Avstraliyaning Viktoriya shtatida joylashgan Peninsular otelining bosh oshpazi xohlovchilarga mamlakatdagi eng katta burgerni taklif qiladi. Agar kimda kim ushbu burgerni yeya olsa, pulini to’lamasa ham bo’ladi, buni ustiga 100 dollarlik mukofot oladi.
Biroq bunday mukofot e’lon qilinganda ham 3,5 kilogrammli burgerni yeydiganlar topilishi qiyin. Bahaybat 3,5 kilogrammli burger Avstraliyadagi eng katta burger hisoblanadi. Xohlovchilardan sanoqli odamlargina uni yeb tugata olgan. Bar-restoranning bosh oshpazi Toni Moss 9 yil avval ishga kelganidayoq ushbu maxsus taomni menyuga kiritgan. Ammo juda kam odam bunday taomga buyurtma beradi. “Yarim yilda bunday burgerdan 4-5 dona sotamiz” –deydi Toni Moss.
Bahaybat gamburger menyuga yozilmagan, biroq Peninsular mehmonxonasi yashovchilariga doimiy reklama qilinadi. Mehmonxona lobbisida mehmonlarga ushbu taom haqida so’zlovchi bukletlar turadi. Unga buyurtma beradigan odam, bir sutka oldin buyurtma berishi kerak. “Maxsus gamburgerning bunday bulochkasiga buyurtma berish uchun bizga 24 soat kerak bo’ladi” – tushuntiradi Moss. Biroq qolgan hammasi tez qilinadi – burger ichiga solinadigan mahsulotlar 25 daqiqada tayyor bo’ladi.
Taxminan 36 santimetrli diametrga ega burger 2 ta mo’l go’shtidan tayyorlangan 1.2 kg li kotletalardan, 5 ta qovurilgan bekon va 5 ta tuxumdan iborat, qo’shimchasiga pomidor, salat, piyoz, pishloq va souslar.
Burgerni buyurtma qilgan har bir odam uni yeyish musobaqasida qatnashadi. Burgerni 3 soat ichida yeb tugatgan odam, uning pulini to’lamaydi va yana 100 $ yutib oladi. Shunga qaramasdan vazifa oson emas. Bosh oshpazning so’zlariga qaraganda, o’tgan 9 yil ichida faqatgina 2 mehmon ushbu musobaqada g’olib bo’lgan.
Сообщения из Facebook