просмотров
Toshkentdan 60 kilometr janubi-g'arbda, sobiq "Leninizm" sovxozidan unchalik uzoq bo'lmagan yerda tepalik bor. Bu tepalik ko'hna shahardan qolgan yagona narsa, bu joyni juda kam odam bilsa kerak. Qanqa miloddan avvalgi III asr boshlarida shakllanib, XI asrning oxiriga qadar hayoti uzluksiz davom etgan. Bu yodgorlik o'rta asrlar davri mualliflari asarlarida keltirib o'tilgan Xarashket bilan qiyoslanadi. Shahar Yer yuzidan deyarli butunlay yo'q bo'lib ketganiga qaramay, bu yerga kelish albatta tavsiya qilinadi.
Zangi ota maqbarasi
Toshkent yaqinidagi shaharchada joylashgan bu maqbara Amir Temurning buyrug'iga ko'ra qurilgan. Zangi ota turk-islom olamidagi ulug' mutafakkir, hamda mutasavvif donishmandlaridan biri bo'lgan. Zangi ota Himmatiy laqabi bilan ham mashxur bo'lgan edi. U qora tanli, ushturlab ( tuya lab), baquvvat, barvasta gavdali odam bo'lgan. Bu yerda uning rafiqasi Anbar ona ham dafn etilgan. Maqbara majmuasi bir necha zonalardan iborat: katta bog' va XIV-XIX asrlarda qurilgan masjid, madrasa, minora va Anbar ona maqbarasi. 1914-1915 yillarda masjid oldida minora qurilgan. 2013 yilda esa, bog' va Namozgoh masjidini kengaytirish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.
Omonqo'ton g'ori
Omonqo'ton karst g'ori Samarqand viloyatidagi Zarofshon tog'lari shimoliy yonbag'rilarida joylashgan. G'orni arxeolog David Lev 1947 yilda topgan. Bu yerdan siantrop insonning son suyagi aniqlangan. Omonqo'ton g'ori O'zbekistondagi eng qadimgi manzilgohlardan biridir. G'or chuqurligi 80 metr atrofida, u yerda bir-biri bilan kichik o'tish joylari orqali bog'langan o'ziga xos zallar bor. Omonqo'tonga yozning ikkinchi yarimida borgan yaxshiroq, u iyun o'rtalariga qadar suv bilan to'lgan holatda bo'ladi.
Qonbeshbuloq metiorit ko'li
O'lchami 800 metr keladigan ushbu kichik ko'l Sirxandaryo viloyatidagi Xomkon darasida joylashgan. Olimlarning fikriga ko'ra, u tabiiy yo'l bilan emas, balki metiorit qulashi tufayli yuzaga kelgan. Tuproqdan esa, tektitlar topilgan. Bunday ajoyib meteorit ko'lga tashrif buyurishni unutmang. Katta ehtimol bilan, Qonbeshbuloq aslida bir meteorit krateridir.
"Yodgorlik" fabrikasi
1972 yilda Marg'ilonda Farg'ona vodiysidagi eng yirik fabrikaga asos solingan. 2000 yilda esa, fabrika "Yodgorlik" xususiy korxonasiga aylantirildi. Qadimda ipak ortilgan karavonlar Buyuk Ipak Yo'li bo'ylab Marg'ilondan Qoshg'ar, Bag'dod va hattoki, Yunonistonga borgan. Bu ipak go'zallik va sifat borasida Xitoynikidan qolishmagan, sababi farg'onalik ustalar bu borada o'zlarining maxsus, noyob texnologiyalarini o'ylab topishgan. "Yodgorlik" fabrikasi butun dunyodan turistlarni faol jalb qiladi - ularga ipak matoni qo'lda ishlab chiqarish jarayoni namoyish etiladi.
Сообщения из Facebook