Albatta borish kerak bo'lgan O'zbekistonning 20 ta ajoyib joylari
 Albatta borish kerak bo'lgan O'zbekistonning 20 ta ajoyib joylari
O'zbekiston aholisi ajoyib mazaralarni va arxeologik yodgorlillarni faqatgina xorijda topish mumkin, degan fikrga o'rganib qolishgan. Ha, xorijiy turizm mahalliyga qaraganda bir necha bor yaxshi rivojlangan.

Dengiz sathidan 1650 metr balandlikda ( bu esa Eyfel mi orasidan besh barobar ko'p degani) Nurota tog'larining markazida ajoyib Fozilmon ko'li joylashgan. U bitta chashmadan suv oladi, hamda bahor oxirlarida, ayniqsa juda go'zal bo'ladi. Afsuski, unda cho'milish tavsiya etilmaydi, biroq osmonning undagi aksi (ayniqsa yulduzlisining) juda ham noyob holatni ko'rish imkonini beradi. 

Chilpiq - qal'a

Chilpiq - qal'a

Nukusdan 43 kilometr janubda, baland tepalikda Chilpiq - qal'a joylashgan. Zardo'shtiylarning diniy joyi bo'lgan bu yer eramizning II - IV va IX - XI asrlariga tegishli. Bu yerda zardo'shtiylar olamdan o'tgan shaxslarning jasadini olib chiqib qo'yishgan. Jasad turli xayvonlar, qushlar tomonidan yo'q qilingach, suyaklar maxsus idishga solinib, yerga ko'milgan. Chilpiq - qal'aning 15 metrlik devorlarida  hamon o'sha suyaklar saqlanmoqda. 

Zomin qo'riqxonasi

Zomin qo'riqxonasi

Zomin - O'zbekiston hududidagi eng qadimiy davlat qo'riqxonasi bo'lib, 1978 yilda O'zbekiston Xalq bog'i ochilgan. Bugungi kunda Zomin milliy bog'ining  maydoni 24 ming ga.dan ko'proqni tashkil etadi. Bog' Jizzax viloyatida joylashgan. Bu yerda juda ham go'zal tabiat manzaralariga duch kelish mumkin. Qo'riqxona hududida turizm uchun maxsus zano ham ajratilgan - tabiat bilan birga bo'lish yoki ajoyib selfilar qilish imkoni bor. 

Tuzkon ko'li

Tuzkon ko'li

Bu ko'l Jizzax viloyatida, Jizzaxdan 56 kilometr shimoli-sharqda, Qizilqum cho'lining sharqiy qismida joylashgan. Taxminlarga ko'ra, Tuzkon ko'li - Orol - Kaspiy davridagi suv havzasining bir qismidir. Ko'l suvi xech qayerga oqmaydi, shuningdek, u bir oz sho'rroq bo'lib, shimoli-g'arbda Aydarko'l bilan bog'lanadi. Bu ko'llarning umuiy maydoni - taxminan 3750 kilometr kvadrat. Bir yilda ko'llar tizimida 2000 tonnagacha baliq ovlanadi. 

Rishtondagi kulolchilik ustaxonalari

Rishtondagi kulolchilik ustaxonalari

Farg'ona vodiysidagi Rishton azaldan ajoyib kulolchilik maxsuloti vatani hisoblanadi. Rishtonda kulolchilik maxsulotlari yaratishning maxsus texnologiyasi, ularni pishirish va sirlash ishlab chiqilgan. Ayni damda, Rishtonda 1000 dan ortiq kulolchilar ishlamoqda, ularning 100 ga yaqini kulolchilik san'atining barcha texnologiyalarini biladi. Rishton ustalarining yaratgan maxsulotlari dunyodagi ko'plab muzeylar kolleksiyasidan joy olgan. 

 

Qanqa ko'hna shahri

Qanqa ko'hna shahri

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook