "Tabiat"
Aaron Sandberg, Chikago, AQSH
"Buni men 2016 yil iyunida Sigtun, Shvesiyada sur'atga olgan edim. Men o'zimning eski iPhone 6s imni ishlatgan edim, so'ng esa, Snaseed, Photoshop Fix va VSCO lar yordamida postishlov berdim. Bu sur'at, mening boshqa ko'pgina sur'atlarimdan farqli, juda katta tahrir qilishga muxtoj emas edi. Ishning asosiy qismini tabiat bajargan edi. Bu o'n ikki kadrdan eng yaxshisi edi".
1-o'rin, " Men bilgan Amerika"
Juan Calos Castañeda, Astoriya, AQSH
"Bu sur'at 2016 yilning dekabrida, Shimoliy Dakotada qilingandi. O'sha kuni suv himoyachilari, siu qabilasi odamlari Morton okrugi sherif departamenti tomonidan yashash joylaridan ko'chirilishlari kerak edi. Minglab urush qatnashchilari veteranlar protest bildiruvchilarga yordamga kelganlar. Ular bizga bu mamlakatni hamma dushmanlardan, ham tashqi, ham ichki, himoya qilishga qasam ichganliklarini aytishdi. Ona tabiat o'sha kuni 40-50 mil/soat izg'irin va -34 daraja harorat bilan chiqish qilgan. Hamma jismoniy jihatdan turish mumkin bo'lgan qadar turishdi, keyin buni davom ettirish imkoni bo'lmadi".
1-o'rin, " Hayvonlar"
Francesca Tonegutti, Milan, Italiya
1-o'rin, "Arxitektura". "Chand Baori"
Paddy Chao, Taybey, Tayvan
"Bu sur'atni Hindiston bo'ylab sayohat davomida qilgandim. Chand Baori 3500 tor zinapoyalardan tashkil topgan. U yer ichiga 30 metrga yoyiladi, bu uni Hindistondagi eng katta aholi yashash joyiga aylantitadi. Meni bu nozik zinapoyalar va soyalar lol qoldirdi. Men darhol kamerani olib bu go'zal sahnani, u g'oyib bo'lmasidan avval, sur'atga olib oldim".
1-o'rin, "Bolalar". "Bolalar qiziquvchanligi"
Szymon Felkel, Poznan, Polsha
"" Bolalar qiziquvchanligi" nomli sur'at 2015 yil avgustida Nyu-Yorkning Tayms-sverida olingan edi ".
1-o'rin, "Hayot stili"
Nick Trombola, Pittsburg, AQSH
1-o'rin, "Boshqa"
Darren Boyd, London, Buyuk Britaniya
1-o'rin, "Odamlar"
Dina Alfasi, Isroil
"Men asosan ko'chadagi sahnalarni va portretlarni, shaxsiy onlarni tutub olishga harakat qilib, sur'atga olaman. Har kuni poezd yoki avtobusda ketayotganimda men turli xil odamlar orasida bo'laman. Avvaliga, vaqt o'tkazish maqsadida, men ularni kuzatardim, ular qayerga ketayotganliklarini topishga harakat qilardim, nima ish qilishlari, ularning tarixlari bilan qiziqardim. Shu kuzatuvlar davomida men shaxsiy onlarni qayd etishni boshladim. Shuning uchun ham sur'atga olishni boshladim va natijalari bilan hayratda qoldim".
1-o'rin, "Yangiliklar/Hodisalar". " Evropa ko'chmanchilari "
Samuel Nacar, Albasete, Ispaniya
"Dushanba kuni, 24 oktyabrda, " Djungli" nomli Evropadagi eng yirik migrantlar lagerining ko'chirilishi boshlandi. U Fransiya shimolida, Kale shahridan atigi besh kilometr masofada joylashgan edi. Cgorshanba kuni, 26 oktyabrda, lagerga o't qo'yilgan edi va minglab migrantlar ketishga majbur bo'lgan. Ularning ba'zilari boshqa joylarga ko'chirilgan, boshqalari esa yo'q. Bu sur'atda siz minglab migrantlar lagerdan yong'in tufayli ko'chayotganini ko'rishingiz mumkin".
Сообщения из Facebook