просмотров
Mazkur piyoda ko'prikning uzunligi 430 metr bo'lib, 300 metr balandlikda qurilgan va Chjanjiaje Milliy parkidagi ikki tog' qoyasini bog'lab turadi. U yerda "Avatar" filmining syomka jarayonlari bo'lib o'tgan.
Ko'prikning qalinligi 6 metrni tashkil etadi.
Ko'prik qurilishiga 3,4 million dollar sarflandi. Ko'prikning poli 3 qavat oynali shaffof plitalardan ishlangan.
Inshootning arxitektori isroillik Haim Dotan.
Shishali ko'prikda tez-tez yoga mashg'ulotlari o'tkaziladi, yosh kelin-kuyovlar esa bu yerda to'y fotosessiyalarini qilishni yoqtirishadi.
2017-yilning iyun oyidan ko'prikda elastik kanat bilan sakrash (banji jamping) mumkinligi kutilmoqda.
Chjanjiaje parki rahbariyati kuniga 8000 ga qadar mehmonlarni kiritishni ta'kidlagan.
Xavfsizlik ko'plab sinovlar orqali kafolatlangan - atrof-muhitdagi haroratning o'zgarishiga va shamol tebranishiga barqarorlik tekshiruvlari hamda ishonchlikka oid sinovlar. Bundan tashqari oynaga katta bolg'a bilan ham urib ko'rishgan.
Final bosqich sifatida konstruktorlar ko'prik bo'ylab yo'lovchi to'la avtomobilda yurishgan.
"Jasur erkaklar ko'prigi", 2015-yil
Shisha ko'priklar Xitoyda juda mashhur - birinchi navbatda qiziqarli panorama suratlar olish imkoniyati bor.
Oldingi shishali ko'prik uzunligi bo'yicha rekord ham Xitoyga tegishli bo'lgan. 2015-yil kuzda Shinyuchjay Milliy parkida 180 metr balandlikda 300 metr uzunlikdagi ko'prik qurilgan edi. U "Jasur erkaklar ko'prigi" nomini olgan.
Сообщения из Facebook