Bizning galaktik uyimiz haqida biz deyarli hamma narsa bilamiz deb o'ylaymiz.
Haqiqatda esa bu unday emas - ba'zi olimlar, odamlar Yer haqida butun koinot haqida bilib o'rganganlaridan ko'ra kamroq narsani bildilar, deb hazil qiladilar.
Siz uchun odam.uz bizning sayyoramiz haqida, ehtimol sizni hayratga soladigan, bir qancha qiziqarli faktlarni yig'di.
Everest - sayyoramizning eng baland tog'i emas
Everest, 8 848 metr
Mauna-Kea, 10 203 metr
Mauna-Kea vulqoninig dengiz sathidan balandligi 4 205 metrni tashkil qiladi, ammo uning katta qismi suv ostida yashiringan. Bucho'qining umumiy balandligi esa, 10 203 metrni tashkil qiladi, ya'ni Everestdan 1 355 metrga ortiq.
Mamlakatlarning yuqori chegaralari bor
Yerning atmosferasi
Karman chizig'i - bu shartli chiziq bo'lib, u dengiz sathidan 100 kilometr balandlikda joylashgan. Yer atmosferasi ancha balandda tugashiga qaramay, Xalqaro aviasiya assosiasiyasi aynan shu belgini koinot va atmosfera o'rtasidagi chegara deb tan olgan.
Yerdagi eng qurg'oqchilikli joy Antartidada joylashgan.
Shamol tezligi - 320 kilometr / soat gacha
Sayyoramizning eng qurg'oqchilikli joyi deb - Chilining Atakama cho'li hisoblanadi. U yerda yog'ingarchilikkar bir necha ming yildan beri bo'lmagan. Lekin, Yerda yog'ingarchiliklar 2 million yildan beri bo'lmagan joy bor bo'lib, bu Antarktidada joylashgan Mak-Merdo quruq vodiylaridir. Bundan tashqari, bu yerda sayyoramizdagi eng kuchli shamollari esadi.
Yer yuzida chuchuk suv 3% dan ko'p emas
Baykal ko'li
Sayyoramizning 97% suvi dengiz va okeanlarda joylashgan bo'lib, uning barchasi tarkibida yuqori miqdorda tuzlar va minerallar borligi sababli iste'molga yaroqsiz. Qolgan 3% suvdan 70% muzliklarda joylashgan, qolgan 20% esa Baykal ko'lida.
Yerdagi eng qadimiy ibodatxonaning yoshi 12 000 yildir
Eng qadimiy Gyobekli-Tepe nomli ibodatxona kompleksi qoldiqlari xozirgi zamonaviy Turkiya hududida joylashgan. Devorlar qoldiqlaridagi topilgan sur'atlar, olimlarga 11 000 yil avval Yerga kometa qulaganini va buning natijasida butun sayyoramizning harorati pasayib ketgani to'g'risida taxmin bildirishlariga imkon berdi.
Oy qachonlardir Yerning bir qismi bo'lgan
Yerda va Oyda kislorod hamda titan deyarli bir xil
Shveysariya olimlarning ilgari surgan taxminlariga ko'ra, 4,36 milliard yil avval Yer gipotetik sayyora Teya bilan urinma bo'yicha to'qnash kelgan. Buning natijasida Yer mantiyasi uzilib, sayyoramizning tabiiy yo'ldoshiga aylangan.
250 million yildan so'ng qit'alar qayta birlashadilar
250 million yil avval
250 million yildan so'ng
Hammaga ma'lumki, 335-175 million yil avval mavjud bo'lgan yagona Pangeya qit'asi Lavraziya va Gondvanada bo'lingan. Ular esa, keyinchalik xozirgi kunda mavjud bo'lgan qit'alarga bo'linganlar.
Olimlarning bashoratlariga ko'ra 250-300 million yildan so'ng qit'alar qaytadan yagona bo'lib birlashadilar va So'nggi Pangeya nomli superqit'a hosil qiladilar.
Bitta bakteriya Yerdagi deyarli barcha tirik mavjudotlarni qirib yuborgan
Timsoxlar - arxozavrlar avlodlari
Masachuses texnologiya universitetining olimlarining nazariyalariga ko'ra, natijasida Yer yuzida 90% tirik mavjudotlar qirilib ketgan, ommaviy qirg'nning sababi bo'lib, atigi bitta metanosarsina nomli bakteriya xizmat qilgan.
252 million yil avval Dunyo okeani suvlarida uning miqdorining o'sishi olimlarga ma'lum bo'lgan xasharotlarning ommaviy qirilishiga olib kelgan. Aynan shu dinozavrlarning ajdodlari - arxozavrlarga "hayotga yo'l" bergan deb hisoblanadi.
Sayyoramizning katta qismi doim zulmatga cho'mgan
Tinch okeani tomonidan Yerning ko'rinishi
Ma'lumki, Dunyo okeani yer sharining 71% ni egallaydi. Quyosh nurlari bilan yoritilgan suv qavatining qalinligi 200 metrdan oshmaydi. Qolgan barcha suv qavatlari qorong'ulikda joylashgan. Shunga muvofiq, sayyoramizning katta qismi, kun va tunning istalgan vaqtida, zulmatga cho'mgan.
Qo'shni mamlakatlarda vaqtning farqi bir sutkadan ortiq bo'lishi mumkin
Kiritimati oroli, Kiribati, +14 UTC
Atoll Roze, Amerikalik Samoa, -11 UTS
Amerikalik Samoa va Kiribatiga tegishli bo'lgan Layn orollari o'rtasidagi masofa atigi 2 000 kilometr bo'lishiga qaramay, vaqtning farqi 25 soatni tashkil qiladi.
Сообщения из Facebook