Qulupnay yurtimizdagi eng sevimli rezavor mevalardan biri bo’lsa kerak. Ko’pchilik uni ajoyib mazasi uchun yaxshi ko’radi va hamma ham uning foydali tomonlari, xususiyatlarini bilmasa kerak. Axir qulupnay faqat sog’liqqa ta’sir ko’rsatib qolmay, kosmetika sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Ko’proq bilishni istaysizmi? Unda davomini o’qing!
Qulupnay tishni oqartiradi.
Stomatologga tishni oqartirish uchun borishdan oldin, yaxshisi boshqacha yo’l tuting. Vaqtingizni tejab, shunchaki qulupnaydan bahramand bo’ling. Tarkibida vitamin C juda ko’p bo’lganligi uchun, qulupnay tish ustida yig’iladigan narsalarni bir pasda tozalab tashlaydi. Bu usuldan tez-tez foydalanib tursangiz, bir muncha vaqtdan so’ng tishlaringiz rangi oqarganini sezasiz.
Qulupnay yurak qon tomir kasalliklarini kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda yurak qon tomir kasalliklari birinchi raqamli qotildir va uni e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Kunlik ratsionga qo’shilgan qulupnay bu kasallikni oldini olishga yordam beradi. Undagi ellag kislotasi xolestirin darajasini nazorat qiladi. Bundan tashqari C vitamin qon tomirlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Qulupnay qarishni sekinlashtiradi.
Biz kletkalarimiz qariyotgani sababli qariymiz. Qulupnay esa ushbu jarayonni sekinlashtirishga yordam beradi.Undagi antioksidantlar qarish radikallariga qarshi kurashadi. O’tkazilgan izlanishlar natijasiga ko’ra, kuniga bir-necha dona qulupnayni tushlikdan keyn iste’mol qilish, sezilarli natija berar ekan.
Qulupnay xusnbuzarlarga qarshi vosita.
Agar siz yuzingizdagi xusnbuzarlardan charchagan bo’lsangiz, bir soat vaqtingizni qulupnayli niqobga ketqazing, natijadan siz albatta qoniqasiz. Qulupnayli niqob yuzingizda bo’lgan payt, antioksidantlar yuzdagi muammolarni hal qiladi.
Qulupnay sepkillarni oqartiradi.
Agar sepkillar joningizga tekkan bo’lsa, qimmat kremlarga pul sarflashning keragi yo’q. Qulupnayli sheykni sepkillaringizga sursangiz, ularni oqartirib beradi. Natija yaxshiroq bo’lishi uchun, limon sharbati, Smetana va papaya ham aralashtirsangiz bo’ladi.
Qulupnay baxt gormonlariga yordam beradi.
Ilmiy izlanishlar tasdiqlashicha, depressiya odamning psixik holatiga bog’liq, biroq bu odam tabiiy yo’l bilan undan qutila olmaydi degani emas. Depressiyani his qilsangiz, qulupnay iste’mol qilishga harakat qilib ko’ring – u gomosisteinning ortiqcha darajada shakllanishiga to’siqlik qiladi va qondan ozuqa mahsulotlari miyaga yetib borishini yaxshilaydi.
Qulupnay antionkologik xususiyatli ajoyib desert.
Qulupnaydagi antioksidantlar, onkologik profilaktika xususiyatiga ham ega. Uyda desert tayyorlayotganingzda, unga qulupnay solishni unutmang.
Qulupnay ko’z nuri uchun foyda.
Qulupnayning ajoyib xususiyatlari estetik maqsadlarda ham qo’llanilishi mumkin Agar ko’zlaringiz ostida soyali qopchalar bo’lsa, esingizda tursin, qulupnay u bilan kurasha oladi. Uning davolovchi va oqartiruvchi effekti, ko’z ostidagi dumaloqlar bilan kurashishga yaxshi. Bundantashqari qulupnaydagi C vitamin ko’z kasalliklarini profilaktika qila oladi.
Farzand kutayotganda o’zingizni qulupnaydan tiymang.
Agar siz bo’lajak ona bo’lsangiz, homiladorlik vaqtida normadagi qulupnay siz uchun foydali b’ladi. Chunki unda bolaning o’sishi uchun yetarlicha vitamin va minerallar bor.
Сообщения из Facebook