просмотров
Qancha ulgursa ham uning sarguzashtlari mashxur bo’ldi va ko’p odamlarni ilhomlantirdi.
Professional shifokor unga davolanish kursini yozib berayotgan edi: shishni olib tashlash, radioterapiya, kimyoterapiya, reabilitatsiya. Biroq 150 sm bo’yli va og’irligi 50 kg dan kam Norma uning ko’zlariga qarab: “Men 90 yoshdaman va men yaxshisi sayohat qilaman” dedi. U o’zining pudelini oldi, Facebookdagi sahifasiga xayrlashuv so’zlarini yozdi va o’g’lidan uni butun mamlakat bo’ylab olib yurishini so’radi. Shunday qilib, Normaning katta va so’nggi sarguzashti boshlandi.
Vashington shtatida u birinchi bor kasatkalarni kuzatdi, Kanada chegarasida haqiqiy zarang siropini tatib ko’rdi, keyin sharda uchib ko’rdi, professional pedikyur seansini oldi, ustritsa fermasida bo’ldi. O’zining sayohati davomida Norma vaqt belbog’ini o’n marta kesib o’tdi, turli shtatlarda ko’plab stilistlarda har xil soch turmaklarini qildirdi, 20 000 km yurdi va 75 ta turli joyda tunadi. Bazan ijtimoiy tarmoqlarda sarguzashtlari haqida yozdi va uni 400 000 yozuvchilari kuzatdi.
Bir yil ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi va Normaning sahifasida “menimcha yo’lim nihoyasiga yetdi” degn yozuv paydo bo’ldi. U 2016 yilning avgust oyida yo’lda vafot etdi va uning o’g’li 13 asr shoirining iqtibosini qoldirdi “Hayot bu insonni ushlab qolish va qo’yib yuborish istagi o’rtasidagi balansdir. Bugun biz Normani qo’yib yubordik”. 2.3 mln repost.
Normaning sayohati davomida uning eng esda qolarli vaqtlari haqida so’ralganda u “aynan hozirgi payt” deb javob bergan edi. Undan yo’lovchilarga biror gap aytishini so’ralganda u “Dunyoga muhabbat va shodlik tarqating” degan edi. Foydasiz davolanish o’rniga, ajoyib sarguzashtlarni tanlagan Norma, millionlab kishilar yuragini ilhomlantiradi.
Сообщения из Facebook