17,907
просмотров
просмотров
Ekspertlar fikrlariga ko’ra, o’yin maydonchalari barcha bolalarning jismoniy, ijtimoiy va umumta’lim rivojlanishi uchun asosiy maskanlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, bu joy, bolalar muloqot qilish, birgalikda o’ynash va masalalarni yechish qobiliyatlarini rivojlantiradigan maskan hisoblanadi.
10. Brumlebyudagi o’yin maydonchasi (Brumleby)
Kopengagen, Daniya
Brumlebyu 19 asrda qurilgan kam sonli kichik uylardan iborat. 1997 yilda bu yashash hududiga odatlar saqlanishi va renovatsiyasi uchun Europa Nostra Award unvoni berildi, terrasalar o’rtasidagi o’yin maydonchasi esa o’tmishga bugungi ko’zlar bilan qarashga imkon beradi.
9. Park Blakslend Riversayd (Blaxland Riverside Park)
Sidney, Avstraliya
Parramatta daryosi bo’yida joylashgan bu maydon Sidneydagi eng katta o’yin maydoni hisoblanadi, unda ulkan gorkani, qiyali tekislikka chiqish devorini, daraxtdagi 3 qavatli va 12 metrli uyni, yopiq gorkalar va shuningdek, Yangi Janubiy Uelsdagi eng katta akvaparkni ko’rishingiz mumkin.
8. Nishi-Rokugo parkidagi bolalar uchun o’yin maydoni
Tokio, Yaponiya
Yaponiyada Nishi-Rokugo nomli park mavjud, va u o’zbek tiliga tarjima qilinganda Shinalardan yasalgan park deganini bildiradi.
7. Gulliverning ochiq maydoni
Valensiya, Ispaniya
Adabiyot bolalar tasavvurini rivojlantirish uchun ko’p sonli fikrlarni berishi mumkin. Misol uchun, Djonatan Sviftning kitobi ushbu o’yin maydonini yaratishda uning mualliflarini yaxshigina ilhomlantirdi. Bu yerda bolalar shishali toladan yasalgan ulkan Gulliver modeliga chiqib, lilluputlar rolini o’ynashlari mumkin.
Сообщения из Facebook