просмотров
Vat Sanam Ratanaram ibodatxonasidagi pushti rang Ganesha, Tailand.
1. Merilin Monro
Merilin Monro haykali.
AQSH
Xitoylik rassomlar Merilin Monroning 1951 yildagi "Yettinchi yilning qichimasi" filmidan lavhasining 8 metrlik gigant haykalini yaratishlariga ikki yil ketgan. Haykal AQSH ning bir necha joylarida, hamda Avstraliyada ko'rsatilgan edi.
2. Leshandagi Budda
Xitoy
Leshandagi Buddaning 71 metrlik tosh haykali Tan sulolasi vaqtida yaratilgan edi. U Leshan shahri yonida, Sichuan' xitoy provinsiyasidagi uch daryo kesishmasida Lin'yun'shan' tog'idagi qoyaga o'yilgangan. Bu ob'ekt YUNESKO ning umumjahon madaniy me'rosi ro'yhatiga kiritilgandan tashqari, u dunyodagi tosh Buddaning eng kattasi. Haykal aql bovar qilmas darajada aniq detallashtirish bilan yaratilgan.
3. Mevlan Rumi
Mevlan Rumining haykali.
Turkiya
Mevlan Rumining (XIII asr musulmon shoiri, huquqshunos, islom olimi, teolog, va suviy mistigi) haykalining balandligi uning asosini ham hisobga olganda, 20 metr. Bu ajoyib haykal Eri Okkam haykaltaroshi tomonidan loyihalashtirilib, qurilgan edi.
4. "Mansu Xill"
"Mansu Xill" skulpturaviy kompozisiyasi.
Shimoliy Koreya
Haykalning markaziy qismi - ikkita Shimoliy Koreya yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Irlarning baland, bronzadan qilingan haykallaridir. Avvaliga bu yerda bitta, 22 metrlik Kim Ir Senning oltin bilan qoplangan haykali turar edi. Lekin, keyinchalik oltinni bronzaga almashtirishgan edi. Natijada, Kim Chen Irning o'limidan so'ng, 2012 yilda haykalini qo'shib qo'yishgan.
5. Iso-gunohlarni yuvuvchi
Iso payg'ambarning haykali.
Braziliya
Bu Iso payg'ambarning ta'sirli haykali Rio-de-Janeyro, Braziliyada joylashgan. Uni tepalikda qurishgan, shuning uchun o'zi 30 metrlik haykal shahardan 610 metr balandlikda turadi. Uni dunyoning yangi etti mo'jizalaridan biri deb tan olishgan.
6. Mao Szedun
Mao Szedun haykali.
Xitoy
Bu 32 metr balandlikdagi haykalni Xitoyning Xunan' provinsoyasida ko'rish mumkin. Haykal Mao Szedun Raisining 32 yoshidagi byustini tasvirlagan. Aytishlaricha, uni qurilishiga 35 million dollar sarf etilgan ekan.
7. Merlion
Merlionning haykali (shahar arsloni).
Singapur
Singapurdagi Sentoza orolidagi Merlion haykali 37 metrlik haykaldir. Haykal arslonning boshi va baliqning tanasili afsonaviy mavjudot ko'rinishida gavgalangan. Merlion (shahar arsloni) Singapurning milliy ramzi hisoblanadi.
8. Chingishon
Chingishonning ot ustidagi haykali.
Mo'g'uliston
40 metrlik Chingishonning ot ustidagi haykali Mo'g'ulistondagi Tuul daryosi qirg'og'ida Chingishonning kompleksida joylashgan. Uni yaratishga 5 million dollar sarf etilgan bo'lib, 2008 yili qurib bitkazilgan. Tashrif etuvchilar haykalning boshiga ko'tarilishlari mumkin. U yerdan haykalning ko'kragi va bo'ynidan atrofga panorama ko'rinishi ochiladi.
9. Desebal
Desebalning qoya haykali.
Ruminiya
Bu, Dakiyaning so'nggi qiroli, Desebalning haykali, Ruminiyada Temir Darvozalar yaqinida, Dunay daryosi qirg'og'ida qoyalarda o'yilgan. Haykalning balandligi 40 metrdan ortiqligini hisobga olsak, u holda bu Evropadagi eng baland qoya haykalidir.
10. Murugan
Murugan ilohi haykali.
Malayziya
Murugan ilohi haykali Malayziyaning Selangorigagi Batu g'origa kiraverishda joylashgan. 250 tonna temir va 300 litr tilla bo'yoqdan qilingan, 43 metrlik haykal dunyodagi hindu ilohining ikkinchi eng katta haykali deb hisoblanadi. Shu bilan birga u Malayziyadagi eng baland haykal.
11. Afrika tiklanishi monumenti
«African Renaissance Monument» skulpturaviy kompozisiyasi.
Senegal
49 metrlik Afrika tiklanishi monumenti Atlantika okeaniga ochiladigan ko'rinish bilan, Senegalning poytaxti Dakarning chetkasida qurilgan. Gigant haykal chap qo'lida bola va ayolni ushlab turgan erkakni tasvirlaydi. Bu 27 million dollar turadigan haykalni qurish uchun to'rt yil vaqt kerak bo'lgan. U Afrikadagi eng baland haykal.
12. Iso- Shoz
Shox Isoning haykali.
Polsha
Polshaning Svenbodzin shahridagi Iso payg'ambarining haykali 52,5 metr balandlikka qad ko'tarib turadi. U shahar aholisining ehson pullariga yaratilgan edi. Haykalning faqatgina tojining o'lchamining balandligining o'zi 3 metrdan ortiq.
13. Ona-Vatan
Ona-Vatan monumental haykali.
Ukraina
"Ona-Vatan" haykali - Ukraina, Kievdagi monumental haykal. Bu balandligi 62 metrlik (yoki postamenti bilan 102 metr) haykal Sovet Ittifoqining nassist Germaniyasi ustidan g'alabasini tasvirlaydi. Uning kollosal balandligi tufayli, haykalni Kievning turli nuqtalaridan ko'rish mumkin.
14. Budda Chautadji
Budda Chautadjining haykali.
M'yanma
Budda Chautadji - bu yonboshlab yotgan Buddaning gigant haykali (66 metrdan ortiq uzunlikdagi) bo'lib, M'yanmaning Yangon ibodatxonasida joylashgan. O'zining bahaybat o'lchamlari tufayli, u Birma (M'yanma) dagi eng katta haykal hisoblanadi. U 1973 yilda diniy marosimda ochilgan edi.
15. Ganesha
Ganeshaning haykali.
Tailand
Bu yorqin pushti rangli haykal - Ganeshaning dunyodagi eng katta haykallaridan biridir. Sevimli hindu ilohiyotining gigant haykali o'lchamlari - 15,8 metr balandlikda va 23,8 metr uzunlikda. U Tailandning Chachoengsao provinsiyasida joylashgan.
16. "Ona-Vatan chorlamoqda"
"Ona-Vatan chorlamoqda" monumental haykali.
Rossiya
"Ona-Vatan chorlamoqda" o'z shakli tufayli murakkab muhandislik yechimi hisoblanadi: baland ko'tarilgan o'ng qo'lida u qilich ushlab turadi, chap qo'li esa, chaqiruv ishorasida cho'zilgan. Qurilgan vaqtida, 1967 yili u dunyodagi eng baland haykal bo'lgan edi (85 metr). Bugunda u Evropadagi eng baland haykal. U 7 900 tonnadan ortiq vaznga ega.
17. "Ozodlik haykali"
"Ozodlik haykali" monumenti.
AQSH, Nyu-York
Balandligi 93 metrlik Ozodlik haykali (yer sathidan to mash'al uchigaga) Nyu-York bandargohida Ozodlik orolida o'rnatilgan. U Fransiya millatining Amerika Qo'shma Shtatlariga qilgan sovg'asidir. Haykal Rim ma'budasi Libertasning ko'rinishida qilgan bo'lib, u bir qo'lida boshi tepasida mash'al ushlab turadi va ikkinchisida esa, ramziy "tabula rasa" o'rog'liq qog'ozini tutib turadi.
18. "Yan' va Xuan imperatorlari"
"Yan' va Xuan imperatorlari" skulpturaviy kompozisiyasi.
Xitoy
Bu skulptura balandligi 105 metr bo'lgan, "Yan' va Xuan imperatorlari" nomi ostida bo'lib, dunyodagi balandligi bo'yicha beshi o'rinni egallaydi. U Xitoyning Xenan' provinsiyasida joylashgan. Haykal siyosat va iqtisodiyotni aks ettiradi deb hisoblanadi.
19. Guan' In'
Guan' In' haykali.
Xitoy
Guan' In' haykalining balandligi 108 metrni tashkil etib, u Janubiy dengizda joylashgan San'ya shaharchasi yonida joylashgan. Uning dongdor dizayniga qo'shimcha, u Yerdagi balandligi bo'yicha to'rtinchi haykal hisoblanadi.
20. Lechjun-Sasachja Budda
Lechjun-Sasachja Budda haykali.
M'yanma
Lechjun-Sasachja Budda balandligi 116 metrdan ortiq bo'lib, dunyodagi balandligi bo'yicha ikkinchi o'rinni egallaydi. Budda Gautamani tasvirlovchi haykal Po Kaung tepaligi ustida qurilgan. Uni yaratishga 12 yilga yaqin vaqt ketgan. Haykal tagida dunyodagi eng katta yotgan Budda joylashgan.
Сообщения из Facebook