просмотров
Bu mashxur sur'at qilingan vaqtda Shep 19 yoshda bo'lgan edi. Hamda u artrit bilan kasal edi. Uning azoblarini sal bo'lsada yengillashtirish maqsadida Djon har kuni Yuqori ko'liga uni olib borar edi. U itni qo'lga olib suvga chuqur tushardi. Suv shu darajada itga o'zini bo'sh qo'yish imkonini berar ediki, og'riqlari tinchlanardi va Shep egasining ko'kragida tinchlanib uxlay olardi.
Djon Anger va uning do'sti Shepni uysiz hayvonlar uchun boshpanadan olishgandi. Bu do'sti bilan u turmush qurmoqchi bo'lgan edi, lekin 11yil avval ajralib ketishgan va so'ng chuqur depressiyaga tushib qolgan edi.
"Men sizlarga to'g'risini aytsam, bu it bo'lmaganida men hayot bo'lmagan bo'lar edi. Kunlardan bir kun men o'z jonimga qasd qilish fikri bilan uyg'ondim. Lekin men bilan Shep bor edi va ... men buni qanday tushuntirib berishni ham bilmayman. U ton ma'noda meni bu fikrlardan chegaralab qo'ydi. U men uchun shunchalar ko'p narsa qildiki, men unga qarigan vaqtida uning azoblarini yengillashtirish uchun qilayotganlarim - bu u uchun qilishim mumkin bo'lganlaridan juda kichik qismi",-deb Djon, uning uchun kutilmaganda boshiga yog'ilgan mashxurlikdan keyin bergan intervyusida aytgandi.
Djon facebookda sahifa yaratdi va u yerga Shepning yangi sur'atlarini yuklardi va shu orqali yangi do'stlari bilan muloqot qilar edi. "Odamlar bu sur'atlarni ko'rganlarida, ular bu dunyoda mehr va yaxshilik hali ham bor ekanidan xursand ekanlarini yozadilar", - deb aytib beradi Xanna Xadson - fotograf, Djonning do'sti va mashxur sur'atini sur'atga olgan. Kommentlarda ko'p odamlar ular o'z kuchuklarini va yaqinlarini yo'qotganlari haqida, sur'atga qaraganlarid ko'z yosh to'kishlarini yozishadi.
Xanna va Djon Yuqori ko'li qirg'og'ida bir yil avval bekorga ko'rishmagan edilar. Veterinar Djonga itning kasalligi progreslashayotganini va ehtimol, itni uxlatib qo'yish yaxshiroq bo'lardimi deb aytgan edi. Yaqin orada o'z eng yaqin do'stini yo'qotishini tushunib turgan kishi do'stidan uni va Shepni esdalik uchun sur'atga olishini iltimos qilgandi. Xannaga juda zo'r kadr olish nasib qilgan, u nafaqat Djonning, balki butun dunyodagi minglab odamlar yodida qoldi.
Uxlayotgan Shep bilan sur'at mashxur bo'lib ketganidan so'ng, Djon butun dunyodan ko'p sonli sovg'alar va pul o'tkazmalarini davolash uchun ola boshladi. Kasal it davolangan klinikaning veterinari ko'plab anonimlar pul o'tkazayotganlaridan hayratda edi. Uning so'zlariga qaraganda, Djon yaxshi yigit, lekin boy emas. Biroq o'z iti uchun uni oxirigacha tuzatib bo'lmasada, barcha imkoni bo'lgan narsalarni qilardi. Uning iti kuchiklar o'rtacha yashaydigan umrdan ko'p yashagandi.
Mashxurlik Shepni hayotini feyarli bir yilga uzaytirishga va o'z 20chi tug'ilgan kunini qarshi olishga imkon berdi. 2013 yili 18 iyulda Djon o'z sevimli uy hayvoni o'limi haqidagi tragik xabarni e'lon qildi: "Men nafas olmoqdaman, lekin nafasimni rostlay olmayapman. Kecha Shep o'ldi".
Сообщения из Facebook