Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar
Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar
“Yangi yilni qanday kutib olsang, yilni ham shunday o’tkazasan” degan iborani eshitgan bo’lsangiz kerak. Ammo oramizda barcha ham o’tayotgan yilning oxirgi kunida nimalar qilish mumkin emasligini bilmaydilar. Mazkur kunda amalga oshirilgan xatolar esa kelayotgan yil davomida inson hayotida aks etib turaveradi.
Kelayotgan 2018 yil sharqona taqvim bo’yicha Sariq kuchuk yili bo’lib, ushbu jonivor o’zining sodiqligi, barqarorligi va quvnoqligi bilan ajralib turadi. U pul ortidan quvmaydi, ammo dunyo yanada mehrga to’la va yaxshiroq bo’lishini istaydi. Shu sababli barchaga yaxshilik istovchi jonivor yilini kutib olishga doir odatlar va yangi yil arafasida qilish mumkin bo’lmagan ishlar ro’yhati bilan tanishib olgan zarar qilmaydi.
Albatta, yangi yilni pijamada, divanda yotib olgancha kutgan qulayroq, ammo bayramona libos haqida ham unutmaslik kerak. Libosingiz toza, dazmollangan va tantanaga mos bo’lsin. Aks holatda kelgusi yilda kambag’allik bilan to’qnashish ehtimoli ortadi.Aynan shu sabab bilan bayram stolida uchgan va darz ketgan idishlarni qoldirib bo’maydi, yaxshisi ularni tashlab yuboring. Bayram dasturxonidagi taomlarning ham juda kam bo’lishi pul bilan bog’liq qiyinchiliklarni boshlab kelishi mumkin. Buning uchun bir qozon ovqat tayyorlashingiz shart emas. Yeguliklar oz miqdorda bo’lsa ham har-xil bo’lishi kerak.
Buzilgan buyumlarni ham bayram arafasida uyda qoldirib bo’lmaydi. Agar tasodifan idish yoki archa o’yinchog’ini sindirib qo’ysangiz, uning bo’laklarini uyingizdan chiqarib tashlang. Bu sizni kelgusi yildagi ko’ngilsizliklardan himoya qiladi. Rakovinada yig’ilib qolgan idishlarni ham Yangi yil kirib kelishiga yaqin yuvmaslik kerak. Agar kelgusi yili hayotingizda yoqimli voqealar sodir bo’lishi va xursand bo’lib yurishni istasangiz ularni ertangi kun yuvib qo’yasiz. Yangi yil kechasida hech kim bilan baxslashmang, birovni aldamang va urushmang. Aks holda ushbu janjallar sizni kelgusi yil davomida ham ta’qib qiladi va hayotingizda yangi dushmanlar paydo bo’ladi.
Agar uyingizga kutilmagan mehmonlar kirib kelsa, ularni mehmon qilish fikridan voz kechmang. Rad javobi “Kuchuk”ni g’azablantiradi va kelgusi yilingiz janjal hamda kelishmovchiliklar bilan to’lib ketadi. Bayram chog’ida do’st va tanishlaringizdan qarz olmaslikka harakat qiling. Shu orqali omadni pullar bilan birga berib yubormaysiz, o’zingizda ushlab qolasiz. Yangi yil uchun avvaldan tilak o’ylab qo’ying. Uning amalga oshishiga muhim oltin qoida bor: Tilagingizda “ma” qo’shimchasi ishlatilmasligi kerak (“Kasal bo’lMAy, hech kim bilan urushMAy, ishsiz qolib ketMAy” kabi).
Agar ish vazifangiz yuzasidan yangi yilni ishda kutib olsangiz, maxsus tavsiyamizga diqqat qiling. Kelgusi yil omad olib kelishi uchun bayramni ko’tarinki kayfiyatda va odatdagi tarza kutib olish kerak. Uyingizda kuchuk bo’lsa uni shirinlik bilan siylab, mehringizni bering. U sizning qarshingizda aybdor bo’lsa ham urmang va urushмang. Aks holda kelayotgan Sariq it yilida u sizga bor g’azabini sochadi va nafaqat o’zingiz, balki oilangiz uchun haм yoqimsizliklar tug’diradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook