Nega odam tush ko’radi?
Nega odam tush ko’radi?
Deyarli har bir odam tush ko’radi. Lekin hech kim nega tush ko’rishini, uning davomiyligini, vaqtini va ssenariysini oldindan ayta olmaydi. Ba’zida odam tushini eng mayda detallarigacha eslab qoladi, ba'zida esa tush ko’rganini biladiyu, lekin unutib qo’yadi. Xattoki, olimlar ham bu borada kelisha olmaydi: ba’zilari tushlar keraksiz va ma’nosiz desa, ba’zilari tushlarning sabablari va vazifalari bor deb hisoblaydi.

Tushlar xotirani saranjomlaydi

Tushlar xotirani saranjomlaydi

Ko’plab izlanishlar shuni ko’rsatdiki, tushlar odamga ma’lumot saqlashga yordam berar ekan.  Odam tush ko’rganida ma’lumotni uzoq muddatli xotiraga saqlab qo’yar ekan.  Neyrobiologlar aniqlashicha, kun davomida xotiralar gippokampda – miyaning uzoq muddati xotira bilan bog’langan qismida saqlanar ekan. Odam uxlaganda, xotiralar miya po’stidan – miyaning axborotni qayta ishlovchi ya’ni yangi ma’lumot qabul qiluvchi qismidan gippokampga o’tqazilar ekan.

Tush miyaga axborotni bir qismdan boshqa qismga o’tqazib, ularni “yozib olish” va kerak bo’lganda tiklash uchun yig’ib qo’yishga vaqt beradi. Izlanishlar yana shuni ham ko’rsatdiki, xotiralar miya po’stiga berilishidan oldin, gippokamp butun kunda o’tgan voqealarni qayta shakllantirar ekan, ba’zida oxiridan boshiga qarab.

Terapevtik tushlar

Terapevtik tushlar

Menimcha, qo’rqinchili kino ko’rgandan keyin har bir odamga kinodagi maxluq ishtirok etgan daxshatli tushlar kirgan bo’lsa kerak. Tushlar insonga kuchli his-tuyg’ular bilan kurashishga yordam beradi, masalan, qo’rquv, qayg’u va sevgi. Psixologlar fikricha, tushlar hissiyotlarni hodisalardan ajratadi va bu bilan hissiyotlarni osongina qabul qilishga yordam beradi (chunki miya hissiyotlar va o’tmishdagi tajribalarni bog’lay oladi).

Olimlar aniqlashicha, ushbu bog’lashlar, miya uyg’oqlik paytidagi bog’lashlardan farq qilar ekan. Turli xil bog’lanishlar yangi perspiktivalar ishlab chiqishga ko’maklashadi va vaziyatni turli xil nuqtalardan baholashga yordam beradi. Ba’zi olimlar tush insonnig g’azab, qayg’u, qo’rquv yoki baxt hissiyotlari ildiziga borish uslubi deb bilsa, boshqa olimlar tush bu eng katta muammolarni yechish mumkin bo’lgan xavfsiz muhit deb hisoblaydi.

Tushlar bezovtalikning oldini oladi

Tushlar bezovtalikning oldini oladi

2009 yilda bemorlarda depressiya va bezovtalikni izlanish ishlari o’tqazilgan. Tush ko’rsh va kognitiv buzilishlar o’rtasida qiziq aloqa borligi aniqlangan, beshta izlanuvchilar ikki guruh talabalarni o’rganishgan: birinchi guruh 35 ta sog’lom talaba, ikkinchi guruh esa 20 ta depressiyaga chalingan va bezovta talabalar. Tajriba ostidagilarni ko’zning tezkor harakat fazasi (REM) da 10 daqiqaga uyg’otishgan, keyin yana 10 daqiqaga ko’zning sekin harakat fazasida (NREM) uyg’otishgan.

Uyg’onishlar vaqtida talabalar xotira reaksiyasi tezligiga, kayfiyat va o’ziga baho berish testidan o’tgan. Olimlar aniqlashicha, sog’lom talabalarga qaraganda, depressiya va bezovtaligi yuqori bo’lgan talabalar ko’proq agressiyali va o‘zi bilan olishishli tushlar ko’rgan. Biroq shu bilan bir qatorda, tezkor uyqu (REM) dan so’ng, depressiya va bezovtalik darajasi pastroq bo’lgan.

Tushlar umumiy farovonlikka olib boradi

Tushlar umumiy farovonlikka olib boradi

Izlanishlar shun ko’rsatdiki, uxlay olmaydigan odamlar ba’zi jiddiy oqibatlar bilan to’qnash kelgan. Yuqoridagi tajribaga o’xshab bunda ham odamlarni uyg’otishgan. Natijalar tush ko’rmagan odamlar e’tiborni bir joyga jamlashga qiynalganini, koordinatsiya yo’qligini va vaznida biroz sezilarli o’sish borligini ko’rsatdi. Yana ular gollyutsinatsiyalar ham ko’rgan.

Albatta, ushbu oqibatlar umumiy qilib tush ko’rmaslikdan emas, balki kam uxlaganlikdan kelib chiqqan ham deyish mumkin. Shunga qaramasdan, ko’plab tadqiqotlar ko’rsatishicha, bunday oqibatlarning asosiy qismi aynan tush ko’rmaslikdan kelib chiqadi.

Tush ko’rmaslik ruhiy kasallik belgisi

Tush ko’rmaslik  ruhiy kasallik belgisi

Uyqu bilan bog’liq xronik muammolar ruhiy kasallarning 50-80 foizida bor. Shu jumladan umumiy aholining 10%i uyqu buzilishidan jabrlangan. Garvard Universiteti olimlari 2009 yilda o’tqazgan tajribalari natijasi tush ko’rish va ruhiy kasalliklar o’rtasida bog’liqlikni ko’rsatdi, ayniqsa, bipolyarlik kasalligi bilan.

Yana ular shuni aniqladiki, bolalarda ham, kattalarda ham, tush bilan bo’lgan muammolar ruhiy kasallik ehtimolini oshirar ekan.  REM fazasida uyquning buzilishi neyromediatorlar va stress gormonlari darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu emotsional boshqaruvni yomonlashtiradi va fikrlashga ta’sir ko’rsatadi.

Axborotni qayta ishlash teoriyasi

Axborotni qayta ishlash teoriyasi

Bir izlanishda aniqlanishicha, paradoksal uyqu vaqtida miya yangi konsepsiyalar ishlab chiqaradi va ularni mavjud bilimlar yoki uzoq, lekin bog’langan tushunchalar bilan bog’laydi. Olimlar fikriga ko’ra, odam bunday ma’lumot jo’natilishini tushunib, tovush yoki rasm fragmentlarini jismoniy faoliyat bilan his qilganda tush ko’radi.

Miya ushbu obrazlarni tushunishga va ularni bir-birga bog’lashga harakat qiladi. Olimlar aytishicha, aynan shu sababli tushlar g’ayritabiiy bo’ladi. Demak, tushlar avval miyada saqlangan axborotlardan paydo bo’ladi.

Tush ko’rishning psixoanalitik teoriyasi

Tush ko’rishning psixoanalitik teoriyasi

Uyqu haqida gapirganda Freydni eslamay ilojimiz yo’q. Zigmund Freyd teoriyalari ko’p yillar davomida rad qilingan bo’lsada, muhokama qilish uchun qiziq mavzuligicha qolgan. Freyd tush tabirlarini topishga ixtisoslangan. U odamlarni ong berkitib turadigan, ammo ongsiz paytida yuzaga chiqadigan agressiv va jinsiy instinktlar boshqaradi deb hisoblagan.

Sintez faollashtirish modeli

Sintez faollashtirish modeli

Sintez faollashtirish modeli birinchi bor 1977 yilda paydo bo’lgan va miya signaldan tush hosil qilishini o’rganadi. Ushbu teoriya trigger sifatida tajriba va xotiralarni ishlatish o’rniga, tushlar biologik reaksiyalardan paydo bo’ladi deydi. Odam uxlaganda miya biologik axborotni sintez qiladi va uni tush sifatida ko’rsatadi. Shunday qilib, tushlar oddiygina asosiy biologik funksiyalar natijasidir. Ushbu teoriya mualliflari tushlarning ma’nosi yo’q deb hisoblamaydi. Ularning aytishicha, tush ko’rish yangi g’oyalar yaratilishiga olib keladi.

Adaptiv teoriya

Adaptiv teoriya

Ushbu teoriya ikki qismdan iborat: birinchisi tahdidlar bilan bog’liq, ikkinchisi esa uyquga to’ymaslik bilan. Psixologlar uyqu hayvonlarga xavfdan uzoqroq bo’lishga yordam beradi deb hisoblaydi. Masalan, hayvon uxlash uchun, odatda xavfsiz joyga boradi. Dam olish vaqti hayvonlarni biror xato qilishdan tiyadi va jonini saqlab qoladi. Bu tabiiy tanlov natijasida kelib chiqqan xulq-atvor strategiyasi, hozir esa tush deb nomlanadi.

Olimlar aniqlashicha, odam REM fazasiga bir tunda kira olmasa, keying tunda u ushbu fazada ko’proq vaqt o’tqazadi. Bu biologik reaksiya  organizim ish jarayonida REM muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. Tabiiy tanlanish odamlarni muhitga ko’nikish va xavfdan uzoqroq bo’lish uchun uxlashga va tush ko’rishga dasturlashtirib qo’ygan.

Tahdid yaratish teoriyasi

Tahdid yaratish teoriyasi

Tahdid yaratish teoriyasi tush odamlarga tahdid yoki xavfga tayyorlanishga yordam beradi deydi. Turku Universitetidan Fin olimlari tush ko’rish paytida tahdidlarni modellashtirish, real hayotdagi xavf va tahdidlarga uchragan paytda ularni qabul qilish uchun muhim bo’lgan kognitiv mexanizmlarni tayyorlashga yordam beradi. Ushbu tasdiqni ular oddiy va yomon oilalardan bo’lgan bolalarda o’tqazilgan natijalar asosida keltirishdi.

Jismoniy farovonligi doimiy tahdid ostida bo’lgan muhitda yashovchi odamlar qoidaga binoan “xavfliroq” tushlar ko’radi. Yaxshi oiladan chiqqan bolalar esa xotirjamroq va tahdidlardan holi tushlar ko’radi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook