просмотров
Uni shu qadar yaxshi ko'rishadiki, hatto u tug'ilgan shahar Funshalda (Madeyrada joylashgan, Portugaliya) mahalliy aeroportni "Cristiano Ronaldo Madeira International Airport" deb o'zgartirishdi. Uning tarjimasi quyidagicha: Krishtiano Ronaldo nomidagi Madeyra Xalqaro aeroporti. Bundan tashqari faxrli marosimda sportchining bronza byusti ham taqdim etildi. U shunchalik beo'xshov ediki, butun internet kulgidan o'zini to'xtata olmadi.
Krishtiano Ronaldo sharafiga uning yurtida mahalliy aeroprt nomi o'zgartirildi
Faxrli marosimda hammasi ko'ngildagidek ketayotgan edi, lekin keyin sportchiga atalgan bronza byust taqdim etildi.
Shundan keyin butun internet bo'yicha ko'plab turli xildagi hazilomus memlar tarqala boshladi
Portugaliya bosh vaziri Antonio Koshta Krishtianodan dastxat olmoqda, bu vaqtda orqadan sportchining yovuz haykali qarab turibdi
Tashqaridan qaraganda Krishtiano kulayotgandek go'yo, lekin menimcha aslida u ichidan yig'layapti. Unga bolaligida "yig'loqi" laqabini qo'yishgan, chunki u his-tuyg'ularini shu tarzda tez-tez namoyon qilgan
Ajoyib o'xshashlik! Ayniqsa, sportchining u yerda yo'qligi hayratga soladi
Byustni mahalliy portugaliyalik haykaltarosh Emanuel Santos yaratgan. Uning aytishicha byustni yaratishda Ronaldoning bir qancha haqiqiy suratlaridan foydalangan.
Rassomning aytishicha, marosim ochilishidan oldin uning akasiga yuborgan suratdagi haykal sportchiga yoqqan. Krishtiano haykaldagi faqatgina bir narsani, kulayotgan yuzidagi ajinlarni o'zgartirishni olib tashlagan. Sportchining fikricha, ular uning yoshini yanada kattaroq qilib qo'ygan.
Сообщения из Facebook