15,492
просмотров
просмотров
Ko’pchilik odamlar eng uzun daryo deb biladigan Nil daryosi 11 ta zamonaviy mamlakat orasidan o’tadi. Mana shu qadimiy daryo oldida ko’pgina sivilizatsiyalar paydo bo’lgan va anchagina janglar kechgan, va shu janglardan so’ng Nil qirg’oqlari bo’yida ko’p qabristonlar shakllangan.
Luksor mumiyasi va Nilning boshqa artefaktlari.
Ba’zi qabrlarda olimlar, tarixga bo’lgan zamonaviy qarashni o’zgartirishga majbur qiladigan turli xildagi artefaktlarni topishmoqda, biroq, ba’zi topishmalarni hech kim hech qanday qilib tushuntira olmagan.
1. Alebastrli Tiya
Alebastrli Tiya.
2017 yilda ishchilar Luksor oldidagi ulkan fir’avn Amenxotep III (m.a. 1390-1352 yy.) ning haykalini boshqa joyga ko’chirishdi. Bunda ular haykalning o’ng oyog’i oldida oldinlari nomalum sirli haykalni topib olishdi. Yirik Amenxotepga qaraganda, ayol haykali alebastrdan tabiiy o’lchamda yaratilgan. 3400 yillik noyob haykal arxeologlar fikriga qaraganda, Tiya malikasini tasvirlagan. Avvallari qabr ichida Nilning g’arbiy qirg’og’ida Amenxotep III ning “asosiy xotini” va Tutanxamonning buvisi bo’lgan Tiyaning bir nechta haykallari topilgan. Lekin yangi topilma kvarsitdan qilinmagan yagona haykal edi. Ajablanarlisi shundaki, haykal ajoyib holatda bo’lganligi sababli, uning boshlang’ich ranglari asli holatida saqlanib qolgan.
2. Nelson ayollari
Kemadagi ayol – normal holat.
Yuz yillar oldin britan qoidalari ayollarga kemalarga chiqishini man qilishardi. Ammo, buning ustiga, ular aslida suzishgan, va Misrdagi Nelson orolida yaqindagi qazishlar ko’rsatishicha, ayollar Abukir bo’g’izida Nil uchun bo’lgn kurashlarda ishtirok etishgan. Arxeologlar fikrlaricha, bu orolda topilgan 40 ta qabr 1798 yildagi kontr-admiral Goratsio Nelson boshchiligida fransuzlar va inglizlar orasida sodir bo’lgan, dong’i ketgan janglarga to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bor. Jangda o’ldirilganlarni dengizda dafn etishgan, keyinchalik yaralar sababli halok bo’lganlarni esa orolda dafn etganlar.
Ko’milganlarni ko’rib chiqayotgan vaqtda kutilmagan bir omil yuzaga chiqdi. Ko’pgina askarlar va dengizchilar dafn etilgan joylarda bolalar va ayollar qoldiqlari ham topilgan. Qattiqqo’l dengiz qonunlariga qaramasdan, dengizchilarga o’z oilalarini keltirishga ruxsat berilar edi. Mojarolar paytida bu ayollar harakatsiz turmaganlar. O’z xotiralar daftarida jangda kurashgan, britan dengizchisi Djon Nikols, qanday qilib ayollar jang vaqtida o’q otuvchilarga kukunni uzatib berganliklari haqida yozgan. Biroq, Nelson orolidagi ayollar qoldiqlarining birontasi ham aniqlanmagan.
3. Mushuklar shaxsiyati
Stol ostidagi mushuk.
Bir vaqtlar misrliklarga mushuklarni uy hayvonlariga aylantirishda birinchilardan bo’lish roli ajratilgan edi, bunga sabab m.a. 1950 yilda rasmda tasvirlangan stol tagida o’tirgan mushuk edi. Ammo 2004 yilda Kiprda odam qabrida 9500 yoshli mushuk qoldiqlarini topganlar. Lekin yangi genetik tadqiqotlarga asosan, “birinchi uy mushuklari vatani” – Misr deb, qayta tan olinishi mumkin. G’arbiy Nil qirg’og’i bo’yida yangi qabrni qazib olganlaridan 4 yil o’tgandan so’ng, u yerda kipr mushuklaridan 3500 yil kattaroq yoshli hayvon qoldiqlari topilgan.
4. Oyoq barmoqlaridagi sirli uzuklar
Oyoq barmoqlari uchun sirli uzuklar.
Nilning sharqiy qirg’og’ida Tiya qirolichasining o’g’li fir’avn Exnaton o’zining yangi poytaxti – Amarni qurgan. Exnaton unchalik taniqli bo’lmaganligi sababli, shahar uning o’limidan ozgina o’tib, tashlandiq shaharga aylandi. Qabrlardan biri o’ttizga yaqin yoshli, suyak yaralariga ega erkakga tegishli edi. Aslida, 3300 yoshli skeletning hayoti davomida qovurg’a va chap qo’li tirsagi siniqlarini o’z ichiga olgan jarohatlardan iborat.
O’ng tomon bilan holat bundan battarroq edi: tirsaklarda, oyoqlarda va son suyagida yoriqlar. Bu skeletning oyog’idagi barmog’ida noyob, mis qotishmasidan qilingan (bu misr qabrlarida topilgan bu kabi mis uzuklaridan ikkinchisi edi) uzuk topildi. Keyinchalik shu qabristonning o’zida xuddi shu kabi oyoq barmoqdagi uzukni topishdi, ammo uning egasida aniq hech qanday jarohat izlari yo’q edi.
5. Luksor mumiyasi
Luksor mumiyasi.
Luksor shahri yonida qachonlardir fir’avn Tutmos III ga bag’ishlangan ibodatxona turibdi. Nilning janubiy qirg’og’ida joylashgan ibodatxona bir necha o’n yilliklar davomida taniqli bo’lib kelgan. Lekin faqat 2009 yilda arxeologlar ushbu muqaddas tuzilma ostidagi nekropolni topishdi. 20 ta qabrlardan biri noan’anaviy topilmasi o’zida saqlar edi. Barcha qabrlar o’g’irlanishiga va yarmi buzilganiga qaramasdan, mumiya hayratlanarli darajada umuman jarohatlanmagandi.
Va m.a. 1075 yil va m.a. 664 yil oralig’ida ko’milgan bu mumiyaning haqiqiy siri, uning shaxsiyati va Tutmos III bilan aloqadorligida edi. Bu hurmatga sazovor fir’avnning shaxsiy quli Amenrenefe ekanligini ko’rsatuvchi yozuvlar topilgan bo’lsada, nega uni Misrning mashhur fir’avnlari ibodatxonasida dafn etilganligi haligacha ma’lum emas.
6. Boshsiz timsohlar
Gebel-el-Silsila boshsiz timsohlari.
2015 yilda Gebel-el-Silsileda 3400 yil oldin tosh o’yuvchi uyning ishchilari dafn etish joyi hisoblangan nekropol topildi. Skeletlarning tahlil qilinishi ba’zi bir qiziq ma’lumotni yetkazdi (odamlar karyerda yashagan va yaxshi jismoniy holatda bo’lgan), lekin qabristonda shuningdek, bir necha qiziq qabrlar topilgan. Eng noyobi, ichi qo’y va echki qoldiqlari bilan to’lgan maqbara edi, uning ichki hovlisini esa…timsoh himoya qilardi.
Yoshi katta timsoh albatta, tabiiy sabablarga ko’ra halok bo’lishi mumkin edi, balkim uni jabrlanuvchiga chiqarishgan, ammo keyinchalik ikkinchi reptiliyaning qoldiqlari topildi, hamda bu reptiliyalarni o’limdan so’ng majburan qabrlar orasiga terib chiqish belgilari ham ma’lum bo’ldi. Ikkalar timsoh bir xil turishda bo’lgan va ular boshsiz bo’lgan. Yana qizig’i shundaki, Gebel-el-Silsilaning himoyachisi Sebek, xudo-timsoh bo’lgan.
Сообщения из Facebook