просмотров
"Biz yuqori kvavifikasiyali, o'z farzandi yo'q bo'lgan, bolalar psixologiyasi bo'yicha ilmiy darajasi bor, hamda kamida enaga bo'lib ishlagan 15 yillik tajribasi bor enagani qidirmoqdamiz", - Childcare.co.uk da deb yozilgan.
Ideal nomzod o'zini himoya qilishni bilishi kerak - ota-ona jang san'ati kurslarini to'lab beradilar. Hamda bu muhokama qilinmaydi.
London,Barbados, Keyptaun va Atlantada uylari bor bo'lgan ota-onaning 2 dan 15 yoshgacha bo'lgan to'rt nafar farzanflari bor. Oila ular bilan birga yashaydigan, haftasiga uch marotabagacha ko'chib o'ta oladigan enagani yollamoqchi.
Ishga bo'lgan talablar qat'iy. Omadli nomzod haftasiga olti kun, ertalbki 7 dan kech 20 gacha ishlawi kerak, darslarni tayyorlashi va uyda ta'lim oluvchi bolalar bilan shug'ullanishi kerak bo'ladi. Enaga topshiriqlarni bajarishi va bolalarni mashinada olib yurishi shart. Shu bilan birga u Porsche, Range Rover va Maserati kabi mashinalarni o'z ichiga olgan oilaning avtoparkidan foydalanishi mumkin.
Muvaffaqiyatli nomzod bo'sh vaqtini qanday o'tkazishni tanlashda juda ehtiyotkor bo'lishi kerak bo'ladi. "Biz enaga bo'sh vaqtini qanday o'tkazishiga aralashmaymiz, biroq ichkilik va narkotik moddalarning iste'mol qilishi mumkin emas va darxol ishdan bo'shatilishiga olib keladi",-deb ta'kidlaydi ona.
Ish beruvchilar xozirda 300 dan ziyod ish qidiruvchilardan xat oldilar. E'lon 9 avgust kuni Childcare.co.uk-ota-onalar, enagalar, repititorlar va boshqa bolalar bilan ishlaydigan mutahassislarni birlashtiruvchi Britaniya platformasi saytida joylashtirilgan edi.
"Biz baholay olish imkoniyatimizdan ko'rinishicha, bu profil, boshqa ish beruvchilarnikidandan ajralib turishiga qaramay, haqiqiyga o'xshaydi",-deb takidlaydi joylashtirilgan e'lonni portal.
Сообщения из Facebook