Hammaga ma’lumki, tez va qulay sayohat qilish uchun samolyot zarur. Bu qonunga davlat rahbarlari ham amal qiladilar. Ular eng shinam, hashamatli va so’nggi rusumdagi samolyotlarni xarid qilish uchun katta pullarni sarflaydilar, shuning uchun ham ba’zan oddiy xalqning tanqidiga uchraydilar.
Biz sizning e’tiboringizga so’nggi texnologiyalar bilan jihozlangan, ovqatxona, SPA salon va xonalariga eng hashamatli mehmonxonalar ham, qirol saroylari ham tenglasha olmaydigan eng qimmat, dabdabali samolyotlar ro’yxatini havola etamiz. Marxamat, tanishing.
20.Falcon 900 Ex – Gana
Samolyotning narxi – 37 million dollar, ilk paydo bo’lishi bilanoq butun dunyoda qiziqishga sababchi bo’ldi. Bu haddan tashqari qimmat samolyot ekanligini qancha ta’kidlamasinlar, Gana prezidenti bu uchoqni sotib olishga qat’iy qaror qildi. Falcon 900 Ex – Falcon 7X seriyasidagi ikki samolyotlardan biridir. U uzoq masofalarga uchish uchun mo’ljallangan bo’lib, 8 000 km masofaga yetadigan yoqilg’ini sig’dira oladigan bakka ega.Shuningdek samolyot TFE731-60 li dvigatel hamda eng so’nngi elektronika bilan jihozlangan. Samolyotning tezligi 950 km/soatiga bo’lgani bilan 1040 km/soatiga ham yetishi mumkin.
19.IL-96-300 – Rossiya
Rossiya prezidenti bahosi 50 million dollarga ega bo’lgan IL-96-300 samolyotida dunyo kezadi. Bu samolyot to’rtta PS-90 turbodvigatel bilan jihozlangan bo’lib, SSSRdagi ilk keng fyuzelyajli samolyot hisoblanadi. Sifatli navigatsiya va yoldoshli tizim parvozning xavfsiz bo’lishini ta’minlaydi. Samolyot bortiga 262 nafar yo’lovchi sig’ishi mumkin. 2015 yilda Rossiya mudofaa Vazirligi ushbu uchoqning yangi versiyasiga buyurtma berdi. U 3500 m masofaga to’ldirilgan bak bilan uchib o’ta oladi va dunyoda birgina nusxada ishlab chiqarilgan.
18.Airbus A319 – Braziliya
Airbus A319 samolyoti yaqindagina Dubaydagi ko’rgazmada namoyish etilgan edi. Uning narxi 81 million dollarga teng bo’lib, o’zi Braziliya prezidenti Dilma Rusefga tegishlidir. Bu samolyot bortiga chiqqan yo’lovchi shinam va dabdabaga tushib qoladi. Ularning ixtiyorlarida viqorli kreslolar, yoqimli yorug’lik va birgina chiqish eshigi havola etiladi. Bu past darajadagi tutun chiqaradigan juda tejamli samolyot hisoblanadi, uning bortiga 160 nafar yo’lovchi sig’adi. Parvoz masofasi 3750 km ni tashkil etadi.
17. Boing 737 – Tayvan
Tayvan prezidentiga tegishli bo’lgan ushbu Boing 737 samolyotining narxi 90 million dollarga teng. Bu samolyot parvoz sifatini yaxshilovchi yangi qanotlar, qo’nish tizimi va boshqa yangi texnikalar bilan jihozlangan. Yangi Boing 737 samolyoti avvalgi modellarga qaraganda tezroq va balandroq uchadi, yoqilg’ini esa 22% kamroq sarflaydi. Samolyot yuqori aerodinamik xususiyatga ega, shuningdek past darajadagi shovqin va svetodiod yoritish tizimi va qulay parvoz uchun zarur bo’lgan hamma kerakli narsalar bilan jihozlangan hashamatli salonga egadir.
16.Airbus A319 CJ –Italiya
Italiya prezidenti Jorjo Napolitanoga tegishli bo’lgan ushbu samolyotning narxi 90 million dollarga teng. Bu samolyot yuk va yo’lovchilarni katta qulayliklar bilan tashish uchun mo’ljallangan. Samolyot CFM56s aviadvigateli bilan jihozlangan bo’lib, har qanday uchuvchining orzusi hisoblanadi. U boshqaruv va nazorat tizimining olti ekrani, boshqaruv yon dastagi hamda elektr orqali masofadan turib boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Bu samolyotdagi barcha narsalar yo’lovchilarning xavfsizligi uchun yaratilgan. Ba’zan uni parvozga tayyorlash uchun yarim yillab vaqt ketadi.
15.Airbus A340-200 – Misr
Kengfyuzelajli Airbus A340-200 rusumli samolyotning narxi 166 million dollar bo’lib, u to’rtta turboventilyator dvigatel bilan jihozlangan. Samolyot shuningdek, shishali uchuvchi kabinasi, svetodiod yoritish tizimi va bortdagi ko’ngilochar markazga egadir.
14.Qiyomat kunining samolyoti – AQSH
AQSHning prezidentiga tegishli uchoqni “Qiyomat kunining samolyoti” deb atashadi. Bunday samolyotlar bor yo’g’i to’rt dona bo’lib, har birining narxi 220 million dollarga teng. Bu samolyotning xususiyatlari sir tutilmoqda. Lekin shunisi ma’lumki, uchoq yadroviy urush, asteroid bilan to’qnashuv va terroristik hujumlarga bemalol bardosh bera oladi.
13.AirbusA330-200 – Frantsiya
Tejamkor va mobil samolyot sifatida reklama qilingan Frantsiya prezidentining samolyoti 240 million dollarga teng. Airbus A330-200 rusumli bu samolyot yaqin va uzoq masofalarga mo’ljallangan. Uning bortiga 247 ta yo’lovchi si’gadi, shuning uchun samolyot saloni muzokaralar hamda mamlakat rahbarlarining yig’ilishini bemalol o’tkazish uchun barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan. Uchoq shuningdek, svetodiodlar bilan yoritilgan, super qulay kreslolar va ekipaj uchun yotoqlar bilan ham jihozlangan.
12.AirbusA340-500 – Tunis
Tunisning sobiq prezidenti bahosi 238 million dollarlik samoyoti bilan qoniqganmi-yo’qmi noma’lum, biroq uning iste’foga chiqishi bilanoq mamlakat hukumati samolyotni sotishga qaror qildi. Baland narxi va yuqori texnik xususiyatlariga qaramay samolyotdan kamdan-kam holda foydalanilgan. Uning bortiga 250 ta yo’lovchi joylashishi mumkin. Samolyot 15-16 ming km masofani bosib o’tishga mo’ljallangan, tezligi 890km/soatiga. Uchoq 13 000 metr balandlikda ham bemalol parvoz qila oladi.
11.AirbusA340-313 – Germaniya
Germaniyaning prezidentiga qarashli bo’lgan Airbus340-313 rusumli samolyotning narxi 238 million bo’lib, u barcha texnik va estetik talablarga javob beradi. Bu samolyot davlat rahbarlariga xizmat qilishdan tashqari samolyot xayriya reyslarida ham ishtirok etgan, masalan 2011 yilda livanlik qochoqlarni evakiatsiya qilishda qatnashgan. Samolyot 15-16 ming km masofani bosib o’ta oladi va bortiga 143 nafar yo’lovchini sig’dira oladi. Uchoq ichida VIP shaxslar saloni hamda yotoq joylari mavjud.
10.Boeing 777300ER – Bangladesh
Bangladesh davlatining hashamat va dabdaba bilan bog’liqlik tomoni yo’q, biroq gap bahosi 260 million dollarlik Boeing 777-300ER rusumli samolyoti haqida ketganda, bunga shubha tug’iladi. Bu samolyot mamlakatda 2011 yilda keltirilgan. General Electrik dvigatellari bilan jihozlangan uchoq birinchi va ikkinchi klass saloniga ega. Bort uzoq masofalarni yengib o’ta oladi, nisbatan yengil vazni tufayli esa yonilg’ini 22 %ga tejaydi. Ushbu samolyot Bangladeshdan Evropaga to’g’ridan-to’g’ri bir joyda qo’nmasdan parvozni amalga oshira oladi.
9.AirbusA340-600 – Iordaniya
Iordaniya rahbariga tegishli bo’lgan samolyotning narxi 275 million dollarga teng. Bu uchoq yoqilg’i jihatidan tejamkordir, so’nngi texnologiyalar bilan jihozlangan, unda siyosiy rahbarning qulayligi hamda xavfsizligi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu samolyot eng qimmat hisoblanmasada, lekin eng xavfsizlaridan biridir. Rolls-Royse kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatelillari nisbatan yengil bo’lishiga qaramasdan quvvati kuchli, shuning uchun samolyot 12 ming masofani bemalol uchib o’ta oladi.
8. Boeing 747-400 –Yaponiya
Yaponiyaning an’anaviy madaniyati tabiiylik va oddiylikka asoslangan. Biroq bahosi 300 million dollarga teng bo’lgan Boeing 747-400 bu qoidaga kirmaydi. U har taraflama taassurot uyg’otadi. Birinchidan, samolyot dam olmasdan 12300 km masofani uchib o’ta oladi, tezligi 916km/soatiga. Ikkinchidan u birinchidarajali aerodinamik xususiyatlarga ega. Uchoq birvarakayiga ikikita ekipaj bilan boshqariladi.
7.Boeing747SP – Yaman
Yaman prezidenti bahosi 300 million dollarga teng bo’lgan Boeing747Sp samolyotida parvoz qiladi. Afsuski, 2015 yilda aeroport hududida samolyot jiddiy zararlangan, shuning uchun president chet davlatlarga tashrifi chog’ida boshqa rusumdagi uchoqlardan foydalanadi. Hozirgi paytda Yamanda fuqarolar urushi ketmoqda. Mamlakatdagi 45 ta samolyotdan 15 taginasi qoldi va hukumat ularni bor kuchlari bilan saqlab qolishga harakat qilmoqda.
6.Boeing 747-200B –AQSH
Bu samoyotning narxi 325 million dollar bo’lib, mamlakat prezidenti undan rasmiy tashriflar paytida foydalanadi. Boeing 747-200B rusumi Boeing 747-100 ning avlodidir. U nisbatan og’irroq va kuchliroqdir. Ushbu uchoq 12 000 km masofani uchib o’ta oladi, uning to’rt dvigateli esa tezlikni 968km/soatigacha oshira oladi. Samoyot nafaqat texnik xususiyatlari, balki ichidagi hashamati bilan ahamiyatlidir.
5.Bort №1 Air Force One – AQSH
Air Force One samolyoti ham AQSH prezidentining yana bir samolyotidir. Bu “Qiyomat kunining uchog’i” samolyotiga o’xshash bo’lgani bilan unda biroz farq qiladi va ba’zi ma’lumotlari ma’lum. Uning narxi – 325 million dollar. Uning bortida Barak Obama ko’plab uchrashuvlar va majlislar o’tkazgan. Bu shunga loyiq: axir samolyot inter’yeri hashamatli, bortida ish va dam olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud hamda so’nngi texnologiyalar bilan jihozlangan. Samolyot 1300 km masofaga qo’nmasdan ucha oladi va bortiga yuzdan ortiq yo’lovchilarni sig’dira oladi.
4.Boeing 767 –Zimbabve
Zimbabve prezidenti Mugabe ushbu 400 million dollarlik samolyotga ega bo’lganida ko’plab tanqidlarga uchragan. Uchoqning qo’nishi va parvozidan oldin politsiya va xavfsizlik Xizmati uchish maydonchasini hamisha tozalab yirishlariga to’g’ri keladi. Chunki bu samolyotni tomosha qilish uchun birtalay odam yig’iladi. Ha, u haqiqatdan ham juda chiroyli: bortning yon tomondagi chiziqlar mamlakatning milliy bayrog’ining belgisidir.
3. A380 – Saudiya Arabistoni
500 million dollarlik bu samolyot Saudiya Arabistoni shahzodasi tomonidan xarid qilingan.U ko’proq besh yulduzli uchib yuruvchi mehmonxonaga o’xshaydi. Uning bortiga 800 ta yo’lovchini sig’dirish mumkin. Undan tashqari shahzodaning bunday uchoqlardan yana uchtasi bor. Samolyot bortida hashamatli va dabdabali hayot uchun hamma sharoitlar muhayyo: sauna, SPA salon, 20 kishiga mo’ljallanga restoran. Bundan tashqari “Sehrli gilam” nomli xona ham bor bo’lib, u o’zining chiroyi va hashamati bilan hammani lol qoldiradi.
2.Boeing 747 – Saudiya Arabistoni
Bahosi 520 millionli samolyot qirol Abdullaga tegishlidir. Boeing 747 rusumli bu samolyot har taraflama bekamu ko’stdir. Uning bortida hattoki haqiqiy fontan ham bor. Samolyot interyerini bezash uchun naq 150 million dollar sarf qilingan. Ushbu hashamatli uchoqqa berilgan “Uchuvchi qasr” nomi haqiqatga juda yaqin.
1.Boeing 787-8 – Meksika
Dreamliner nomli ushbu samolyotning narxi 600 million dollar. Bu haqiqiy orzudir! Bu – dunyodagi eng qimmat bortdir. Narxini eshitib hayron qolgan bo’lsangiz, uning texnik xususiyatlarini, interyer va eksteryerinini ko’rib lol qolasiz.Tashqi ko’rinishidan samolyot osmonga ko’tarilgan bahaybat ilonga o’xshaydi. U 1609 km/soatiga bo’lgan tezlikka ega.
Сообщения из Facebook