просмотров
Dubay Amirliklarning eng yirik shaharlaridan biri bo'lib, o'zining "kelajak shahri" titulini mustahkamlamoqda. U ommaga va politsiya professional sudlarga ko'plab qurilma va texnika birliklarini taqdim etib qolmoqda. Yaqin orada bo'lib o'tgan GITEX ko'rgazmasida politsiyachilarga ularga uchishni o'rgatadigan apparatni ko'rsatishdi.
Juda ham tez uchadi.
Endilikda bironta ham qonunbuzar Dubay politsiyasidan qochib keta olmaydi, chunki u yerlik tartib nazoratchilari uchishni o'rgandilar. Yo'q, o'z o'zidan ularda qanotlar o'sib chiqqani yo'q. Hamma gap yangi texnologiyalarda. Ular yordamida birinchi "kvadro-multi-sikl-kopter", yoki oddiy qilib aytganda uchar skuter yaratilgan edi. Shunday qilib Dubay dunyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyali shahar degan nufuzini mustahkamlashda davom etmoqda. Shu jumladan huquqiy tartib sohasida ham.
Xech ham katta emas.
Politsiya xoverbayki yuqori texnologiyalarning mahalliy yirik ko'rgazmasi GITEX da namoyish etilgan edi. Uni yaratganlarning so'zlariga qaraganda, uchar apparat maxsus politsiya ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan. Xozirgi bosqichda u hali faqat konsept bo'lib, biroq shu vaqtining o'zida u o'z parametrlari bilan dunyoning turli burchaklaridan bo'lgan boshqa analoglaridan o'zib ketmoqda. Apparat bir odamni olib ketishi va 5 metr balandlikka ko'tarilishi mumkin. Harakatlanishning maksimal tezligi - 70 kilometr/soat. Mashina bir nechta elektrodvigatellarda ishlaydi. Afsuski xozircha prototip juda ham ochofat bo'lib, zaryadi faqat bir yarim soat parvozga yetadi. Batareyalar zaryadiga esa uch soat vaqt zarur.
Qonunbuzar qochib keta olmaydi.
Politsiya xoverbaykini uchuvchisiz boshqarish ham mumkin. Masofadan boshqarish rejimi mavjud bo'lib, u mashinani uchuvchisiz apparatga aylantirish imkonini beradi. Bu holda harakatlanishning maksimal tezligi 100 kilometr/soatga o'sadi. Uchar apparat datchiklar to'plami, kameralar va mikrofonlar bilan jihozlangan. Hatto, yonib - o'chuvchi signal chiroqlar va sirenaga ham ega. Afsuski bunday texnikani qo'llash doirasi hali aniq emas.
Alohida ta'kidlash joizki, bu kabi uchar apparatlarning ekspluatasiyasi real sharoitda, aholi yashash punktlarida juda qiyindir. Hamma gap havfsizlikda. So'nggi ikki yil ichida borgan sari ko'proq davlatlar aholi yashash punktlarida uchuvchisiz uchar apparatlarning parvozini cheklamoqda, hamda bunday vositalar ekspluatasiyasining texnik reglamentini kiritmoqda. Shu o'rinda, shahar multikoperlari (va ular turiga kiruvchi har qanday texnoka) 2 kilogram vazni bo'yicha cheklangan.
Сообщения из Facebook