просмотров
Prezident Donald Tramp: Autsayder bo’l
Qo’shma Shtatlar prezidenti mansabidagi birinchi murojaatida Donald Tramp Liberti Universiteti bitiruvchilarini “eskirib ketgan qiymatlar va raxbariyatga, ularning hayot haqidagi qotib ketgan tasavvurlariga chaqiriq tashlashga” chorlagan: “Esingizda tuting: haqiqatdan ham muhim qilmishlar hech qachon osonlik bilan amalga oshmaydi. Siz o’z yo’lingizni qat’iy tanlaganingizdan keyin, to’g’ri yo’l tutishga jasorati yetmaydiganlar tomonidan bo’ladigan tanqidga tayyor turing”. Trampni fikricha, “autsayder” deb tanilish, bu umuman olganda yaxshi: “Faqatgina autsayderlar dunyoni o’zgartirishlari mumkin”. “Chirib ketgan tizim sizga, qanchalik ko’p noxaqsiz desa, shunchalik dadillik bilan oldinga yurish kerak” – deb aytadi Tramp.
Mark Tsukerberg: Shunchaki o’z maqsadini topish yetarli emas
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg shunga aminki, hayotda shunchaki o’z maqsadini topish yetarli emas deb – ko’pchilik yoshlar shunday qilishga harakat qilishadi. Garvardni 2017 yil bitiruvchilariga aytganiday, 20 yoshdan ozgina o’tgan zamonaviy yoshlarni haqiqiy vazifasi – barchada maqsadni tushunadigan odamlar olamini yaratish. Tsukerberg – aytadi: “Maqsad – bu o’zini biron bir ulkan narsani qismi deb his qilish, o’zining kerakligi anglash va porloq kelajakga ishonch. Maqsad – bu haqiqiy baht boshlanadigan joy”.
Richard Brenson: Hech qachon hech narsa haqida afsus qilmang – harakatda davom eting.
Buni unga onasi o’rgatgan. “Meni hayratlantiradi, qanday qilib o’zini unutgan odamlar omadsizliklariga yopishib qoladi, shu quvvatni foyda bilan sarflash o’rniga”, - deb Good Entrepreneur bilan intervyuda Virgin Groupni asoschisi va raisi aytadi. – “Menga haqiqatdan ham Virgin barcha bo’limlarini ta’minlash yoqadi, shuning uchun men omadsizliklardan qo’rqmayman. Istalgan xato – bu fojea emas, balki yangi tajribadir”.
Sheril Sendberg: Maqsadga to’g’ri yo’llar yo’q
“Fortune Magazinidan Peti Sellers aytganiday, karyera – bu Narvondan ko’ra, butun gimnastik majmuadir” – deb yozmoqda Facebookni ijrochi direktori Quora qaydida. Sheril Sendberg so’zlariga ko’ra, uzoq mavxum orzu , uning amalga oshirish uchun aniq 18-oyli reja bilan juda ham to’g’ri keladi. O’ta uzoq muddatli reja bo’shashtiradi – bunday qilib siz orzuga berilib ketasiz. Qisqa muddatli reja esa kuch to’plashga va yarim yil ichida oldinga siltanishga chaqiradi. “O’zingizdan so’rang, sizni nima yaxshiroq qiladi va qayerga borishdan qo’rqasiz – aynan shu yerga burilish kerak”, - deb yozadi u.
Uorren Baffett: O’z harakteringizni jilovlang
2010 yildagi Yahoo! Bilan intervyuda Berkshire Hathawayni raisi va bosh direktori Uorren Baffet aytgan, hayotida eng zo’r maslaxatni Berkshire Hathaway direktorlari ittifoqi a’zosi Tomas Merfidan eshitgan. Merfi unga aytgan: “Esingizdan chiqarmang, Uorren: odamni ertaga ham hohlagancha so’kish mumkin, buni sizga hech kim taqiqlamaydi. Bugun esa shunchaki tilingizni tiying va qarang, ertaga sizning hissiyotlaringizdan nima qoladi”. Bundan tashqari, 2015 yildagi Berkshire Hathaway aktsionerlarini yig’ilishida Baffet qiziquvchan yettinchi sinf o’quvchisini do’stlik haqidagi savoliga javob bergan: hamkaslblar bilan yahshi chiqishish uchun, dedi u, yosh o’tishi bilan o’zgarish kerak, o’z kumirlariga taqlid qilib ulardan yahshi hislatlarni olib.
Bill Geyts: Qiyinlashtirmang
2009 yildagi CNBC bilan intervyuda Microsoftni hammuassisi va raisi Bill Geyts, Uorren Baffetni barcha narsada oddiylikga rioya qlish qobiliyatiga qoyil qolar edi: “Uning kalendariga qarang – unda barchasi oddiy va tushunarli. Siz undan qandaydir yoqimli sanoat haqida so’raysiz, va u haqida uning esida yoq, bir necha asosiy fakt va raqamlardan tashqari. Qanchalik oddiy bo’lsa, shunchalik yaxshi. Baffet shuni tanlaydiki, uning modeliga kiradiganni va uzoq vaqt davomida ishlaydiganni. Barcha ortiqcha keraksiz narsalarni asosigacha soddalashtirish – bu geniallikni o’zgacha shakli”.
Lloyd Blankfeyn: o’zingizni bo’sh qo’ying
Goldman Sachsni bosh direktori iqror bo’ladi, o’zi yoshligida bunday haqiqiy foydali maslaxatga rioya qilmagan – lekin bekor qilgan. Butub dunyo banklar stajyorlariga nimani e’lon qilgan: “Shunday sport yoki boshqa bir ish yoqki, unda biron bir narsaga erishish mumkin, faqatgina mahkam ushlash qobiliyatga ega bo’lib. Beysbol yoki golf bo’lsa ham. Qanchalik bukiluvchanlikni namoyish qilsangiz – shunchalik natijalar yahshi bo’ladi. Biron bir narsaga cho’zilib yetish kerak bo’lganida, kaltak bilan olishdan ko’ra, ko’pincha arqon tashlab olish osonroq. Shuning uchun qatiqqo’l odam – doimo omadli odam emas”.
Djoan Rouling: Mag’lubiyat bilan ko’nikmoqlik kerak
Garri Potter haqida kitob muallifi omad haqida ham, mag’lubiyat haqida ham ko’p narsa biladi. “Hatolar haqida ko’proq gapirish kerak. Bu menga o’zini vaqtida juda yordam bergan bo’lar edi, biron bir omadli odam to’g’risini aytganida: “Sen mag’lubiyatga uchraysan. Bu muqarrar. Muhimi, keyinchalik qanday yo’l tutishing””, - Rouling bir kuni shunday deb ta’kidladi. Dunyodagi eng badavlat ayollardan biri bo’lishidan avval, Rouling shunchaki yolg’iz ona bo’lgan, Buyuk Britaniyada nafaqaga yashaydigan. Yosh sehrgar haqidagi birinchi kitobni Edinburg kafesida yozishni boshlagan, qo’l yozmani nashriyotga berish vaqti kelganida, hama tomondan rad javoblar yog’ilgan, deb ma’lumot bermoqda Guardian. “Juda ham qisqa bo’lgan turmush tarqalib ketdi, men esa ishsiz yolg’iz-ona bo’lib qoldim – mening bosh panam bor edi, qolganida esa men shunchalik qashshoq yashagandimki, Buyuk Britaniyada buning qanchalik ilojisi bo’lsa. Men o’zimni dunyodagi eng omadsiz deb hisoblar edim”, - deb, bu haqida 2008 yilda Garvarddagi tadbirda Rouling aytib berdi. Lekin hozirda o’tmishdagi omadsizliklarni u “sovg’aday qabul qilmoqda”, ular uchun ko’z yoshlari bilan to’lashiga to’g’ri keldi – lekin o’z haqida va boshqa odamlar bilan o’z munosabatlari haqida u ko’p narsani bilib oldi.
Erik Shmidt: Ko’proq “Ha” deng
«Men olgan eng yahshi maslahatlar» kitobida, Googleni direktorlar kengashi raisini Erik Shmidtni Keti Kurik tsitata qilmoqda: “Ko’proq “Ha” deyish uchun o’zingizda kuch toping. Boshqa davlatlarda takliflarga, yangi odamlarga tanishishga va biron bir yangi narsani o’rganish uchun ko’proq “Ha” deng. “Ha” - bu sizning omadli suhbatdan o’tishingiz, yashshi karyera, juftingiz bilan uchrashuv va hattoki bolalaringizni tug’ilishi”.
Stiv Djobs: Orzuni ketidan ergashishni o’zi yetarli emas.
Stiv Djobsni biograf Uolter Ayzekson o’z suhbatini eslaydi Apple yaratuvchisi bilan uning o’limidan sal avvalroq: “Ha, biz doimo orzu ketidan ketish kerakli ekanligi haqida aytamiz, lekin biz – faqatgina tarihni qismi. Unga o’z hissamizni qo’shishimiz kerak, jamiyat uchun biron bir foydali narsa qilmoq kerak, 20, 30, 40 yildan so’ng avlod tan olishi uchun: “Ha, unda nafaqat orzu bo’lgan, balki boshqa odamlarga yordam berishga intilish ham””.
Сообщения из Facebook