Kuperlar oilasi yangi katta uyga egalik qilish g’oyasiga qiziqib qolganlarida o’z g’oyalarini qanday qilib sifat jihatidan putur yetmagan holda o’ta qisqa muddat ichida bajarish usulini izlashga tushdilar.
Atroflicha o’ylab chiqilganidan so’ng, ular o’z tanlovlari borasila germaniyalik qurilish kompaniyasida to’htatdilar va bu borada zarracha ham adashmadilar. Natijada, atigi 4 kunning ichida ular o’z mulkiga qo’shimcha ravishda 3 qavatli, salobatli alohida uyga ega bo’lib qoldilar.
Yaqin vaqtlargacha Kuperlar Londonda yashagan edilar. Biroq, Angliyaning Bribport shahriga birgalikdagi safaridan so’ng ularda shu yerda doimiy yashash uchun qolishga nisbatan kuchli istak paydo bo’ldi. Ko’chib o’tishga qaror qilganlaridan keyin esa ular yer sotib oldilar va uy qurilishini rejalashtirdilar.
Oxir-oqibat ushbu vazifani amalga oshirish uchun yig’ma uylarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, nemis "ildiz"lariga ega bo’lgan Flat Pack kompaniyasi tanlandi.
Kuperlar qurilajak uyning detallarini kompaniya mutaxassislari bilan maslaxatlashib, barcha, xatto ahamiyati kam bo’lgan ikir-chikirlari to’g’risida ham kelishib oldilar. Uyning barcha detallari Bavariyada joylashgan fabrikada tayyorlanib, keyin Buyuk Britaniyaga yetkazib berildi.
Shunisi qiziqki, yig’ma uylar, o’zining muhtashamligiga qaramay oddiy uylardan ko’ra 10-25%ga arzonroqqa tushadi, yig’ish jarayonida esa qurilish chiqindilari umuman bo’lmasligi kuzatiladi. 4 kundan keyin oila o’zining katta mehmonxonali, sig’imi keng oshxonasi va 5 yotoqxonasiga ega bo’lgan uch qavatli uyiga kirib yashay boshladi.
Сообщения из Facebook