Ko’pgina madaniyatlarda kamalak kuchi haqidagi afsonalar mavjud, insonlar unga san’at asarlarini, musiqa va she’rlarni bxshida etishadi.
Psixologlar ta’kidlashlarich, odamlar bunday tabiat mo’jizasini ko’rib hayratlanishlariga sabab, kamalak yorqinlikni, “baxtli” kelajakni olib kelguvchi narsadir.
Texnik jihatdan qaralganda, kamalak atmosferada nur tomchi suv orasida o’tganda paydo bo’ladi, va nurning sinishi, biz hammamiz o’rganib qolgan, turli rangdagi egilgan arka hosil bo’lishiga olib keladi.
1. Kamalakni kunduzda kamdan-kam ko’rib bo’ladi
Ko’pincha kamalak ertalab va shomda paydo bo’ladi. Kamalak hosil bo’lishi uchun, quyosh nuri taxminan 42 gradus burchakda yomg’ir tomchisiga tushib qolishi kerak. Bu holat, Quyosh osmonda 42 gradusdan balandroq turganida ro’y berishi amri mahol.
2. Kamalak tunda ham paydo bo’ladi
Kamalakni qorong’u tushishi bilan ham uchratish mumkin. Bunday holat oy kamalagi deb ataladi. Bunday vaziyatda, yorug’lik nurlari to’g’ridan-to’g’ri Quyoshdan emas, Oydan aks olganida vujudga keladi.
Odatda, u unchalik yorqin bo’lmaydi, chunki yorug’lik qanchalik yorqin bo’lsa, kamalak shunchalik rang-barang bo’ladi.
3. Ikkita odam birta kamalakni o’zini ko’ra olmaydi
Muayyan yomg’ir tomchilaridan aks urgan yorug’lik, boshqa tomchilardan har birimiz uchun umuman boshqa burchakdan aks beradi. Aynan shu kamalakning turli ko’rinishlarini hosil qiladi.
Ikkita odam birta joyda bir vaqtning o’zida bo’la olmasligi kabi, ular birta kamalakni bir xil ko’ra olishmaydi. Bundan tashqari, hatto bizning har bir ko’zimiz har xil kamalakni ko’radi.
4. Biz hech qachon kamalakning oxiriga yeta olmaymiz
Kamalakka qaraganimizda, u biz bilan birga harakatlanayotgandek tuyg’u paydo bo’ladi. Bu, uni shakllantiradigan yorug’lik o’sha paytda muayyan masofa oralig’ida va kuzatuvchi uchun muayyan burchak ostida amalga oshirishi uchun sodir bo’ladi. Va bu masofa doimo biz va kamalak orasida qolaveradi.
5. Biz kamalakning barcha ranglarini ko’ra olmaymiz
Kamalakning ranglari qizil, sabzi rang, sariq, yashil, osmon rang, ko’k va siyohrang ranglardan iborat.
Ammo aslida kamalak inson ko’zi ko’ra olmaydigan ranglarni o’z ichiga olgan millionlab ranglardan iboratdir.
6. Kamalak ikkilamchi, uchlamchi va hatto to’rtlamchi bo’ladi
Biz yorug’lik tomchi ichida aks etganda va boshqa ranglarga ajralganda, birtadan ko’p kamalakni ko’rishimiz mumkin. Ikkilamchi kamalak bu hol tomchi ichida ikki marta sodir bo’lganida, uchlamchisi – uch mart ava hokazo.
To’rtlamchi kamalakda har doim nur aksini olganida, yorug’lik va shunga qarab, kamalak ham rangi pastroq bo’laveradi va shuning uchun oxirgi ikkita kamalak juda past ko’rinadi.
Bunday kamalakni ko’rish uchun bir nechta omillar to’qnash kelishi lozim, ya’ni qop-qora bulut, va yoki yomg’ir tomchilari hajmlarining bir xil taqsimlanishi, yoki sharros yomg’ir.
7. Siz o’zingiz kamalakni yo'qolishiga olib kelishingiz mumkin
Qutblanuvchi quyosh ko’zoynaklari yordamida kamalakni ko’ra olmaslik mumkin. Bu, ular tik ustunlarda joylashgan molekulali juda mayin qavat bilan qoplangan, suvdan aks urgan yorug’lik esa, gorizontal holatda qutblanadi.
Kamalakni qanday hosil qilsa bo’ladi?
Siz haqiqiy kamalakni uy sharoitida yaratishingiz mumkin. Buning bir nechta uslublari bor.
1. Stakan suv yordamida hosil qilish uslubi
- Stakanni suv bilan to’ldiring va quyoshli kunda uni deraza oldidagi stol ustiga qo’ying.
- Yerga oq list qog’ozini qo’ying.
- Derazani issiq suv bilan ho’llang.
- Stakan va qog’ozni kamalakni ko’rmaguningizcha harakatlantirib turing.
2. Oyna yordamida hosil qilish uslubi
- Suv bilan to’ldirilgan stakan ichiga oynani qo’ying.
- Xona qorong’i va devorlar oq bo’lishi lozim.
- Kamalakni ko’rmaguningizcha yoritqichni harakatlantirib, suvni yoritib turing.
3. Kompakt-disk yordamida hosil qilish uslubi
- Kompakt-diskni olingda, uni yaxshilab arting, ustida chang bo’lmasin.
- Uni tekislik ustiga yorug’lik ostiga yoki deraza oldiga qo’ying.
- Diskga qarab turing va kamalakdan bahra oling. Ranglar qanday harakatlanishini ko’rish uchun diskni aylantirib turing.
4. Tutun uslubi
- Quyoshli kunda suv sepish uchun shlangni ishlating.
- Sachrashlar hosil qilgan holda shlang tuynugini barmog’iz bilan yoping.
- Shlangni Quyoshga qaratib qo’ying.
- Kamalakni ko’rmaguningizcha, sachrashlarga qarab turing.
Сообщения из Facebook