просмотров
Quyida biz dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirgan 8 ta tasodifiy ixtirolarni tanlab oldik. O’zingizni qilgan ba’zi xatolaringizga koyishni bas qiling, balki ular odamzot uchun haqiqiy topilmaga aylanar.
Penitsilin
1928 yilda shotlandiyalik kelib chiqishga ega bo’lgan shifokor Aleksandr Fleming, o’zining laboratoriyasida gripp virusini o’rganayotib, bakteriyalardan biri zamburug’ bilan zararlanganini aniqladi. Ko’pchilik olimlar zararlangan materialni tashlab yuborgan bo’lardi, lekin Fleming unday qilmadi. Yaxshiroq tomosha qilganda zamburug’ atrofida toza aylanani ko’rdi, bu uning stofilokokka qarshi toksinli ta’sir ko’rsatishi edi. Fleming Penicillium mo’g’alini ajratib oldi va uning asosida yaratilgan dorini “penitsilin” deb atadi. Natijada o’z ixtirosi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
Zanglamas po’lat
Po’lat quyish zavodida 12 yil ish o’rgangan Garri Brearli o’zining 30 yoshlarida kimyo sanoat sohasida ekspert va yetakchi olim hisoblangan. 1912 yilda po’lat qotishma tarkibini ishlab chiqqan – miltiq ichida ishqalanishga qarshilik qila oladigan temir va boshqa metallar qorishmasi. Eksperiment davomida Brearli qorishmalardan biri hali ham yaltiroq va yorqinligini saqlab qolganini ko’rdi, boshqa qorishmalar esa zanglab ketgan edi. Uning tarkibini analiz qilib, u zanglamaydigan po’latning formulasini aniqladi.
Brearli o’z boshliqlarini oshxona anjomlarini yaratilgan yangi qorishmadan ishlab chiqarishni taklif qilgan, lekin uni rad etishgan chunki bu qimmatga tushar edi. Lekin oxir oqibat ixtirochi XX asrning eng muhim metallaridan birini yaratgani tan olindi.
O’lik dengiz bitiklari
1947 yilda 2 beduin cho’poni O’lik dengiz yaqinida Kumran tepaliklaridan echkilarini olib o’tayotgan bo’lgan. Podadan chiqib ketgan hayvonlar orqasidan quvib borgan bir cho’pon tepalikning chuqur g’origa yiqilib tushishiga oz qoladi. U yerga ehtiyotkorlik bilan tushib, loydan yasalgan germetik ko’zalarni topadi. Ko’zalar ichida papirus qog’ozlari bo’ladi. Keyinchalik qorayib ketgan papirus qog’ozlarini beduinlar bir necha dollarga ierusalimlik antikvar yig'uvchilarga sotib yuborishadi.
Yevropa Universiteti tarixchi olimlari sotib olingan papirus varraqlarini o’rganib chiqishganda, matnlar Bibliyaning eng birinchi bitiklari ekanligi aniqlangan.
Kurmanga qaytib kelgan arxeologlar va beduin olimlari xuddi shunday g’orlardan yana 10 tasini topishgan. U yerda bibliya matnining ma’lum bo’lgan eng birinchi nashrlari yuzlab bitiklar va ivrit, armey, yunon tilida yozilgan fragmentlari topilgan. Qimmatbaho papiruslar g’orlarga 2000 yil avval berkitilgan.
Yopishqoq
Bir vaqtlar shvetsariyalik injener Jorj de Mestral kuchugi bilan Alp tog’lari etagida aylanib yurgan. Uyga qaytayotib, kuchukning yungi tikanak o’tli “burr” bilan qoplanganini ko’rdi.
Qiziquvchan de Mestral kuchuk yungiga yopishib qolgan o’tni nega bunchalar mustahkamligini bilish uchun mikroskop ostida sinchkovlik bilan o’rganib chiqdi. Buning sababi junli yuzaga darxol yopishib qoladigan mayda ilgaklar ekanligini aniqladi. Sohasi bo’yicha injener-elektrik bo’lgan, modelyer emas, de Mastrel keying sakkiz yilni o’zining tasodifiy ixtirosi asosida kiyiladigan kiyimlarni tadqiq qilish va ishlab chiqishga sarfladi. Uning birinchi prototipi paxtadan, keyinchalik neylondan ishlab chiqildi. Ixtiro 1959 yilda Nyu Yorkdagi modalar ko’rgazmasida birinchi debyutini amalga oshirdi, shundan beri dunyoda juda katta talabga sazovor bo’ldi, shu jumladan NASA da ham.
Eskimo
Yog’ochchadagi muzqaymoq shunchalik oddiy tuyiladiki, xuddi uni yosh bola ham o’ylab topa oladiganday. Aslida ham shunday bo’lgan. 1905 yilning qishida 11 yoshlik Frenk Epperson kechqurun ostonada cho’pcha solingan mevali gazirovkani unitib qoldirgan. Ertasi kuni ertalab bolakay stakandan dunyodagi birinchi eskimoni chiqarib oldi.
Epperson o’zining tasodifiy ixtirosini 18 yil o’tibgina sotishni boshladi. Odamlarga Frenkning yangi mevali shirinligi juda yoqti va u xattoki o’zining rieltorlik ishini tashlab, butun dunyoga mashxur bo’lgan shirinligini sotish bilan shug’ullandi.
Rentgen nurlari
1895 yil Vilgelm Konrad Rentgen, kam tanilgan nemis fizigi, katod nurlarini tadqiq qilgan. U kunlarda hech kim elektronlar va nurlanish haqida hech nima bilmagan. Rentgen vakuum trubalar orasidan yuqori kuchlanishli tok o’tqazadi, lekin truba qora karton bilan yopilganiga qaramay, ko’rinmas nurlar baribir karton orasidan chiqa boshlaydi va bir necha metr uzqolikda turgan sezuvchan ekranga ta’sir ko’rsatadi.
Keyinchalik Rentgen ajoyib nurlar fotoplastinkalarda ham qolishi mumkinligi aniqlanadi. Tadqiqot sifatida o’z xotinining qo’lini tekshirib ko’radi, olim uning suyaklari suratini oladi: nurlar teri va mushaklar orasidan oson o’tadi, lekin suyak to’qimalari va metal bilan bloklanadi. Birinchi marta odamzot inson ichini skalpelsiz ko’ra oladi.
Rentgen fizika bo’yicha birinchi Nobel mukofotini 1901 yilda oladi.
Pivo
Hech kim pivoni kim ixtiro qilganini bilmaydi. Odamlar donlarni qayta ishlashni 10 000 yil avval Mesopotamiyada boshlagan. Boshida non mahsulotlari qattiq va tekis bo’lgan. Lekin ba'zida donlar ho’l bo’lardi, bunda tabiiy drojjega ozuqa bo’lib, o’zidan spirt chiqaradi. Qaysidir vaqtda novvoylar fermentlangan donlardan eng yaxshi nonlar pishirilishiga e’tibor qaratishgan. Bir necha tadbirkor (biroz jinniroq) odamlar, fermentatsiya jarayonida hosil bo’ladigan ajoyib ko’pikni tatib ko’rgan. O’zlari uchun pivoni ixtiro qilishgan.
Ba’zi antropologlar va arxeologlar non emas, aynan pivo qishloq xo’jaliklari paydo bo’lishiga sabab bo’lgan deb hisoblashadi. Non esa, pivoni mazaliroq qilish jarayonida hosil bo’lgan qulay teskari mahsulot bo’lgan.
Сообщения из Facebook