“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!
“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!
So’nggi vaqtlarda zamonaviy apartamentlarda urfga kirgan kvartira-studiyalar katta shaharlardagi aholi sonining ko’payishi hisobiga ham ommalashmoqda, bizningcha. Tor va chegaralagan masofadagi uyingizning dizayni sizga ma’qul bo’lmasa, ushbu g’oyalarga diqqat qaratishni maslahat bergan bo’lar edik. Quyidagi maqola orqali tor joyda ham o’ta qulay va ajoyib sharoitlar yaratish olish mumkinliga amin bo’lasiz.

Kub shaklidagi yotoqxona

Bunday ko’rinishdagi uylarning aksariyat qismi dinamikani xush ko’ruvchi yoshlarga tegishli bo’lib, bu yerda o’zingizni haqiqatan ham erkin his qila olishingiz mumkin. Hududning torligi va o’ta kichik ekanligi ham qulay yotoqxona yaratish uchun halal berolmaydi.
Fransiyaning Batiik Studio kompaniyasi mutaxassislari o’zida bir nechta funksiyalarni jamlagan orginal karavot yaratishga muvaffaq bo’ldilar. Bu yerda uxlash uchun joy, kichik xona, buyumlarni saqlash sohasi joylashgan.
Bu turdagi mebel sohibiga aylanish orqali katta va noqulay uy jihozlaridan osongina voz kecha olasiz. Karavot tagida ham ko’plab yashirin javonchalar bo’lib, bu yerga ham yetarlicha miqdordagi buyumlar va liboslarni solib qo’yishingiz mumkin. Bundan tashqari, yotoqxona hududida havo aylanish tizimi juda yaxshi ishlaydi va sokin uyquni to’laligicha ta’minlab beradi.

Optik illyuziya

Mazkur suratda 30 m2 hududda yaratilgan ajoyib interyer namunasini ko’rishingiz mumkin. Bunday xona Polshadagi shaharlarning birida yaratilgan bo’lib, sohani kengaytirish uchun dizaynerlar asosiy rang sifatida oqni tanlashgan. Shift uchun esa moviy va zumradrang bo’yoqlar tanlab olingan, bunday yechim esa xonani katta va kengroq ko’rsatish uchun ko’mak bergan.

Dinamika

O’ta kichik xonalar interyeri uchun dinamika ko’magidan foydalangan holda ajoyib g’oyalar o’ylab topish mumkin. Buning eng oddiy yo’li xonani imkon qadar yorug’roq ko’rsatishdir. Bu borada sovuq ranglar taratadigan lampalar juda qo’l keladi. Bir nechta yoritgichlar bilan betakror ko’rinishga keltirilgan xona haqiqiy san’at asariga aylanib ketadi. Shuningdek, lampalar hududni kengaytirish va dinamika qo’shish vazifalarini ham bajaradi.

Klassikaning yangicha ko’rinishi

Unchalik katta bo’lmagan hududni bir nechta qismga bo’lish uchun stellajlar ko’mak beradi. Ammo bunday g’oya bilan zamonamiz insonlarini hayratga solish mushkul. Shu sababli Britaniya mutaxassislari tomonidan aylanuvchi stellajlar o’ylab topildi. Qo’shimcha sifatida bu yerdan plazma erkanli televizor va turli ko’rinishdagi dekor elementlari uchun joy ham ajratilgan.

Shisha homashyosi

Odatda aksariyat insonlar haddan ortiq ochiq maydonni yoqtirmay, uni bir necha qismga bo’lishga urinadilar. Dizaynerlar esa bu borada shisha xomashyosidan foydalanishni maslahat berishdi. Bunday “devor”lar bilan uyingiz xonalarini bir nechta qismga bo’lish ham, hududni haddan ortiq tor qilib qo’ymaslikka ham erishish mumkin.

Yuqori shift

O’ta tor xonalarda yuqori shiftlar ko’magida takrorlamas interyer namunalarini yaratish mumkin. Buning uchun karavotni biroz yuqoriga ko’tarib, birinchi “qavat”ni esa oshxona va mehmonxona sifatida jihozlaysiz.

Buyumlarni yashirin holatda saqlash tizimi

Bu turdagi apartamentlarda buyumlarni ko’zdan nari va yashirin holatda saqlash mumkin. Buning uchun devorlar fanerdan ishlanadi va u yerga o’rtacha kattalikdagi javonlar joylashtiriladi. Bunday “devorlar” bir qarashda yahlit holda ko’rinadi, aslida esa har qanday javon o’rnini bosa oladi.

Shift usti hududi

Suratdagi kabi interyer namunasi turli buyumlarni saqlash uchun ayni muddaodir. Suratda shift ostiga o’rnatilgan fanerli konstruksiyani ko’rishingiz mumkin. Bundan xomashyo juda arzon turadi va ajoyib ko’rinishi bilan barchaga manzur bo’ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook