Din va Treysi Tvidlar uch farzandi bilan Aberistuitdan uzoq bo’lmagan Animalarium hayvonot bog’iga ko’chib o’tishdi. Endi ular 300 ta hayvon bilan birga yashaydi. Ularning qizlari Peyj, Sara va Sofi aytishlaricha “har daqiqadan zavqlanishadi”.
Uelslik ota bolalarini hayvonot bog’iga olib borishdan ham uzoqroq qadam tashladi – u va uning rafiqasi 800 mingdan ortiq pulni bog’ni sotib olishga sarfladi. Din va Treysi Tvidlar Milton Rejisdan ketib, uyidan 500 kilometr uzoqda yangi hayot boshlashdi. Endi ular qizlari va 300 ta hayvon bilan birga yashaydi, shular jumlasidan ilonlar, sherlar va timsoxlar. Ushbu xarid juda ham “Biz zoopark sotib oldik” filmining syujetiga o’xshaydi. Unda jurnalist Benjamin Mini o’ynagan Met Deymon va uning oilasi hayvonot bog’ini sotib olishadi.
Endi Tvidlar oilasi qarovchilar bilan birga bog’ va undagi 300 ta hayvoqn haqida qayg’ uradi. Ular orasida surikatlar, kenguru, sherlar, leopardlar, timsox va ilonlar bor. Treysi Tvidi psixoterapevt va o’z seanslarida hayvonlarni ishlatishni rejalashtirmoqda.
Tvidlar mos joyni qidirayotganda allaqachon 30 ta hayvonlari bor di. Hayvonot bog’i sotilayotganini ko’rib, juftlik o’ylab ham o’tirmay 800 ming dollar to’lab Aberistuitga yo’l oldi.
Din Tvidi aytishicha, uning do’stlari va qarindoshlari bunday xariddan yoqa ushlagan: “Biz mosroq ferma qidirayotgan edik, biroq Kentda narxlar qimmat, shuning uchun ko’proq qidirgandik va hayvonot bog’ini toptik. Bu aynan biz xohlagan narsa edi”.
Сообщения из Facebook